“Boshqaruv va turizm” kafedrasi
2025-yil sentabr oyidan kafedrada shu vaqtgacha mavjud bo’lgan “Biznesni boshqarish” va “Turizm va mehmondo’stlik” bakalavr yo’nalishlari, MBA magistratura mutaxassisligi alohida “Boshqaruv va turizm” kafedrasi bo’lib tashkil etildi va talabalarga bilim berilmoqda.
Kafedraga 2025-yil sentabrdan hozirgacha iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent B.Shafkarov rahbarlik qilmoqda. Yangi tashkil etilgan kafedrada jami 23 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedrada o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlar dunyoning top 300 o’rinlarida turuvchi universitetlarning o’quv dasturlari va sillabuslari asosida olib boriladi.
O‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ma’naviy ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish yangi pog‘onaga olib chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Biznesni boshqarish, Turizm va mehmondo’stlik yo‘nalishlarida o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotlarini 4+2, ya’ni 4 kun o‘qish 2 kun amaliyot o‘tash tizimi joriy etilgan. Bunda talabalarning amaliyot o‘tashi ham ishlab chiqarishdagi yetakchi mutaxassislar ham kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu amaliyot jarayonlarida “Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar ilmiy tadqiqot instituti”, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi”, “Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti”, “Karaman hotel” QK, “The One Voyage“ MCHJ, “Ramada Tashkent“, “Tourist-uz“ MCHJ, ”Roha Travel Agency” MCHJ, “Tamerlan Travel“ MCHJ, “Windermere Pro” MCHJ, “Beshimov S X Group“ MCHJ, “New Darhan Hotel” MCHJ kabi mehmonxonalar, turoperatorliklar va sayyohlik firmalari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Bu ta’lim bilan ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlashda ijobiy ahamiyat kasb etadi. 2024-2025 o’quv yilidan boshlab, Turizm va mehmondo’stlik yo‘nalishida talabalarni o‘qitishning 3+3 ko‘rinishida dual ta’lim shakli joriy etilgan.
Kafedradagi Biznesni boshqarish magistratura mutaxassisligi talabalariga o‘quv jarayonini to‘liq ingliz tilida amalga oshirish joriy etilgan. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida barcha kurslarda ingliz guruhlar tashkil etilgan va bu guruhlarda o‘quv jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib borilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun kafedraga ko‘plab fan, ta’lim va ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan, xorijda yuksak yutuqlarga erishgan, ingliz va rus tillarida dars olib boradigan mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar hamda magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan kadrlar ishga jalb etilgan. Jumladan, Janubiy Korea, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy davlatlarda o‘qib kelgan va malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
Top 300 talikka kirgan hamkor oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari asosida o‘quv rejalari va dasturlari takomillashtirilgan. Shuningdek, ko‘plab davlatlar, jumladan, AQSH, Germaniya, Janubiy Korea, Rossiya, Malayziya kabi davlatlar bilan hamkorlikda turli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda xalqaro doirada uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi o‘quv adabiyotlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar chop etilgan va o‘quv jarayoniga joriy qilinmoqda. Kafedrada bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan va professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari
61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik
60410900-"Biznesni boshqarish"
yo'nalishi
Magistratura mutaxassisliklari
70411302 - Biznesni boshqarish (Master of Business Administration - MBA)
Malaka oshirish
Kafedra tomonidan so‘nggi yillarda kadrlar tayyorlash sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Professor-o‘qituvchilar rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish kurslarida qatnashib, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda ilm-fan yutuqlari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, tajribali xorijiy olimlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, ilmiy-amaliy faoliyat takomillashtirilmoqda.
2024-yilda kafedra katta o‘qituvchisi D.Shavqiddinova Moskva shahridagi Iqtisodiyot Oliy Maktabi Milliy Tadqiqot Universitetida malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tamomladi.
2025-yil 15-aprel – 15-may kunlari esa dotsent PhD D.Sh.Shavqiddinova va katta o‘qituvchi X.I.Xujamkulova Germaniya Federativ Respublikasining Myunxen shahrida joylashgan Myunxen Texnika Universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi hamda TrusTnoteD xalqaro kompaniyasi eksperti Dr. Hermann Sterzinger va Florian Leicher taklifiga binoan “Ta’limda AT texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi 144 soatlik pedagogik malaka oshirish kursida ishtirok etib, Germaniyaning ilg‘or ta’lim tizimi, raqamlashtirish jarayonlari, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha zamonaviy amaliyotlarni o‘rgandilar. Olingan bilim va ko‘nikmalar hozirda amaliy mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
— 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”,
— 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni innovatsiya va raqamlashtirish asosida tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2025-yil noyabr oyida kafedraning katta o‘qituvchilari X.I.Xujamkulova va D.Sh.Shavqiddinova TDIU huzuridagi tarmoq markazning “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirib qaytdilar.
To‘garaklar
Kafedra qoshida iqtidorli talabalar bilan
ishlash bo‘yicha alohida guruhlar tashkil etilgan. “Boshqaruv va turizm”
kafedrasida talaba yoshlarning intellektual salohiyatini yanada oshirish va
ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat”,
“Munozara” intellektual o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda fakultet talabalaridan
tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Yakunda g‘olib deb topilgan jamoalarga
1-, 2- va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alari, kitoblar topshirildi.
Bunday o‘yinlar talaba yoshlar orasida sog‘lom raqobat va mustaqil fikrlash
qobiliyatini rivojlantiradi.
Xalqaro maqolalar
1. Davron Ziyadullaev, Dilnoz Muhamediyeva,
Khosiyat Khujamkulova, Doniyor Abdurakhimov,
Azizahon Maksumkhanova and Gulchiroy Ziyodullaeva. Ensemble data mining methods for assessing soil
fertility. E3S Web of Conferences 494, 02013 (2024). "DOI10.1051/e3sconf/202449402013
\
2. Khujamkulova Kh.I.
"REVOLUTIONIZING AGRICULTURAL EXPORT: A CENTRALIZED DIGITAL PLATFORM FOR
SUSTAINABLE DEVELOPMENT". Vol..3, Issue 1 ISSN:2349- 0012I.F. 8.1. 82-87
бетлар
3. Tadjibaeva Muyassar
Karimbaevna, Azamov Omadjon Burkhanovich, Zokirova Sokhiba, Gafur-Akhunov Mirza
Ali, Yuldasheva. Dilnavoz Xasanovna, Mirzayunusova Ziyoda Ibragimovna,
Egamberdiev Salim Karimberdievich, Jalilov Olimjon Mukhidinovich,
Bahrom Shafkarov, Jumaniyozova Lola Khudayberganovna , Sheraliyeva Munavvar.
Abdullayevna, Sulaymanov Dilshod. Abdirakhimovich, Mashaev Eldor
Ergashvoy ugli. "Synergistic Effects of Paclitaxel and Doxorubicin with
Liposomes Nanoparticles in Cancer Therapy: A Review". J Nanostruct 14(2):
578-587, Spring 2024. https://jns.kashanu.ac.ir/article_114567.html
4. Alimov, Uchkun Z. Saidova,
Madina Kh, Kholiyorov, Umirzoq E. Methodology for assessing the loss of
agricultural products in conditions of ensuring food security. Volume 54812
July 2024 Article number 02001. DOI10.1051/e3sconf/202454802001
5. Svetlana S. Gutman, Maya M.
Egorova, Boburshoh B. Ibragimov, , Sanobar Nosirova, and Venera Seytenova.
"The Relationship Between ESG Metrics and Financial Performance of an
Enterprise in the Oil and Gas Sector". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16,
2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457403004
6. Abdurashid Tukhtabayev,
Martabakhon Dadajonova, Gulchehra Sativaldiyeva, Umirzok Kholiyorov, and
Shahzoda Hamidova. "Harnessing Green Bonds for Sustainable Development: An
Empirical Impact and Insight". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16,
2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457403006
7. Dilnavoz Shavkidinova, Feruza
Suyunova, and Oysara Makhsudova. "Analysis of Green Buildings on
Children’s Playgrounds and the Composition of Their Equipment". Tashkent,
Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457406002
8. Donaxon Olimboyeva, Davron Ziyadullaev,Dilnoz
Mukhamedieva, Khosiyat Khujamkulova, Mukhammadyahyo Teshaboyev, and Gulchiroy Ziyodullaeva.
"Solving diabetes diagnosis problems using machine learning" 22
July 2024. https://doi.org/10.1051/bioconf/202412101003
9. Nargis Kurbanazarova, Dilnavoz Shavkidinova,
Murodilla Khaydarov, Nazmiya Mukhitdinova, Khuriyat Khudoymurodova, Dilfuza
Toshniyozova6, Nodir Karimov, and Rakhima Alimova. Development of Speech
Recognition in Wireless Mobile Networks for An Intelligent Learning System in
Language Education. Volume: 15, number: 3 (September), pp. 298-311. DOI:
10.58346/JOWUA.2024.I3.020
10. Dilnavoz
Shavkidinova. Impacts of environmental factors on milk starter culture
performance in sustainable dairy production. Caspian Journal of Environmental
Sciences. https://www.scopus.com/sourceid/21100913647?origin=resultslist#tabs=2
11. Dilnavoz Shavkidinova. Acta Innovations (Q3).
EFFECTS OF GREEN SUPPLY CHAIN MANAGEMENT PRACTICES ON ENVIRONMENTAL AND FIRM
SUSTAINABILITY PERFORMANCE. Volume 55, Pages 13 - 222 January 2025. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85217493828&doi=10.62441%2factainnovations.vi.401&partnerID=40&md5=747f5a0faceb20f0d2c010a7d89e1f78
12. Ugiloy Yunusova. Acta Innovations (Q3). A
SYSTEMATIC RESEARCH REVIEW AND META-ANALYSIS OF ENVIRONMENTAL SCIENCES AND
MANAGEMENT MODELS. Volume 55, Pages 49 - 582 January 2025. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85217475677&doi=10.62441%2factainnovations.vi.404&partnerID=40&md5=e306179993bf7b08417f84b769051040
13. Dilnavoz Shavkidinova. Indian Journal of Information Sources and Services (Q2). Location-Aware Recommendation Engines in Local Library Services. ISSN: 2231-6094 (P) Vol.15, No.2, 2025, pp.22-27. https://doi.org/10.51983/ijiss-2025.IJISS.15.2.04
14. Dilnavoz Shavkidinova. Journal of Wireless Mobile Networks, Ubiquitous Computing, and Dependable Applications (Q3). Data-Driven Decision Support in Smart Ubiquitous Agricultur. Received: March 28, 2025; Revised: May 10, 2025; Accepted: June 10, 2025; Published: June 30, 2025 volume: 16, number: 2 (June), pp. 647-656. https://jowua.com/article/2025.I2.039/72192/
15. Khosiyat Khujamkulova. ICFNDS '24: Proceedings of the 8th International Conference on Future Networks & Distributed Systems. Application of the Agricultural Robot for Weed Control. Published: 02 July 2025 Pages 481 – 485. https://doi.org/10.1145/3726122.3726191
16. Dilnavoz Shavkidinova. Journal of Wireless Mobile Networks, Ubiquitous Computing, and Dependable Applications (Q3). Improving Educational Outcomes and Economic Efficiency with Wireless Sensor Networks. Volume 16 Issue 2 Pages 740 – 754 Publication year 2025. https://www.scopus.com/pages/publications/105013186793
Xalqaro hamkorlik doirasida bajarilayotgan amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari
1. Summer School Program: Developing Cultural Heritage Tourism (Malayziya – UPM)
“Boshqaruv va turizm” kafedrasi tashabbusi bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va QS reytingida TOP–134 o‘rinni egallagan Malayziya Putra universiteti (UPM) o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
Dastur onlayn va offlayn bosqichlarda o‘tib, unda malayziyalik professorlar talabalar bilan O‘zbekiston tarixi, madaniyati, gastronomiyasi va islom me’morchiligi bo‘yicha darslar o‘tkazdilar.
Offlayn qism doirasida ishtirokchilar Toshkent, Samarqand va Chimyon maskanlariga tashrif buyurdilar.
Kelgusi rejalar:
— qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar va maqolalar;
— o‘qituvchi va talabalarning stajirovkalari;
— zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish;
— qo‘shma summer school va xalqaro grantlarda ishtirok etish.
2. Malayziya bilan akademik hamkorlikning davom etishi
Kafedra o‘qituvchisi Sardor Karimov Malayziya Putra universitetining “Inson resurslarini boshqarish” fakulteti talabalariga O‘zbekiston madaniyati va xalqaro aloqalardagi madaniyatning o‘rni bo‘yicha ma’ruza o‘qidi.
Onlayn mashg‘ulot talabalar tomonidan yuqori baholandi. Ikki universitet o‘rtasida qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
3. Germaniyaning TrusTnoteD kompaniyasi bilan hamkorlik loyihasi
“TIQXMMI” MTU va TrusTnoteD GmbH o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy loyiha amalga oshirilmoqda:
— O‘zbek fermerlari uchun mahsulot bozorini birlashtiruvchi raqamli platforma yaratish;
— Yetkazib berish, to‘lovlar va boshqa xizmatlarni raqamlashtirish;
— IT-infratuzilmani joriy etish va texnik xizmat ko‘rsatish;
— platformaning ishonchli va samarali ishlashi uchun qo‘shma test va sifat nazorati.
Ushbu loyiha qishloq xo‘jaligida innovatsion boshqaruvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
4. Rutgers University (AQSH) bilan yozgi maktab uchun qo‘shma grant tashabbusi
Rutgers universiteti (AQSH, New Jersey) professori Dr. Sanjib Bhuyan va “Boshqaruv va turizm” hamda “Iqtisodiyot” kafedralari tomonidan Amerikalik talabalar uchun O‘zbekistonda yozgi o‘quv dasturini tashkil etish bo‘yicha boshlang‘ich grant loyihasi ishlab chiqildi.
Taklif quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— TIQXMMI MTUda o‘quv kurslarini o‘tkazish;
— Аgro-biznes yo‘nalishidagi amaliy tashriflar;
— O‘zbekistonga tashrif buyuradigan talabalar uchun logistika, turar joy, transport va xavfsizlikni baholash;
— Mahalliy hamkorlar bilan uchrashuvlar.
Loyiha O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.
Mahalliy hamkorlarimiz
Kafedrada 40 tadan ortiq tashkilot,
jumladan oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ITI bilan turizm sohasida “Hotel Inspira-S”, “RAKAT ELIT HOTEL”, ООО “VOICE SOLUTIONS”,
OOO “In App Travel”, “Call Traffic”, “ARTIST REGENCY HOTEL”, “MY SAFAR AS”
MCHJ, OOO “New Darhan`s Hotel”, “Team Tour” Travel Agency, “Turizmni
rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti”, “MIM HOTEL AND CLINICS”, “Almalyk
PLAZA HOTEL”, “UNITUR” sayohlik agentligi, “LUXURY TRIP”, OOO “HOLIDAY TIME”
“ASTER”, “Husma hotel Spa”, “Badem Garden” mehmonxona, OOO “National the Rest”
restoran Lali, “KARAMAN HOTEL”, “The One Voyage“ MCHJ, “Ramada
Tashkent”, “Tourist-uz“ MCHJ, ”Rohat Travel Agency” MCHJ, “Tamerlan
Travel” MCHJ, “Windermere Pro”
MCHJ, “Beshimov S X Group”
MCHJ, Milliy PR-markazi, “RAKAT ELIT HOTEL” mehmonxonasi (StayInn), HHH
Centralasia Inspira S Tashkent Hotel, “Bellissimo Pizza” restorani, “Sayyoh
Hotel”, AAA-Word MCHJ, Xiva Hotel, “Cozy
world” MCHJ, “AUDIOTELE” MCHJ, “The Moon” Hotel o’rtasida hamkorlik shartnomalarti
o’rnatildi.
Xo‘jalik shartnomalari
Kafedrada “DIPLOMAT
UNIVERSITY” MCHJ bilan hamkorlikda 20 mln so‘mlik xo‘jalik shartnomalari
amalga oshirilmoqda. Jumladan, Iqtisodiyot yo‘nalishida
professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 42/2024-sonli
shartnoma imzolangan.
Xorijlik professorlarni o‘quv jarayoniga jalb qilish
“Boshqaruv va turizm” kafedrasida hozirda 2
nafar xorijlik professor o’qituvchilar ingliz tilida talabalarga dars bermoqda.
Ular Nigeriyalik professor Gabriel Ayodeji Ogunmola va Hindistonlik professor
Mohammed Fayziuddin. Xorijlik professor-o‘qituvchilarning jalb etilishi nafaqat
talabalarning bilim saviyasini oshirishga, balki mahalliy o‘qituvchilarning
ilmiy salohiyatini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va
o‘quv dasturlarini yangilashga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 3-dekabr
kunida dunyoda 22chi (QS 2026 ranking) o’rinda turuvchi Myunxen Texnika
Universiteti professori Xalqaro TrustNoteD kompaniyasining ta’sischisi va
Rahbari Dr. Hermann Strainger tomonidan “Iqtisodiyot va biznesda raqamlashtirish:
muommolar va imkoniyatlar” mavzusida onlayn ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruzada
universitetimizning professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va
talabalari ishtirok etdilar.
Kafedra xodimlari
Shafkarov Baxrom Xudoyberdiyevich
Dars beradigan fanlari: Inson resurslarini boshqarish, Menejment, Marketing
97 712 02 16
Chariyev Kurban Amirovich
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar
+998330744774
Golisheva Elena Vyacheslavovna
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Turizm xizmatlari bozorining barqaror rivojlanishini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish(O‘zbekiston Respublikasi misolida)
Dars beradigan fanlari: Etnologiya, Mintaqaviy turizm resurslari, Gastronomiya
97 771 17 51
Xoliyorov Umirzoq Ergashovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshirish yoʻllari”
Dars beradigan fanlar: Marketing, menejment
+998970017422
Shavqidinova Dilnavoz Shavqidin qizi
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Yashil iqtisodiyot, Taʻlimning iqtisodiyotga taʻsiri, Organik meva- sabzavotlarni sotishning marketingi, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar natijalari.
Dars beradigan fanlari: Bioiqtisodiyot, Inson resurslarini boshqarish, Iqtisodiy rivojlanish, Makroiqtisodiyot, Doiraviy iqtisodiyot, Atrof-muhit iqtisodiyoti.
+998932895551
Xujamkulova Xosiyat Ishbayevna
Dars beradigan fanlari: Korxonalarda ish yuritishni tashkil etish, Menejment, Innovatsiya menejmenti, Marketing.
+998974032150
Muxanov Murod Muxan o‘g‘li
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: Hududlarda ekoturizmni rivojlantirishda Yevropa tajribasidan foydalanish
Dars beradigan fanlari: Mintaqaviy turizm resurslari, Xalqaro turizm, O’lkashunoslik
90 926 57 60
Buvanazarova Charos Olimjon qizi
Ilmiy tadqiqot mavzusi: O’zbekistonning madaniy merosini xalqaro sayyohlar uchun targ’ib qilishda raqamli texnologiyalarning roli
Dars beradigan fanlari: Turizm: nazariya va amaliyot, Turizmda marketing, Turizmda tadbirkorlik.
99 009 43 54
Xudoynazarova Sarvinoz Qarshi qizi
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: O’zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirishda marketing strategiyasi
Dars beradigan fanlari: Mintaqaviy turizm resurslari, Turizm: nazariya va amaliyot, O’lkashunoslik
90 371 95 05
Xusanov Dilshod Quvonovich
Dars beradigan fanlari: Loyiha boshqaruvi, Mehmonxona va restoranlarda memejment, Turizm marketingi, Sifat menejmenti va marketing, Korxonalarda ish yuritishni tashkil etish, Amaliy menejment, Inson resurslarini boshqarish, Marketing.
+998997967733
Estekov Aktilek Uralxanovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Raqamli iqtisodiyot sharoyitida agrobisnezni rivojlantishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari”
Dars beradigan fanlari: Korxonada ish yuritish, Menejment, Biznes asoslari.
+998913991836
Narzullayeva Charos Qahhorovna
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Hududlarda ziyorat turizmining iqtisodiy samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)
Dars beradigan fanlari: Mintaqaviy turizm resurslari, Xalqaro turizm, Turizmda elektron marketing
94 957 05 45
Salomova Zarina Murodovna
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Qishloq xoʻjaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yoʻnalishlari”
Dars beradigan fanlari: Mehmonxona va restoran menejmenti, Menejment, Loyiha boshqaruvi
+998997895668
Azizova Saodat Xabibulloyevna
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Ziyorat turizmini rivojlantirishda halol standartlarini qo‘llashning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari
Dars bergan fanlari; Turizm: nazariya va amaliyot, Mehmonxona innovatsiyasi, Turizmni rivojlantirish, Turizm industriyasi
33 111 75 00
Xalimova Mashxura Xakimovna
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: Tashkilotlarning investitsiya faoliyatlarini boshqarish
Dars beradigan fanlari: Turizm va mehmondo’stlikda barqaror va maqsadli boshqaruv, Turizmda tadbirkorlik
91 334 77 88
Yunusova Ugʻiloy Bolkiboy qizi
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Turizmni rivojlantirish orqali bandlikni taʼminlash”
Dars beradigan fanlari: Turizmni rivojlantirish, Mintaqaviy turizm resurslari, Gastronomiya
+998939901803
Saidmurodova Malika Oʻktam qizi
Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish”
Dars beradigan fanlar: Turizm marketingi, Xalqaro marketing, Menejment
+998909819002
Karimov Sardor Mashrapjon o’g’li
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Dundee shahrining uch punkida (shahr markazi, o’rtasi va chetida) yayov yurishning analiz qiyoslari
Dars beradigan fanlari: Menejment, Turizm: nazariya va amaliyot, O’lkashunoslik
+998901674045
Arifxanova Gulrux Anvar qizi
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: "Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini sotishda logistikani rivojlantirish yoʻllari"
Dars beradigan fanlari: Turizmda marketing, Turizmda tadbirkorlik, Biznes asoslari, menejment
90 955 05 59
Islomova Dilnoza Isroiljonovna
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Investitsion loyihalarni tahlil qilish va samaradorligini baholashni takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Turizmda tadbirkorlik, Turizm va mehmondo’stlikda innovatsiyalar
77 792 02 24
Xo’sinov Maqsad Ravshan o’g’li
Ilmiy tadqiqot mavzusi: O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari
Dars beradigan fanlari: Turizm: nazariya va amaliyot, Mehmonxona innovatsiyasi, Turizmni rivojlantirish, Etnologiya, Mehmonxona va restoran menejmenti, Gastronomiya, Barqaror turizmni rivojlantirish, Turizm industriyasi, Barqaror turizm rivojlanishi.
+99897 510 97 98
Xasanova Negina Ismatilla qizi
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: Bandlikni ta’minlashda xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
Dars beradigan fanlari: Menejment, marketing, Biznes asoslari, inson resurslarini boshqarish
91 165 23 26
Xakimjanova Aziza Baxromjon qizi
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: MDH mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlanishga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ta'siri
Dars beradigan fanlari: Menejment, marketing, korxonalarda ish yuritishni tashkil etish, inson resurslarini boshqarish
90 991 70 75
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Turizmni tashish va tarqatish | Sayyohlarni turistik manzillarga yetkazish (transport tizimi) va turistik mahsulotlarni bozorga yetkazish (tarqatish kanallari) jarayonlarini o‘rganadi. Bu fan transport xizmatlari, logistikani rejalashtirish, shuningdek, turizm mahsulotlarini samarali taqsimlash tizimlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratadi. |
| 2 | Turizmda elektron marketing | Bu fan turizm sohasida mahsulot va xizmatlarni onlayn platformalar orqali targ‘ib qilish, sotish va mijozlar bilan interaktiv aloqalar o‘rnatish jarayonlarini o‘rganadi. Elektron marketing turizm biznesining raqamli davrda rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. |
| 3 | Menejment | Bu fan tashkilotlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. U resurslarni samarali taqsimlash, maqsadlarga erishish va tashkilot faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish uchun boshqaruv tamoyillari, usullari va vositalarini o‘rgatadi. |
| 4 | Gastronomiya | Bu fan ovqat tayyorlash san’ati, milliy va xalqaro taomlar madaniyati, taomlar tarkibi, ularning tayyorlanish texnologiyasi va taqdimotini o‘rganadi. Shuningdek, u oziq-ovqat mahsulotlari sifati, taomlar estetikasi va xizmat ko‘rsatish madaniyati bilan ham chambarchas bog‘liq. |
| 5 | Turizmni barqaror rivojlantirish | Ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muvozanatli turizmni tashkil etish, mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olgan holda turizmning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlash yo‘llarini o‘rganadi. |
| 6 | Marketing | Bu fan mahsulot yoki xizmatlarni bozorga chiqarish, iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash, ularni qondirish va sotishni tashkil etish jarayonlarini o‘rganadi. Marketingning asosiy maqsadi — mijozlarni jalb qilish va ularning sodiqligini ta’minlash. |
| 7 | Inson resurslarini boshqarish | Bu fan tashkilotdagi xodimlarning samarali faoliyatini ta’minlash, ularni tanlash, rivojlantirish, rag‘batlantirish va saqlash jarayonlarini o‘rganadi. Maqsadi — tashkilot maqsadlariga erishishda inson kapitalidan samarali foydalanish. |
| 8 | Turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi innovatsiyalar | Bu fan turizm va mehmondo‘stlik xizmatlarida yangi texnologiyalar, xizmat turlari, boshqaruv usullari va marketing strategiyalarini yaratish va joriy etish jarayonlarini o‘rganadi. Maqsadi — xizmat sifatini oshirish, mijozlarga yanada qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish hamda sohani raqobatbardosh qilish. |
| 9 | Korxonalarda ish yuritishni tashkil etish | Bu fan korxonalar faoliyatining hujjatlashuvi, ma’lumotlarni qayd etish va boshqaruv jarayonlarini tartibga solish usullarini o‘rganadi. U korxona ichidagi ishlarni samarali tashkil etish va nazorat qilishga qaratilgan. |
| 10 | Mehmonxona va restoranlarni boshqarish | Bu fan mehmonxona va restoran biznesining tashkiliy, iqtisodiy va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali boshqarishni o‘rganadi. U xizmat sifati, mijozlar bilan ishlash, xodimlarni boshqarish va moliyaviy jihatlarni o‘z ichiga oladi. |
| 11 | Turizm va mehmonxona xo‘jaligida standartlashtirish va sertifikatlashtirish | Bu fan turizm va mehmonxona sohasida xizmatlar sifatini ta’minlash, standartlarga muvofiqligini nazorat qilish va rasmiy tasdiqlash jarayonlarini o‘rganadi. |
| 12 | Biznes asoslari | Bu fan biznesning asosiy tushunchalari, tamoyillari va faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganadi. U biznesni tashkil etish, boshqarish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy hamda amaliy bilimlarni taqdim etadi. |
| 13 | Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti | Bu fan sanoat korxonalari va tarmoqlarining iqtisodiy faoliyati hamda boshqaruv jarayonlarini o‘rganadi. U ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslarni oqilona taqsimlash va sanoat tizimini samarali boshqarish masalalariga qaratilgan. |
| 14 | Etnologiya | Bu fan insonlarning turli etnik guruhlari, ularning madaniyati, an’analari, urf-odatlari, ijtimoiy tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Etnologiya etnik guruhlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va o‘zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. |
| 15 | Turizmda elektron marketing | Bu fan turizm xizmatlari va mahsulotlarini onlayn platformalar orqali reklama qilish, targ‘ib qilish va sotish jarayonlarini o‘rganadi. U raqamli texnologiyalar yordamida mijozlarni jalb qilish va ularning talablarini qondirishga qaratilgan. |
| 16 | Xalqaro marketing | Bu fan turli davlatlar bozorlarida mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, sotish va raqobatlashish strategiyalarini o‘rganadi. U xalqaro biznes va turizm sohasida global marketing faoliyatining xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. |
| 17 | Turizm sanoati | Bu fan turizm sohasidagi barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini o‘rganadi. U turizm mahsulotlarini yaratish, taqdim etish va boshqarish jarayonlariga e’tibor qaratadi. |
| 18 | Turizmni rivojlantirish | Bu fan turizm sohasining strategik rejalashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma va xizmatlar takomillashtirilishi orqali rivojlanishini o‘rganadi. Maqsadi — turizmni barqaror va samarali rivojlantirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. |
| 19 | Boshqarish | Bu fan tashkilot yoki tizimlarni samarali boshqarish tamoyillari, usullari va jarayonlarini o‘rganadi. Maqsadi — resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, maqsadlarga erishish va faoliyatni samarali tashkil etish. |
| 20 | Mehmonxona innovatsiyasi | Bu fan mehmonxona biznesida yangi texnologiyalar, xizmat turlari, boshqaruv usullari va marketing strategiyalarini joriy etish jarayonlarini o‘rganadi. Maqsadi — mehmonxona xizmatlarining sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish va mijozlar ehtiyojlarini yanada samarali qondirish. |
| 21 | O‘lkashunoslik | Bu fan ma’lum bir hudud yoki mintaqaning geografik, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va tabiiy xususiyatlarini o‘rganadi. U o‘rganilayotgan o‘lkaga oid kompleks bilimlarni taqdim etadi va hududning rivojlanish imkoniyatlari hamda muammolarini tahlil qiladi. |
| 22 | Xalqaro turizm | Bu fan turizmning xalqaro miqyosdagi jarayonlarini, davlatlararo sayyohlik aloqalarini, global turizm bozorini va uning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. |
| 23 | Sifatni boshqarish va marketing | Bu fan turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida mahsulot va xizmat sifatini ta’minlash, yaxshilash hamda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish jarayonlarini o‘rganadi. |
| 24 | Turizm tadbirkorligi | Bu fan turizm sohasida biznesni tashkil etish, boshqarish va rivojlantirish jarayonlarini o‘rganadi. U turistik mahsulot va xizmatlar yaratish, bozorga chiqarish hamda mijozlarga taqdim etish bilan bog‘liq barcha tadbirkorlik faoliyatlarini qamrab oladi. |
| 25 | Turizm va mehmondo‘stlik sohasida barqaror va maqsadli boshqaruv | Bu turizm va mehmondo‘stlik sohasida resurslarni oqilona, atrof-muhitni himoya qilgan holda va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni hisobga olgan holda boshqarishni o‘rganadigan fan. Fan maqsadi: Talabalarga turizm va mehmondo‘stlik sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun zamonaviy boshqaruv usullarini o‘rgatish, shuningdek, sohaning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini muvozanatlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish. |
| 26 | Mintaqaviy turizm resurslari | Bu fan turizmni rivojlantirish uchun mintaqada mavjud bo‘lgan tabiiy, madaniy, tarixiy va ijtimoiy resurslarni o‘rganadi va ularni samarali foydalanish yo‘llarini tadqiq qiladi. |
| 27 | Turizmda marketing | Turizmda marketing — bu turistik xizmatlar va mahsulotlarni bozorga chiqarish, ularni targ‘ib qilish va iste’molchilarga taqdim etish jarayonlarini o‘rganadigan fan. Uning asosiy maqsadi — turizm kompaniyalari va tashkilotlariga mijozlarni jalb qilish, ularning talab va ehtiyojlarini aniqlash hamda turistik xizmatlarni samarali sotish yo‘llarini ishlab chiqishdir. |
| 28 | Turizm: nazariya va amaliyot | Bu turizm sohasini ilmiy asosda o‘rganadigan fan bo‘lib, u turizmning mohiyati, turlari, shakllari, rivojlanish qonuniyatlari va amaliy jihatlarini o‘rganadi. Bu fan turizm industriyasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatlarini ham qamrab oladi. Asosiy mazmuni: 1.Turizm tushunchasi va mohiyati – turizmning ta’rifi, kelib chiqishi, asosiy belgilari. 2.Turizm
turlari – ichki, tashqi, ekologik, sog‘lomlashtiruvchi,
madaniy, ekstremal va boshqa yo‘nalishlar. 3.Turistik
xizmatlar va mahsulotlar – mehmonxona, transport, ekskursiya,
ovqatlanish va boshqa xizmatlar. 4.Turizmni
boshqarish – marketing, menejment, rejalashtirish, turistik
firmalar faoliyati. 5.Turizmda
iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik – turizmning mahalliy iqtisodiyotga va aholi turmush tarziga ta’siri. 6.Turizmni
rivojlantirish strategiyalari – barqaror turizm, hududiy rivojlanish,
investitsiyalar. Fan
maqsadi: Talabalarga turizm sohasining nazariy asoslari bilan birga, uning
amaliy tomonlarini — ya’ni real hayotda turistik xizmatlarni tashkil etish,
boshqarish, reklama qilish va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalar berish. |
| 29 | Biznesni rejalashtirish (Magistratura) | Magistratura va xalqaro yo‘nalishdagi talabalar uchun mo‘ljallangan muhim fanlardan biri bo‘lib, yangi yoki mavjud biznesni strategik rejalashtirish, biznes-reja tuzish va resurslarni samarali boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Fanning asosiy maqsadi: Talabalarga raqobatbardosh, moliyaviy jihatdan asoslangan va amalda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan biznes-rejalar tuzish, hamda ularni xalqaro standartlar asosida baholashni o‘rgatish. |
| 30 | Inson resurslarini boshqarish (Magistratura) | Magistratura va xalqaro yo‘nalishdagi talabalarga mo‘ljallangan fan bo‘lib, tashkilotda inson kapitalini samarali boshqarish, rivojlantirish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar siyosatini yuritishni o‘rgatadi. Fanning asosiy maqsadi: Talabalarga kadrlar boshqaruvi, motivatsiya, tanlov va ishga qabul qilish, trening va rivojlantirish, ish haqi tizimi, hamda xalqaro HR strategiyalari bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni berish. |
| 31 | Xalqaro tadbirkorlik (Magistratura) | Magistratura bosqichi va xalqaro yo‘nalishdagi talabalar uchun mo‘ljallangan fan bo‘lib, chegara bilmas biznes yuritish, xalqaro bozorlarga chiqish, global startaplar va xalqaro sheriklikni tashkil etish jarayonlarini o‘rgatadi. Fanning asosiy maqsadi: Talabalarga xalqaro darajadagi tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish, amalga oshirish va kengaytirish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni berish. |
| 32 | Innovatsion menejment va tadbirkorlik (Magistratura) | Magistratura bosqichi va xalqaro yo‘nalishdagi talabalarga mo‘ljallangan fan bo‘lib, innovatsiyalarni yaratish, boshqarish va ular asosida yangi bizneslarni shakllantirish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi. Fanning asosiy maqsadi:
|
| 33 | Xalqaro marketing strategiyasi (Magistratura) | Magistratura va xalqaro yo‘nalishdagi talabalar uchun mo‘ljallangan fan bo‘lib, xalqaro bozorlarda mahsulot va xizmatlarni qanday muvaffaqiyatli targ‘ib qilish va sotishni strategik darajada boshqarishni o‘rgatadi. Fanning asosiy maqsadi: Talabalarga global bozorlarni tahlil qilish, segmentatsiya, pozitsiyalash, marketing strategiyalarini ishlab chiqish, hamda madaniy, iqtisodiy va siyosiy farqlarni hisobga olgan holda samarali marketing kampaniyalarini rejalashtirish bo‘yicha chuqur bilim berish. |
| 34 | Raqamli biznesni boshqarish (Magistratura) | Magistratura bosqichida, ayniqsa xalqaro yo‘nalishdagi talabalarga mo‘ljallangan kurs bo‘lib, korxonalar faoliyatining iqtisodiy asoslarini chuqur tahlil qilish, strategik boshqaruv va xalqaro iqtisodiy muhitda qarorlar qabul qilishni o‘rgatadi. Fanning asosiy maqsadi: Korxona (yoki firma) darajasida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardosh strategiyalar ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish jarayonlarini o‘rgatish. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=659
Kafedra mudiri: Shafkarov Baxrom Xudoyberdiyevich
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba