"Huquqiy fanlar" kafedrasi
Kafedra tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli hamda 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining bakalavriyatiga 2022/2023-o`quv yilidan boshlab 60420100-“Yurisprudensiya” (Transchegaraviy suv munosabatlari. Yer munosabatlari), shuningdek 2024/2025-o`quv yilidan boshlab 60420100-“Yurisprudensiya” (faoliyat turlari bo`yicha) talabalar o`qishga qabul qilingan. Talabalarga yurisprudensiya yo`nalishida profetsional yuridik ta’limni tashkil qilish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida “TIQXMMI” MTU Kengashining 2023-yil 4-dekabrdagi kengaytirilgan yig`ilishi 4-son bayoni asosida universitetning “Ekologiya va huquq” fakultetida “Huquqiy fanlar” kafedrasini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilingan. Kafedra faoliyatini yo`lga qo`yish va uni sifatli va zamonaviy ta’lim texnalogiyalari asosida dars bera oladigan yurist pedogog kadrlar bilan to`ldirish vazifasi mazkur kafedraga mudiri vazifasini bajaruvchisi sifatida tayinlangan To`xtashev Hikmatilla Ismatillayevich zimmmasiga yuklatildi. 2024-yilning avgust oyidan boshlab Huquqiy fanlar kafedrasiga yurist pedogog xodimlar jalb qilinib, kafedrada 10 ta shtat birligidan iborat professor-o`qituvchilar faoliyati yo`lga qo`yildi.
Kafedraning asosiy maqsadlari:
Huquqiy fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash:
Kafedraning asosiy maqsadi – huquqiy fanlar sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu nafaqat talabalar uchun, balki jamiyat va davlat uchun ham muhim. Talabalar amaliyotda tajribaga ega bo‘lishlari, turli huquqiy tizimlar haqida ko‘proq bilishlari va o‘z malakalarini rivojlantirishlari lozim.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni joriy qilish: Zamonaviy ta'lim metodlarini qo‘llash, shuningdek, raqamli texnologiyalarni (interaktiv darslar) joriy qilish kafedraning ta'lim sifatini oshirish uchun muhimdir. Bu talabalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlashda va bilimlarni yanada samarali yetkazishda yordam beradi.
Huquqiy bilimlarni keng jamoatchilikka yetkazish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish: Huquqiy bilimlarni tarqatish va fuqarolar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish kafedraning ijtimoiy mas'uliyatidir. Turli seminarlar, master-klasslar, huquqiy ta'lim dasturlari va jamoatchilik bilan aloqalar orqali fuqarolarning huquqlari, burchlari va mas'uliyatlari haqida ma’lum qilish, ularni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish kafedraning muhim vazifalaridan biridir.
Kafedraning vazifalari:
-nazariy bilimlar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lgan, kasbiy faоliyat yuritishga tayyor, malakali mutaхassislarini tayyorlash;
-kafеdrani yuqоri malakali ilmiy-pеdagоgik kadrlar bilan to`ldirish hisоbiga o`quv jarayoni sifatini оshirish;
-talabalarga amaliyot va tadqiqotlar orqali chuqur bilim berish;
-huquqiy muammolarga ilmiy tadqiqotlar asosida yechim berish;
-o`quv jarayoni uslubiy ta`minоtini ishlab chiqish va takоmillashtirish, o`qitish vоsitalari, usullari va yangi ta`lim tехnоlоgiyalarini tatbiq etish, o`quv jarayonida mashg’ulоtlarni оlib bоrishning faоl va intеrfaоl shakllaridan kеng fоydalanish, ish bеruvchilar, davlat va jamоat tashkilоtlari vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazish, ekspеrtlar va mutaхassislar tоmоnidan mastеr-klasslar tashkil etish;
-talabalarda o‘tiladigan fanlar to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-talabalarda xalqaro va milliy huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
-yoshlarga mustaqil taʼlim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon yaratish;
-xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Kafedraning xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorligi fuqarolik jamiyatini yurtimizda rivojlantirishga xizmat qiladi. Xalqaro miqyosda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, hamkorlikda loyiha va tadqiqotlar olib borish, bilim almashish orqali huquqiy ta'limning sifatini oshirish mumkin. Bunday hamkorliklar yangi yo‘nalishlarni, metodlarni va tizimlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, Huquqiy fanlar kafedrasining maqsadlari va vazifalari nafaqat talabalarni tayyorlash, balki jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqiy tizimni takomillashtirish va ilm-fanni rivojlantirish kabi keng qamrovli ijtimoiy vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
Kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu yo`nalishda qator vazifalarni amalga oshiradi:
Kafedra qoshida kafedra mudiri v.b. Katta o`qituvchi To`xtashev Hikmatilla Ismatillayevich rahbarligida “Islohotlar bilimdoni – qonunchilik tashabbuskori”, “ECO-lawyer, scientist” (@Huquqshunosekolog) ilmiy to`garigi doirasida talabalar Yer huquqi, Ekologiya huquqi, Xalqaro ekologiya huquqi va Transchegaraviy suv huquqi fanlari doirasida chuqur bilim va tajribaga ega bo`lib bormoqda. Bundan tashqari, kafedra o`qituvchisi Nurmatov Sunnatillo Uzoq o`g`li rahbarligida “Administrative law” (t.me/Adm1nistrative_law) ilmiy to`garaklari faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kafedrada “Fuqarolik va oilaviy huquqiy munosabatlar”, “Biznes va korparativ huquq”, “Soliq va moliya huquqi” kabi ilmiy to‘garaklar faoliyati yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ilmiy maktablar va to‘garaklar faoliyatining asosiy maqsadi – talabalar va yosh tadqiqotchilarni ilmga yo‘naltirish, zamonaviy ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yurisprudensiya sohasida anʼanaviy ilmiy tadqiqot usullarini saqlab qolish va ularni rivojlantirishdan iborat.
Kafedraning laboratoriyalari:
Yuridik klinika: Yurisprudensiya mutaxassisligi talabalari tomonidan zamonaviy huquqiy muammolarni o‘rganish va yechim topishga qaratilgan kontentlar tayyorlanib ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati oshirib borilmoqda.
Simulyatsiya laboratoriyasi: Talabalar uchun sud jarayonlari va huquqiy masalalarni amaliy o‘rganishga mo‘ljallangan bo`lib. Talabalarning Fuqarolik protsessual huquqi, Iqtisodiy protsessual huquqi, Jinoyat protsessula huquqi va Ma’muriy protsessula huquqi fanalari doirasida sud jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish maqsadida tashkil etilgan.
Xalqaro maqolalar
Kafedra faoliyati yangi yo`lga qo`yilganligi sababli professor-o`qituvchilar tomonidan o`quv yili davomida yuqori impact faktorli xalqaro (Web of science va Scopus) jurnallarda maqolalar chop qilish ilmiy-innovatsion ishlar rejasiga kiritilgan.
Xalqaro hamkorlar
Kafedra o`z oldiga universitet tomonidan xalqaro a’loqalar o`rnatilgan xorijiy universitetlarning yurisprudensiya yo`nalishida ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan fakultet va kafedralar, shuningdek yuridik ta’lim sohasida faoliyat yuritadigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilishni o`z oldiga maqsad qilgan.
Mahalliy hamkorlarimiz
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishlari vazirligi, Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston ekologik partiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining yurisprudensiya sohasida ta’lim beruvchi kafedralari bilan faol hamkorlik yo`lga qo`yilgan.
Kafedra xodimlari
To`xtashev Hikmatilla Ismatillayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar) ixtisosligi bo`yicha
+99891-967-99-68
Dadaboyeva Dilfuza Nurmatovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro hususiy huquq (yuridik fanlar) ixtisosligi bo`yicha
Dars beradigan fanlar: Fuqarolik huquqi, Fuqarolik protsessual huquqi, Oila huquqi, Davlat va huquq nazariyasi, Konstitutsiyaviy huquq, Iqtisodiy protsessual huquqi.
+99890-126-88-42
Binakulov Alijon Boli O`g`li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Xalqaro huquq. "Inson organlari va to'qimalarini transplantatsiya qilishning xalqaro-huquqiy jihatlari" mavzusida yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
Dars beradigan fanlar: Jinoyat huquqi, Fuqaralik huquqi, Konstitutsiyaviy huquq.
+99897-407-78-30
Umurzoqov Mexroj Umar o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha “Jinoyat huquqida qilmishni kriminalizatsiya va dekriminalizatsiya qilish: nazariy va amaliy jihatlari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
Dars beradigan fanlar: Jinoyat huquqi, Fuqaralik huquqi, Konstitutsiyaviy huquq. E.mail: Umurzoqovm7@gmail.com
+998950077600
Nurmatov Sunnatillo Uzoq O‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha “Ijro hokimiyati ustidan parlament tekshiruvi institutini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi
Dars beradigan fanlari: Ma’muriy javobgarlik, Jinoyat huquqi, Jinoyat protsessual huquqi, Ijro ishi yuritish, Oila huquqi.
+99890-111-40-42
Nurmatova Aziza Sirojiddin Qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Yurisprudensiya 12.00.03 – Fuqarolik huquqi.Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar) ixtisosligi bo`yicha “Blokcheyn texnologiyalarini xalqaro biznes huquqida tartibga solish ” mavzusida yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
Dars beradigan fanlar: Ma’muriy huquq, Iqtisodiy protsessual huquq, Davlat va huquq nazariyasi, Ma’muriy javobgarlik huquqi
+99890-608-21-96
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=656
Kafedra mudiri: To`xtashev Hikmatilla Ismatillayevich
Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma: 14:00-16:00