"Muhandislik tizimlarini boshqarish" kafedrasi

Kafedraning maqsadi: talabalarga kafedrada oʼtiladigan fanlarni oʼzlashtirishning nazariy va rivojlantirishni muhandislik sohalari boʼyicha bilimlar tizimini, yaʼni, bilim, koʼnikma va kasbiy malakalar tizimini shakllantirish, amaliy kasbiy bilim va koʼnikmalar boʼyicha ishlash shakllari va usullarini oʼrgatish. Talabalarga nazariy va amaliy bilimlar tizimini shaklantirish koʼnikmalari, yaʼni resurtejamkor texnika va texnologiyalarni tanlash, tuzish, ulardan qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishida samarali foydalanish usullari, hisoblash va tahlil qilish, mashina traktor agregatlarini oqilona boshqarish, ularning ishlash rejimi va foydalanish koʼrsatkichlarini turli xil ish sharoitlar uchun hisoblash, tahlil qilish, mashinalarning texnik va texnologik ishlarini tashkil qilish, ishlash qobiliyatini zamonaviy texnik servis texnika va texnologiyalar asosida tashkil etish, mexanizatsiya vositalari tarkibi va ulardan oqilona foydalanishni loyihalash, ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.

Kafedraning vazifasi – mahalliy sharoitlarga mos asosiy qishloq xoʼjaligi ekinlarini etishtirishning ilgʼor innovatsion, resurs va energiyatejamkor texnologiyalarini, mashina traktor agregatlarini maqbul tuzishning (komplektlashning) nazariy asoslarini, dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, mexanizatsiyalashgan texnik vositalardan yuqori samarali foydalanishni tashkil etish, tanlangan soha faoliyatlarining turli tomonlarini hisobga olgan holda muammolarni hal qilishning ustuvor yoʼnalishlarini aniqlash koʼnikmalarini egallash, ilgʼor innovatsion texnologiyalar uygʼunligi asosida qishloq xoʼjaligi texnikasi, agrobiznesning mashina va uskunalaridan foydalanish, ularga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash sohasida malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni har tomonlama va sifatli tayyorlash, agrobiznes sohalari boʼyicha yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash, jumladan, qishloq xoʼjaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalaridan yuqori samarali foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlish, foydalanishga tayyor zamonaviy texnik xizmat koʼrsatish texnologiyalari mashinalar va jihozlarning doimiy ishlashini taʼminlash uchun mehnat bozorida raqobat muhitida ishlashga, yaʼni, qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish sharoitida qishloq xoʼjaligi ishlab chiqaruvchi fermer xoʼjaliklari (klasterlar) va qishloq xoʼjaligi korxonalarning moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun professional muammolarni hal qilishga qodir qishloq xoʼjaligi faoliyatining barqarorligi va strategik samaradorligi taʼminlaydigan kadrlar tayyorlashdan iborat.

Kafedra tarixi “Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi 1937 tashkil etilgan. 1938 yildan “Mashinalardan foydalanish” kafedrasi nomi bilan atalgan. Keyinchalik kafedraning nomi “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedrasi nomiga o‘zgartirilgan. Kafedra tashkil topgan ilk davrlarida dotsent V.E.Konkov boshqargan. V.E.Konkov kafedraga 1951 yilga qadar rahbarlik qildi. O‘sha yillari kafedrada institutning birinchi qaldirg‘ochlaridan biri - M.S.Lutsenko faoliyat olib borar edi. U 1960 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va dotsent ilmiy unvonini oldi, hamda kafedraga mudir qilib saylandi.  M.S Lutsenko kafedrani 1967 yilgacha boshqarib kelgan. Urush yillaridan keyin muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqealardan biri - dotsent V.E.Konkov xamda katta o‘qituvchi M.S.Lutsenkolarning qator ilmiy izlanishlari asosida  chop etilgan “комплексная механизация хлопководства» nomli kitobi bo‘ldi. 1950 yillarda kafedra faoliyatining rivojlanishi, ish hajmining oshganligi sabali kafedraga texnika fanlari nomzodi M.I.Landsman va keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti TIQXMMI bitiruvchilaridan  N.A.Jelnov, M.N.SHarapov, A.I.Korsunlar kafedraga ishga qabul qilingan. O‘sha yillarda kafedrada aspirantura bitiruvchilaridan T.M.Musaev va V.P.Grudsinlar o‘qituvchi sifatida ilk faoliyatlarini boshlaganlar.  1967 yil dekabr oyida kafedra mudiri lavozimiga dotsent M.I.Landsman saylanadi. U raxbarligi davrida kafedradagi ilmiy ishlarga e’tiborni kuchaytirdi. Shu yillar ichida o‘qituvchilardan M.Anarkulov, Z.Yusupov, F. Dadabaev, SH.Urdievlar va laboratoriya mudiri S.Aliqulovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. O‘sha vaqtlarda kafedrada 13 ta o‘qituvchidan 10 tasi nomzodlik darajasiga ega bo‘lgan edilar. 1984 yildan kafedraga dotsent F.Q.Dadabaev mudir etib saylanadi. Kafedra xodimlaridan SH.U.Yuldashev 1981 yilda, A.I.Korsun 1983 yilllarda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar va shu yili Sh.U.Yo‘ldashev “Mashinalar remonti” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga saylandi.  1995-2002 yillarda “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedrasini dotsent S.S.Sulaymonov  boshqargan. 2002 yildan “Mashinalar remonti” va “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedralari birlashtirilib “Mashina traktor parkidan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi tashkil topadi va unga dotsent E.T.Farmonov mudir bo‘lib saylandi.  2004 yildan Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Toshkent Davlat agrar universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan  universitetda  bu kafedra “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi bilan birlashtirilib “Qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi tashkil topadi va unga dotsent O.O‘rinboev mudir etib saylanadi. 2005-2010 yillarda dotsent D.Alijanov, 2010-2012 yillarda professor B.P.Shaymardonovlar kafedrani boshqargan. 2012 yil kafedra ikkiga ajraldi,  uning asosida “Qishloq xo‘jaligi  mashinalari” va “Mashina traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedralari tashkil topdi. “Mashina traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga dotsent R.Xalilov saylandi. 2017 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № 3003 Qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti tashkil etildi va undagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti tarkibida «Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi tuzildi va kafedra mudiri lavozimiga dotsent A.K.Igamberdiev saylandi. Kafedramizda jami 9 ta professor-o‘qituvchi va hodimlar bo‘lib, shu jumladan, 7 ta dotsent (1 ta o‘rindosh), 2 ta assistent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Kafedra nomi 2023-yil fevral oyida “Muhandislik tizimlarini boshqarish” nomiga almashdi. 2023yil 31-avgustdan Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich “Muhandislik tizimlarni boshqarish” kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

Xalqaro maqolalar 2024-yil

1. Igamberdiev Askar Kimsanovich,  Aliqulov Saydilla Management of agricultural machinery fleet based on innovative systems and mechanisms. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 4 APRIL 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10968527

2. Igamberdiev Askar Kimsanovich, Usmanova Gulnoza, Mirzayeva  Shaxnoza. Work based on soil-resource consumption technology Science and innovation https://doi.org/10.5281/zenodo.10969453

3. B. Shaimardanov1 , P. Berdimuratov1,*, U. Berdimurodov1 , M. Asrorova2 , A. Tajimuratova1 and D. Ruziev Development of technical means for laying an irrigation hose for drip irrigation during ridge cultivation of cotton. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300034

4.Asqar Igamberdiyev, and Gulnoza Usmanova Study of soil tillage process from parameters and working depth of the working bod. BIO Web of Conferences 105, https://doi.org/10.1051/bioconf/202410505002

5.Bakhadir Khakimov*, Zayniddin Sharipov, Nashir Umirov, Sadulla Aliqulov, and Usmon  Berdimurodov Theoretical principles of formation of homogeneous fuel mixtures in diesels. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410503012

6. Erkin Farmonov1*, Parakhat Berdimuratov1, Bakhadir Kuybakov2, Shakhnoza Mirzaeva1, Dauran Djumamuratov3 . Improvement of the state of degraded pastures by mechanized sowing of shrubs and semibrubs. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343403011

7. Igamberdiev Askar Kimsanovich1, Alikulov Saydilla2. MANAGEMENT OF AGRICULTURAL MACHINERY FLEET BASED ON INNOVATIVE SYSTEMS AND MECHANISMS. https://doi.org/10.5281/zenodo.10968527

8.  A T Pulatov1,  E T Farmonov2*, Z Sharipov2 , A I Kamilov2, A A Zhizdyuk3, and B Utepbergenov4  Complex unit for sowing saxaul seeds on degraded soils in desert and semi-desert zones.

E. Farmonov1, G. Bekmirzaev1*,  P. Berdimuratov1, B. Kuybakov2, X. Nazarov1 Restoration of Pastures by Planting Native Perennial Shrubs in Degraded Desert and Semi-Desert Areas of Uzbekistan

9. Oykhumor Ruzikulova, Zayniddin Sharipov, Gulbonu Samatova, Eshkobil Safarov, Yulduz Ergasheva, Ziynatdin Tajekeev, Shoira Jumayeva, Muqaddas Abdurakhmanova Comparative Analysis of Sentinel-2 MSI  and Landsat-8 OLI for Enhanced Land Monitoringv https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004009

10. B.Shaimardanov, P. Berdimuratov, U. Berdimurodov, M. Asrorova2, A.Tajimuratova and D.Ruziev. Development of technical means for laying an irrigation hose for drip irrigation during ridge cultivation of cotton. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300034

 Xalqaro hamkorlarimiz

Hozirda yo`q, Xitoyning Qishloq xojaligi universitetlari bilan ornatilyapti.

Kafedra xodimlari

Kafedra mudiri Texnika fanlari bóyicha falsafa doktori, Dotsent
Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tuproqqa frezali ishlov berish bilan birato’la urug’ni pushtaga ekish texnologiyasi va texnik asoslari Dars beradigan fanlar: Qishloq va suv xo’jaligida transportdan foydalanish, Mashinalarning texnik samaradorligi, Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti

p.berdimuratov@tiiame.uz

+99871-237-05-86

Еexnika fanlari doktori, professor
Igamberdiyev Asqar Kimsanovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: G‘o‘za qatorlariga kuzgi bug‘doyni mexanizatsiyalashgan holda ekishning ilmiy-texnik yechimi. Dars beradigan fanlar: Qishloq va suv xo’jaligida transport, Mashina – traktor agregatlar ish unumini boshqarisah, Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti, Mashinalardan foydalanish asoslari.

None

 a.igamberdiev@tiiame.uz

  +99871-237-05-86

Texnika fanlari doktori. Professor v.b
Farmonov Erkin Tolibovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Saksovul va cherkez o’simliklari urug’larini ekishni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimi Dars beradigan fanlar: Qishloq xo’jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis, Fermaning quvvati va Mashinalarni boshqarish, Ilmiy izlanish asoslari

None

erkinfarmonov2009@mail.ru

  +99871-237-05-86

Texnika fanlari doktori, professor, akademik
Yo‘ldoshev Shukrullo Ubaydullayevich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Dars beradigan fanlar: Mashinalarning texnik samaradorligi, Resurstejamkor texnika va texnologiyalar, Soha muhandislik tizimlari

None

 s.alikulov@tiiame.uz

+998 71 237 19 27

Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Sharipov Zayniddin Sharipovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo’jalik va meliorativ texnikalarga texnik servis va texnik xizmat ko’rsatish. Dars beradigan fanlar: Qishloq xo’jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis, Agrosanoatda texnik tizimlar servisi, Mashinalardan foydalanish va texnik servis

None

z.sharipov@tiiame.uz

  +99871-237-05-86

Texnika fanlari bóyicha falsafa doktori, dotsent
Xakimov Bahodir Bozorovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun bioyonilg‘ida ishlaydigan mobil xizmat ko‘rsatish uskunasining ilmiy-texnik yechimlari Dars beradigan fanlar: Resurstejamkor texnika va texnologiyalar, Qishloq va suv xo’jaligi texnikalari resursini tiklash, Diagnostika va texnik servis vositalari.

None

 b.xakimov@tiiame.uz

  +99871-237-05-86

Iqtisod fanlari bóyicha falsafa doktori, dotsent
Berdimurodov Usmon Suyunovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Takroriy ekin urug’larini pushtaga ekishda tuproqni frezalash va birato’la ekishning texnologik va texnik yechimlari. Dars beradigan fanlar: Qishloq xo’jaligi texnikalari marketingi, O’simliklani yetishtirishning innovatsion texnologiyalari.

None

 u.berdimorodov@tiiame.uz

  +99871-237-05-86

Assistent
Ro‘ziyev Dilshodbek Ilxomjonovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo’jaligi ekinlarini pushtaga ekishdan oldin tuproqqa ishlov beradigan freza parametrlarini asoslash. Dars beradigan fanlar: O’simliklani yetishtirishning innovatsion texnologiyalari. Mashinalardan foydalanish asoslari, Mashinalardan foydalanish va texnik servis

None

dilshodbek.ruziyev@mail.ru

+99893-474-92-01

Assistent
Ravshanov Farrux Egamberdi o’g’li

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Makkajo'xori so'talarining urug'likka yaroqli qismini ajratib, qobig'ini archib oladigan smart qurilmani ishlab chiqish”. Dars beradigan fanlar: Mashinalardan foydalanish va texnik servis, Qishloq xo’jaligi texnikalari ergonomikasi, Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni qo’llash

None

Ravshanovfarrux9970@gmail.com

+998994218051

Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Aliqulov Saydulla

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Dars beradigan fanlar: Qishloq xo’jaligi texnikalari ergonomikasi, Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni qo’llash.

None

+99871-237-05-86

Assistant (Tayanch doktorant 2-bosqich)
Mirzayeva Shaxnoza Xusniddin qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Обоснование параметров высевающего аппарата для посева семян пустынных кормовых растений. Dars beradigan fanlar: Resurstejamkor texnika va texnologiyalar, Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti.

None

mirzayevashaxnoza@tiiame.uz

+998974209442

Fakultet

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti
1920 yilda Turkiston Davlat universitetining sakkizta fakulteti qatorida texnika fakulteti ham faoliyat boshlagan. Universitetning mashinashunoslik bo‘limi...

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Diagnostika va texnik servis vositalari

«Diagnostika va texnik servis vositalari» fani talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq xo‘jalik texnikalarida hosil bo‘ladigan nuqsonlarni aniqlash, eyilgan detallarni tiklash hisobiga ularning ishonchliligini va texnik resursini oshirishning hozirgi holati va istiqbollaridagi texnik taraqqiyotda mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, foydalanish jarayonida mashinalarning buzilishlar oqimi va ularni ishonchliligini baholashning matematik-statistik usullari, ishonchlilikning taqsimot qonunlarini tanlash va texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish ishlarini tashkillashtirish texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

2 Soha muhandislik tizimlari

Tаlаbаning soha muhandislik tizimlari to’g’risidа to’liq mа’lumоtgа egа bo’lishi, o’quv jаrаyonining аsоsiy shаkllаri, mаtеriаllаrni o’zlаshtirish vа bаhоlаshning yangi mеzоnlаri, tаlаbаlаrning huquq vа mаjburiyatlаri, jаmоаtchilik ishlаri, ilmiy tаdqiqоt ishlаri, ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni turlаri vа аmаliyotlаr o’tish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirishni, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilishni,cоhаgа оid kоrхоnаlаr vа tаshkilоtlаrning ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni tаshkillаshtirish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirish, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilish, kоrхоnа yordаmchi хizmаti vа tехnik nаzоrаt ishlаrini qilish, tехnikа хаvfcizligi qоidаlаri bo’yichа yеtаrlichа ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishdаn ibоrаtdir

3 Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash asoslari

«Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash asoslari» fani talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda namunaviy texnologik kartalar, mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi va mashinalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ishtirib olish mashinalari va texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

4 Qishloq va suv xo’jaligida transportdan foydalanish

«Qishloq  va suv xo’jaligida transportdan foydalanish» fani talabalarni talabalarni qishloq va suv xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar va texnik vositalarni tanlash, ulardan samarali foydalanish usullari va amalga oshirish yo‘llari, trasnport vositalaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, ularning maqbul tarkibini asoslash usullarini, foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

5 Qishloq xo‘jaligi texnik servis tizimi asoslari

 “Qishloq xo‘jaligida texnik servis asoslari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, respublikamiz va xorijiy davlatlarda texnik servis, firmaviy texnik servis, lizing va dilerlik xizmatlarining hozirgi xolati va rivojlanish istiqbollari, texnikalardan samarali foydalanish yo‘llari to‘g‘risida tasʼavvurga ega bo‘lishi, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘yicha uslubiy yondoshuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

6 Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Ushbu fan qishloq xo‘jaligida mashina va agregatlarni ishlatish samaradorligiga ta’sir etuvchi tabiiy ishlab chiqarish omillari,  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish tizimi, namunaviy texnologik kartalarning ahamiyati, ishlab chiqarish jarayonlarining vositalari, agregatlar tuzish va samarali foydalanish asoslari,  mexanizatsiyalashtirilgan  ishlar - tuproqqa asosiy va qo‘shimcha ishlov berish, o‘g‘it solish, o‘simliklar urug‘i va ko‘chatlarini ekish,  parvarishlash, zararkunanda va kasalliklardan  himoya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib-terib olish jarayonlarini bajarishdagi “muammoli vaziyat”larni aniqlash, taxlil qilish, ularni bartaraf etish uchun  innovatsion  texnika va texnologiyalarni tanlash tartib-qoidalarini,  ularga qo‘yiladigan talablar, boshqarish tizimlari, texnik-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda  tahlil qilish va ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta’minlashdan iborat.

7 Qishloq xo’jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis

Fanni o‘qitishdan maqsadi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat va servis  ko‘rsatish jarayonlari, texnologiyalar va texnik vositalari, ulardan samarali foydalanish, texnik xizmat va servisni amalga oshirish vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalarni yechishni taʼminlashdan iborat. Jumladan, qishloq va suv xo‘jaligi texnikalari texnik servisi, xududiy firmaviy texnik servis tizimini tashkillashtirish va ulardagi ishlab chiqarish bo‘limlarini loyihalashtirishga oid yangi nazariy bilimlarni berish va ularni loyihalash-texnologik hisoblash ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

8 Resurs tejamkor texnika va texnologiyalar

«Resurs tejamkor texnika va texnologiyalar» fani talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq хo’jaligida resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qo’llash borasida yaratilgan zamonaviy - resurstejamkor texnologiyalar, energetik vosita va ishchi mashinalarni hamda va sohasidagi ilmiy-texnik taraqqiyot yunalishlarni resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qishloq  xo’jaligiga joriy etish, ishlab chiqarishda maxsulot sifatini va texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish ishlarini tashkillashtirish texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

9 Innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish.

Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda mashina-traktor agregatlardan  foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni hal etish tartib-qoidalarini, mashinalarni boshqarishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqarish vositalarini maqbul - maqsadli tarkibini shakllantirish, innovatsion texnikalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanilishni taʼminlash bo‘yicha bilim va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Kursning vazifalari - bakalavrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini bajarilishida ishlatiladigan mashina-traktor agregatlari ish unumini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, mashinalarning ish unumi va sifatiga taʼsir etuvchi omillar, ishlab chiqarish jarayonlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, tahlil qilish va  ularni hal etish tartib-qoidalariga amal qilgan holda innovatsion texnika va texnologiyalarni tanlash hamda ishlab chiqarishga joriy etish kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.


10 Qishloq xo‘jaligi mashinalari ergonomikasi

Fanning maqsadi - talabalarga qishloq xo‘jaligi traktorlari va o‘ziyurar mashinalarda operatorga yaratilgan ish joyi sharoitlari, boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan vositalardan foydalanishda texnika havfsizligi bo‘yicha talablar va tadbirlar, texnikalarda zamonaviy boshqarish va  dizayn tizimlari bilan  tanishtirish orqali, ularni ilmiy va dunyoviy qarashini shakllantirishdan  iborat.  

11 Mashinalardan foydalanish asoslari.

Kursning maqsadi talabalarga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini o‘rgatish, ishlab chiqarish qurollarining maqbul va maqsadga muvofiq tarkibini shakllantirish hamda mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirish, mexanizatsiyalashgan jarayonlarni bajarishda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha bilim berish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

Kursning vazifalari - resurs tejamkor ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishda foydalaniladigan mashinalar unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy tamoyillari, ularning samaradorligining nazariy asoslari, mashina-traktor blokining optimal tarkibi va o‘lchamlarini tanlash tartibi, mashinalar, telemexanika uchun innovatsion boshqaruv tizimlari va asboblari va uni rivojlantirish istiqbollari muhandislik muammolarini hal qilish uchun chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

12 Mashina traktor agregatlari ish unumini boshqarish

«Mashina traktor agregatlari ish unumini boshqarish» fani talabalarga texnik bilimlarning nazariy asoslarini, mashina-traktor agregatlaridan yuqori ish unum bilan foydalanish usullarini, iqtisodiy imkoniyatlariga moslashtirilgan ekinlarni etishtirishda yuqori intensiv va resurstejamkor texnologiyalarni bajarishda mashinalar tizimi va ularni tanlash tamoyillarini, mashina traktor agregatlarning energiya tejaydigan ish rejimlarini tanlash usullarini, resurstejamkor harakatlanish usullarini tanlashni, murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda mashina-traktor agregatlarning texnologik jamlanmalaridan maqbul foydalanish usullarini, qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish texnologiyalari va mashina-traktor agregatlaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, mashina-traktor agregatlarining maqbul tarkibini asoslash usullarini, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat

13 Agrosanoatda texnik tizimlari servisi

Kursning maqsadi – talabalarda agrosanoatda texnik tizimlar: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tizimlari servisini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishdan iborat.

Kursning vazifalari – talabalarga agrosanoatda texnik tizimlar: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tizimlari servisi faoliyatini tahlil qilish, ularning rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim berish, yangi innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llash, istiqbollarini belgilash kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni ega bo‘lishini taʼminlashdan iborat.

14 Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari marketingi

Kursning maqsadi – talabalarga marketing tushunchasi va mohiyatini, maqsadini tushuntirish, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalar bozori marketing muhitining holatini o‘rgatish, marketing sohasini rivojlantirish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllan-tirishdan iborat.

Kursning vazifalari – talabalarda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari marketingi bo‘yicha marketing maqsadlari talablarni shakllantirish va rag‘batlan-tirish, qabul qilinganligini asosliligini taʼminlash, rivojlanish konsepsiyasi, xususiyatlarini, yangi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari uchun raqobat bozorlarini shakllantirish usullarini, dilerlik faoliyatini o‘zaro munosabatlarini, zamonaviy servis tamoyillari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllan-tirishdan iborat.

15 Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi diagnostikasi va texnigi xizmat

Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarni bo‘laklarga ajratmasdan uning texnik holati va nosozliklari sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan aniqlash, ularning servisini tashkillashtirish, diagnostika texnologiyalari va texnik vositalaridan samarali foydalanish uslublari va ular bilan bog‘liq kompleks masalalarni yechishni taʼminlash bo‘yicha bilimlar berishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarga texnik tashxis va servis jihozlari va vositalaridan foydalanish, sinash usullarini, texnik servis korxonalari faoliyati va jarayonlarini tahlil qilish, texnologik shakllantirish, loyihalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va uning rivojlantirish istiqbollari kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

16 Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti

«Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti» fani talabalarni qishloq va suv xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar va texnik vositalarni tanlash, ulardan samarali foydalanish usullari va amalga oshirish yo‘llari, trasnport vositalaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, ularning maqbul tarkibini asoslash usullarini, foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://acm.tiiame.uz/oz/page/mft-tarixi

Kafedra mudiri: Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich

Qabul kunlari: None

Tel: +99871-237-05-86

E-mail: a.igamberdiev@tiiame.uz

Tarmoqlarda: