"Mexanika va kompyuterli modellashtirish" kafedrasi
“Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasi dastlab “Qurilish mexanikasi” kafedrasi nomi bilan oʼz faoliyatini boshlagan boʼlib, uning tarixi uzoq 1923 yilga borib taqaladi. “Qurilish mexanikasi” kafedrasiga birinchi boʼlib Juval Kazimir Frantsevich, keyin Semyon Makarovich Suxanov, 1932-1946 yillarda Konstantin Trofimovich Venediktov, 1959-1976 yillarda dotsent Ivan Ignatevich Gribanov, 1976-1980 yillarda dotsent Vladimir Nikolaevich Frolov, 1980-1991 yillarda dotsent Аbdulla Ostonovich Qurbonov, 1991 yildan hozirgi vaqtgacha texnika fanlari doktori, professor, OʼzR FА akademigi Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich kafedrani samarali boshqarib kelmoqda.
“Nazariy mexanika” kafedrasi esa institutda 1946 yilda tashkil qilingan boʼlib, bu kafedraga 1949 yilgacha dotsent N.А.Salarov, 1949-1968 yillarda dotsent M.G.Klebanskiy, 1968-1978 yillarda dotsent D.G.Mavlonova, 1978-1989 yillarda dotsent L.I.Tolipova, U.Mambetov, 1989-1997 yillarda professor Q.Latipov, 1997-2000 yillarda professor Gʼ.Sh.Zokirov, 2000-2004 yillarda dotsent Q.Xusanovlar mudirlik qilgan.
2004
yildan
“Nazariy
mexanikasi”
kafedrasi
“Qurilish
mexanikasi”
kafedrasiga
qoʼshilib, kafedra “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi deb yuritila boshladi.
05.01.2023 yildan boshlab institut Universitet
maqomini olganidan keyin (TIQXMMI MTU) kafedra “Mexanika va kompyuterli
modellashtirish” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedra 2019 yildan boshlab “Mexanika va matematik
modellashtirish” bakalavriatura taʼlim yoʼnalishi boʼyicha kadrlar tayyorlashni
boshladi.
Oxirgi yillarda kafedra xodimlari tomonidan 30 dan ortiq darslik, oʼquv qoʼllanmalar, monografiyalar chop kilinib, EHM dasturlariga 50 dan ortiq avtorlik guvohnomalari olingan. Xalqaro konferentsiyalarda oxirgi 5 yilda 70 ga yakin turli ilmiy maqolalar chet ellarda ingliz tilida chop qilindi. Chop qilingan darsliklarning 3 tasi respublikada eng yaxshi darslik deb tan olinib, 6 ta oʼquv qoʼllanma qozok tiliga tarjima qilinib Qozogʼiston respublikasida oʼquv jarayonida qoʼllanilib kelmoqda.
Kafedraning
shu darajaga yetishida, yaʼni mustaqil Respublikamiz uchun yetuk injener,
bakalavr va magistr kadrlarni tayyorlashda kafedrada uzoq vaqtlar davomida
quyidagi oʼqituvchilar, yaʼni professor V.N.Punagin, dotsentlar
А.M.Godovannikov, V.N.Frolov, K.Yu.Yusupov, V.N.Manin, D.G.Mavlonova,
L.I.Boymurodova, M.Karimova, B. Аtajanov, I.Shulgina, N.V.Xasanovalar, katta
oʼqituvchilar А.А.Tolkodubova, L.I.Osipova, L.X. Mamasheva, F.M.Gaynulina, N.P.
Kuzmina, K.I.Malishev, G.V.Broun, M.R. Mansurova, F.Ziyaevlar va assistentlar
T. P. Kotova, I.А.Shal fidoyilik koʼrsatib mehnat qilishganini alohida
taʼkidlab oʼtishni lozim deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda kafedrada t.f.d., prof. T.M.Mavlonov,
t.f.d., prof. T.Z.Sultanov, f.-m.f.d., prof. K.S.Sultanov, t.f.d., prof.
А.А.Аbduvaliev, t.f.d., dots. Q.Xusanov, f.-m.f.n., dots. А.N.Ishmatov, PhD,
dots.B.Sh.Yuldoshev, t.f.n., dots. Sh.O.Xudaynazarov, dots. E.S.Toshmatov,
dots. J.А.Yarashov, k.oʼq. B.Urinov, k.oʼq. Q.Turajonov, k.oʼq. Sh.Ibodulloyev,
assistentlar А.Rayimov, J.Аbdunabievlar universitetda bakalavr va magistrlarni
tayyorlashda faol mehnat qilib kelishmoqda.
Amalga
oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
Kafedra doimiy ravishda Davlat grantlari boʼyicha qator fundamental va amaliy grantlarni bajarib kelmokda.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan № FZ-20200929327 - “Gruntning namlanganlik va chiziqsiz filtrasiyani hisobga olgan holda gruntli toʻgʻonlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usulini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat granti fundamental loyihasi, (2021-2026 yy. Loyihaning umumiy qiymati 2 973 650 000 soʻm).
Olingan natijalar:
Tadqiqotning uchinchi yilida olib borilgan ishlar
boʻyicha quyidagi natija va yangiliklar olingan:
-ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash
usullari va algoritmlarning adekvatligi echimi aniq boʻlgan qator test
masalalari bilan echilib, natijalar taqqoslangan va ularning xaqqoniyligi
ta'minlangan;
-statik kuchlar ta'sirida qiya yadroli toʻgʻonning
barcha nuqtalaridagi normal va urinma
kuchlanishlar markaziy yadroli toʻgʻonga nisbatan ancha kamligi inshootning
mustahkamlik va umrboqiylik nuqtai nazarida toʻgʻonning ancha yuqori ishonchlik
bilan ishlashini ta'minlashiga olib kelishi mumkinligi isbotlangan;
-inshootning xususiy ogʻirligi va suv omboridagi
suvning gidrostatik bosimi ta'sirida gruntli toʻgʻonni asos bilan birgalikda
tekis-deformasiya holatidagi kuchlanganlik deformasiya holati gruntli toʻgʻon
va “gruntli toʻgʻon-asos” yaxlit sistema sistema sifatida ishlab chiqilgan;
-bir jinsli Bulungʻur gruntli toʻgʻonining turgʻun
filtrasiya jarayoni, chiziqsiz noturgʻun filtrasiya (suv omborini toʻldirilish
va suv omborini suvdan boʻshatish jarayoni) jarayonlarida toʻgʻon tanasida
gʻovak bosim, namlanish va depressiya egri chiziqlarini oʻzgarishi, shuningdek
kuchlanganlik deformasiya xolatlari, inshootning ustuvorliklari sonli usulda
tadqiq qilinib, yangi mexanik effektlar aniqlangan;
-Bulungʻur suv omborini boʻshatilishi xisobiga
toʻgʻondagi mumkin boʻlgan sirpanish sirti toʻgʻonning yuqori b'ef tomoniga
oʻtashi (suv toʻla va turgʻun filtrasiya jarayonida bu sirt quyi b'ef tomonda
joylashgan boʻlib, Kust=1,596), ustuvorlik boʻyicha eng xavfli xolat suv
omborini suvdan boʻshatilgandigi dastlabki kunlar (38 sutka) xisoblanib, eng
kam ustuvorli shu sutkalarga toʻgʻri kelishi aniqlangan;
-gruntli toʻgʻonlarning asos bilan birgalikda xususiy
tebranishini baholash uchun inshootning
konstruktiv bir jinssizligi, real geometriyasini, suvning gidrostatik bosimini
inobatga olib matematik masala qoʻyilib, hisoblash algoritmi va EHM dasturi
ishab chiqilgan. Ishlab chiqilgan usul, algoritm va hisoblash dasturining
aniqligini baholash uchun bir nechta test masalalar echilib, olingan natijalar mavjud echimlar bilan taqqoslanib,
xaqqoniylik ta'minlangan;
-gruntli toʻgʻonlarni zilzilabardoshlikka sinash
uchun seysmik platforma yaratilib, seysmik platforma 6, 7, 8 , 9-balli (ikki
komponentli) zilzilalarni hosil qilish imkoniyati yaratilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
xuzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik
xavfsizlikni ta'minlash sohasini qoʻllab – quvvatlash jamgʻarmasi 01.05.2022 -
30.04.2024 yy. «Gruntli toʻgʻonlarning
zilzilabardoshligini toʻgʻon tanasi boʻyicha tarqaladigan noturgʻun filtrasiya
jarayonini hisobga olgan holda baholash» mavzusidagi amaliy davlat granti.
(Loyihaning umumiy qiymati 200 000 000 soʻm).
Olingan natijalar:
-gruntli toʻgʻonlar tanasida xosil boʻluvchi
filtrasiya jarayonlari nazariy va dala tadqiqotlari asosida amaliy jixatdan
tadqiq qilindi;
-suv ombori gruntli toʻgʻonlarining tanasidagi
suvning chiziqsiz filtrasiyasi va namlikni notekis taqsimlanish jarayoni, grunt
materialining fizik-mexanik xususiyatlarini, suv omboridagi suvning gidrostatik
bosimini xisobga olgan xolda gruntli toʻgʻonlarning mustaxkamligini va
zilzilabardoshligini baxolashning matematik modelini, xisoblash usuli,
algoritmini ishlab chiqiish va zamonaviy dasturiy vositalar yordamida xisoblash
asoslari yaratildi;
-real sharoitda ishlayotgan, qurilayotgan va
loyihalanayotgan gruntli toʻgʻonlarning kuchlanganlik – deformasiya xolatlari
va mustaqkamliklari inshootning konstruktiv bir jinssizligi, grunt
materialining fizik-mexanik xususiyatlari hamda toʻgʻon tanasidagi mavjud
filtrasiya jarayonlarini hisobga olgan holda baholash jarayonlari bajarilmoqda.
4 nafar talaba va magistrantlar ilmiy tadqiqot
ishlariga jalb etildi.
Olib borilgan grant loyixasi tadqiqotlari doirasida 3
ta PhD dissertasiyalari himoya qilindi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
mustaqil tadqiqotchisi O.Vafoeva (2022 y), tayanch doktorant D.Juraev (2022 y)
va mustaqil tadqiqotchi J.Qosimov (2023 y.).
Tadqiqotlar asosida jami 50 dan ortiq ilmiy ishlar,
monografiya va darsliklar chop qilindi:
shulardan 30 tasi ilmiy maqola boʻlib, bu maqolalar Scopus xalqaro ilmiy
ma'lumotlar bazasidagi jurnal va konferensiya materiallarida chop qilingan, 1
ta monografiya, 5 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalar Respublikamizning nufuzli
nashriyotlarida chop qilingan boʻlib, tuzilgan EHM dasturlari uchun OʻzR IMA
tomonidan 8 ta mualliflik guvohnomalari olindi.




Laboratoriyalarimiz:
Kafedrada
zamonaviy talablarga toʼliq javob beradigan “Materiallar qarshiligi”, “Nazariy
mexanika” fani boʼyicha laboratoriyalar va kompyuter xonalari tashkil qilingan.
Gruntli
inshootlar, suv omborlarining toʼgʼonlari, asos va poydevorlarni
kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini va mustahkamligini baholash
boʼyicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturiy taʼminotlari (Plaxis,
Ansys, Abaqus va boshqalar) yordamida doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar oʼz
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga kafedrada tashkil etilgan
toʼgaraklarda talabalar ham gruntli toʼgʼonlarning
kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini va mustahkamligini baholash
ishlarida keng foydalanib kelmoqda.
Kafedrada
01.02.04. - Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi, 05.09.06. -
Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi ixtisosliklari boʼyicha tayanch
doktorantlar Z.Urazmuhammedova, A.Noʼmonov, S.Xamidov, Q.Turajonov, M.Berdiev,
I.Hazratqulov, А.Аlievlar, mustaqil tadqiqotchilar D.A.Xodjaev,
Sh.O.Xudaynazarov, B.X.Urinov, K.Mamasoliev, B.A.Normuminov, O.Аxmedovlar oʼz ilmiy
yoʼnalishlari boʼyicha faol ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishmoqda.
Olib
borilayotgan ilmiy tadqiqotlar doirasida tayanch doktorant J.A.Yarashov (2021
y), mustaqil tadqiqotchilar E.S.Toshmatov (2021 y), O.S.Vafoevalar (2022 y),
tayanch doktorant D.P.Juraev (2022 y), mustaqil tadqiqotchi dotsent
Q.Xusanovlar (2022 y) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi.
Xalqaro hamkorlik va chet davlatlar bilan aloqa va ularning natijalari.
Manoadagi Gavay universiteti professor Azimov
Dilmurod Muxamadjanovich kafedrada “Nazariy mexanika” fanidan talabalarga oʻquv
yili davomida dars berdi.
Kafedra tashabbusi bilan 2023 yil 31-oktyabr kuni
B-bino 325-xonada “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 2-3 bosqich talabalari,
magistrlar, doktorantlar va kafedra
professor-oʻqituvchilariga AQSh Berkli shahri Kaliforniya Universiteti
professori Shaxzod Toxirovning “Sovremennie metodi monitoringa i modelirovaniya
dlya obespecheniya nadejnosti nazemnoy i podzemnoy infrastrukturi” mavzusidagi
ma'ruzasi taqdim etildi.
Kafedrada reja asosida oʻquv-laboratoriya bazasini
mustaxkamlash, ochiq ma'ruzalarni oʻtkazish, davlat dasturi doirasidagi
ilmiy-tadqiqot ishlarini xamkorlikda bajarish, hamda professor-oʻqituvchilar
uchun stajirovkalar tashkil etish boʻyicha M.Auezov nomidagi
Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti-Janubiy-Qozogʻiston viloyati
(30.03.2022 y.) shartnoma imzolangan.
Shu bilan birga Xitoy davlatining quyidagi
universitetlari bilan ham shartnoma imzolanib ular bilan birgalikda ilmiy
ishlar olib borilmoqda:
1. Shenzhen technology university (Xitoy), Samarkand
state architecturial and civil engineering institute (Oʻzbekiston), Tashkent
institute of irrigation and agricultural mechanization engineers (Oʻzbekiston).
2. Beling technology institute (Xitoy), Samarkand state
architecturial and civil engineering institute (Oʻzbekiston), Tashkent
institute of irrigation and agricultural mechanization engineers (Oʻzbekiston).
Xalqaro maqolalar
1. D.J.Jurayev, N.Vatin, T.Z. Sultanov, M.M. Mirsaidov Spatial stress-strain state of earth dams. Magazine of Civil Engineering. 2023. 118(1). Article No. 11810. Рр. 1-12. DOI: 10.34910/MCE.118.10 Bu maqola Q1- kvartaliga kirgan jurnalda chop qilingan.
2. Kh. Z. Rasulov, D. Zh. Artykbaev, E.Toshmatov Earthquake–Resistant Steepness of Slope Structures. AIP Conference Proceedings 2612, 020006 (2023) https://doi.org/10.1063/5.0113268
3. S. Abdukadirov, M. Aisenberg-Stepanenko , B. Yuldoshev, Kh. Zhabborova Impact of a plane compression wave on a cylindrical shell filled with fluid. AIP Conference Proceedings 2612, 040009 (2023). 2023 Рр. 1-12. https://doi.org/10.1063/5.0113327
4. T.Z.Sultanov, M.M.Mirsaidov, J.А.Yarashov Strength of earth dams considering the elastic-plastic properties of soils. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 03001. 2023, Рр 1-15. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336503001
5. M.Mirsaidov, K.Turajonov Nonlinear dynamics of rotor of an autobalancing ball device, considering eccentricity and changes in horizontal axes of rotation. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 04017. Рр 1-12. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504017
6. T.Mavlanov, Sh.Khudainazarov Simulation of dynamic processes of shell structures with viscoelastic elements. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 03040. Рр 1-11. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336503040
7. T.Mavlanov, Sh.Khudainazarov Evaluation of the dynamic characteristics of complex multiply connected, structurally inhomogeneous systems. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 03035. Рр 1-10. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336503035
8. A.Abduvaliyev Damping of longitudinal vibrations of a cylindrical rod. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 02014. 2023, Рр 1-15. https://doi.org/10.1051/e3sconf/203014
9. B.Yuldoshev Investigation of hydraulic resistance of pulsating flows of viscous fluid in elastic pipe. E3S Web of Conferences 365, 03026 (2023) CONMECHYDRO – 2022. 2023 Рр. 1-11. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336503026
10. B.Yuldoshev Impact of a plane compression wave on a cylindrical shell filled with fluid. AIP Conference Proceedings 2612, 040009 (2023). 2023 Рр. 1-12. https://doi.org/10.1063/5.0113327
11. M.Mirsaidov, K.Turajonov Multi-row self-balancing device with regard to eccentricity and angular error. E3S Web of Conferences 376, 01103 (2023). 2023 Рр. 1-12. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337601105
12. T.Sultanov, E.Toshmatov Studying the Effect of the Gravity of the Base Plate by the Chain on the Pair of Shafts. AIP Conference Proceedings 2612, 020006 (2023) Рр. 1-10. https://doi.org/10.1063/5.0113270
13. M.Mirsaidov Dynamic characteristics of wheelsets with a rail considering viscous-elastic properties of the material. Materials Physics and Mechanics. 2023;51(2): 36-49. Рр. 1-14. DOI: 10.18149/MPM.5122023_4
14. M.Mirsaidov Evaluation of the dynamics of elastic plate and liquid section dynamic absorber. Вестник PNRPU нинг. Механика №3, 2022 PNRPU mechanics bulletin. 2023 Рр. 1-9. DOI: 10.15593/perm.mech/2022.3.06. Бу мақола Q2- кварталига кирган журналда чоп қилинган.
15. T.Mavlonov Solutions of vibration problems of structural-inhomogeneous shell structures by the Müller’s method. AIP Conference Proceedings 2612, 020003 (2023). Рр. 1-9. https://doi.org/10.1063/5.0124322
16. Sh.Khudainazarov Non-stationary vibrations of a viscoelastic structure. AIP Conference Proceedings 2612, 020003 (2023) Рр. 1-8. https://doi.org/10.1063/5.0113281
17. M.Mirsaidov Dynamics of the rod protected from vibration under kinematic excitations. AIP Conference Proceedings 2612, 020003 (2023). Рр. 1-12. https://doi.org/10.1063/5.0113225
18. A.Abduvaliyev Damping of longitudinal vibrations of a cylindrical rod single-mass damper. AIP Conference Proceedings 2612, 020003 (2023). Рр. 1-8. https://doi.org/10.1063/5.0115357
19. M.Mirsaidov, K.Turajonov Rotor dynamics with account for the eccentricity and angular error of the ball self-balancing device. AIP Conference Proceedings 2612, 020003 (2023). Рр. 1-11. https://doi.org/10.1063/5.0113255
20. K.Xusanov Dynamics of cutter rolls of setting out machines. AIP Conference
Proceedings 2612, 020003 (2023). Рр. 1-12. https://doi.org/10.1063/5.0113292
OʻzR Fanlar Akademiyasning ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa institut va korxonalar bilan birgalikda olib borilgan ishlar haqida ma'lumot.
Hozirgi kunda kafedra xodimlari reja asosida oʻquv-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ochiq ma'ruzalarni oʻtkazish, davlat dasturlari doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, hamda professor-oʻqituvchilar uchun stajirovkalar tashkil etish boʻyicha OʻzR FA mexanika va inshootlar zilzilabardoshligi instituti, OʻzR SXV Oʻzsuvloyiha OAJ, “UZGIP” OAJ, M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti- Janubiy-Qozogʻiston viloyati hamda Oʻz R Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Navoiy davlat togʻ instituti va Buxoro injener-texnologiyalar institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda ilmiy ishlar olib borishmoqda.
Shu jumladan kafedra
xodimlari Respublikamiz xududlarida ishlab turgan gruntli toʻgʻonlarni konstruqsiyalari
va ularning materiallarining mexanik xarakteristikasi boʻyicha materiallar
toʻplab, baland toʻgʻonlarni mustahkamligini oshirish boʻyicha ma'lum
natijalarga erishib, ularning tadbiqi ustida doimiy ravishda ish olib
borishmoqda. Ular bilan birgalikda maqolalar chop qilib, avtorlik
guvohnomalarini olmoqdamiz.
Shu bilan birga Respublikamiz Fanlar akademiyasining etuk olimlari prof. K.S.Sultanov, Toshkent texnika universiteti professori A.Axmedov va OʻzR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti doktoranti F.Nazarovlar oʻrindoshlik asosida kafedrada ishlab talabalarga sifatli bilim berishmokdalar.
Kafedra xodimlari
Mirsaidov Mirziyod
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
m.mirsaidov@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-71
Mavlonov Toʻlqin
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
Dars beradigan fanlar: Nazariy mexanika, Materiallar qarshiligi
+99871-237-09-81
Abduvaliyev Abduqaxxor
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Standartlashtirich va mahsulotlar sifatini boshqarish
Dars beradigan fanlar: qurulish mexanikasi, materiallar qarshiligi.
+99871-237-09-81
Husanov Qaxramon
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Murakkab mexanik sistemalarning harakat differensial tenglamalari va ularni texnologik mashinalarga qo’llash, harakatni boshqarish masalalari
Dars beradigan fanlar: Nazariy mexanika, analitik mexanika
+99871-237-09-81
Yuldoshev Baxtiyor Shodmonovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Materiallar qarshiligi, Amaliy mexanika
+99871-237-09-81
Urinov Baxtiyor Xamidovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
Dars beradigan fanlar: Materiallar qarshiligi, Qurilish mexanikasi
+99871-237-09-81
Xudaynazarov Sherzod Ochilovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: 01.02.04 -Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar
Dars beradigan fanlar: Nazariy mexanika, Materiallar qarshiligi
+99871-237-19-81
Toshmatov Elyor Sobirovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Materiallar qarshiligi, Qurilish mexanikasi.
+99871-237-09-81
Yarashov Javlonbek Adamboyevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi, Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
Dars beradigan fanlar: Materiallar qarshiligi, Qurilish mexanikasi
+99871-237-09-81
Xamidov Saidjon Sobitjon oʻgʻli
Ilmiy tatqiqot yoʻnalishi: Nazariy mexanika
Dars beradigan fanlari: Nazariy mexanika
+998909480092
Hazratqulov Islomjon Obid o'g'li
Ilmiy tatqiqot yoʻnalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
+998909480092
Rayimov Abduraxmon Odiljon o'g'li
lmiy tatqiqot yoʻnalishi: Nazariy mexanika
Dars beradigan fanlari: Nazariy mexanika, Matematik modellashtirish
+99871-237-09-81
Ishmatov Alisher Narkobilovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
Dars beradigan fanlar: Materiallar qarshiligi, Qurilish mexanikasi
+99890-814-50-30
Abdinabiyev Jasur Safarovich
Ilmiy tatqiqot yoʻnalishi: Nazariy mexanika
Dars beradigan fanlari: Nazariy mexanika, Mexanikaning sonli usullari
+998908103347
Aliyev Aktam Erkin oʻgʻli
a.aliyev@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99897-398-94-96
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Suv xo‘jaligida va melioratsiya ishlarida modellardan foydalanish (Magistratuta bosqichida) | Bo‘lajak irrigatsiya va melioratsiya soxasining mutaxassisning
melioratsiya va suv xo‘jaligida
modellashtirish va modellardan foydalanish fanini o‘rganishi - uni kelgusi
ilmiy-texnika taraqqiyoti jarayonida uchraydigan muxandislik muammolarini
mustaqil ravishda hal qilish uchun fundamental asos yaratadi. |
| 2 | Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi | Inshootlarning hisob sxemalarini qurish, ularning har kuchlar tasirida
mustaxkamligini, ustivorligini va bikrligini baxolash usullari, seysmik
to‘lqinlarning inshootga ta’siri, zilzilalarning kelib chiqish sabablari va
inshootlarning zilzilabardoshliligini
oshirish chora-tadbirlarini o‘rgatadi. |
| 3 | Ekologik ob’ektlarning mustahkamligi va xavfsizligini baholash | Ekologik ob’ektlar konstruksiya elementlarining mustahkamligi,
ustivorligi va bikirligini baxolash uchun kerakli bo‘lgan formulalarni keltirib
chiqaradi va shu formulalar yordamida ularning yuqoridagi holatlarini
baxolashni o‘rgatadi. |
| 4 | Nazariy va amaliy mexanika (materiallar qarshiligi bo‘limi) | Konstruksiya elementlarining mustahkamligi, ustivorligi va bikirligini
baxolash uchun kerakli bo‘lgan formulalarni keltirib chiqaradi va shu formulalar
yordamida ularning yuqoridagi holatlarini baxolashni o‘rgatadi. |
| 5 | Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi | Konstruksiya elementlari va inshootlarning mustahkamligi, ustivorligi va
bikirligini baxolash uchun kerakli bo‘lgan formulalarni keltirib chiqaradi va
shu formulalar yordamida ularning yuqoridagi holatlarini baxolashni o‘rgatadi. |
| 6 | Materiallar qarshiligi. Qurilish mexanikasi | Konstruksiya elementlari va inshootlarning mustahkamligi, ustivorligi va
bikirligini baxolash uchun kerakli bo‘lgan formulalarni keltirib chiqaradi va
shu formulalar yordamida ularning yuqoridagi holatlarini baxolashni o‘rgatadi. |
| 7 | Qurilish mexanikasi | Inshootlarning hisob
sxemalarini qurish, ularning har kuchlar tasirida mustaxkamligini,
ustivorligini va bikrligini baxolash usullarini o‘rgatadi. |
| 8 | Materiallar qarshiligi | Konstruksiya elementlarining mustahkamligi, ustivorligi va bikirligini
baxolash uchun kerakli bo‘lgan formulalarni keltirib chiqaradi va shu
formulalar yordamida ularning yuqoridagi holatlarini baxolashni o‘rgatadi. |
| 9 | Nazariy mexanika | Nazariy mexanika moddiy jismlarning bir-biriga ta’siri va mexanik
harakatning umumiy qonunlari haqidagi tushunchalarni atroflicha o‘rgatadi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://he.tiiame.uz/oz/page/nq-tarixi
Kafedra mudiri: Mirsaidov Mirziyod
Qabul kunlari: None