"Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi
“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi 1927 yilda tashkil topgan bo‘lib, universitetning asos kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra Respublika va dunyodagi qishloq va suv xo’jaligi sohalariga bilimli kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Kafedrada “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo’nalishlari bo‘yicha bakalavriat, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish”, “Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari” yo‘nalishlari bo’yicha magistratura va “Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik” ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga o’qishga taklif qiladi.
Ushbu yo‘nalishlarda gidromeliorativ
tizimlardan foydalanish va modernizatsiyalash, suvdan foydalanish rejalarini
tuzish, gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish, suv tejamkor sug‘orish
texnika va texnologiyalarni joriy etish,
suv resurslarini boshqarish kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim
beriladi.
Kafedra professor-o’qituvchilari, doktorantlar,
magistrantlar va talabalarining sug‘orish suvini tejaydigan innovatsion texnologiyalar, gidromeliorativ
tizimlardan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini
yaxshilashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, suv resurslarini boshqarish
uslublarini takomillashtirish, tuproqning faol qatlamidagi va o‘simlikdagi suv-tuz va
ozuqa tarqalishi tizimi, FAO uslublari asosida qishloq xo‘jaligi
ekinlarini sug‘orish me’yorlarini asoslash metodikasini takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot
ishlarini olib boradi va shu yo’nalishlarda hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib
borishga taklif qiladi.
Hozirda kafedrada texnika fanlari doktori, professor Sherov Anvar G’ulamovich boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar
faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Kafedra laboratoriyalari

Loyihalar va xo’jalik
shartnomalar:
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sohaga doir bir qancha ilmiy, amaliy loyihalarni bajargan va bajarib kelmoqda, kafedra asosan gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, resurs tejamkor sug’orish texnologiyalari, suv xo’jaligi obyektlarini avtomatlashtirish va rekonstruksiya qilish, sug’orish rejimlarini takomillashtirish va ishlab chiqish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va boshqa mavzulardagi loyiha va xo’jalik shartnomalarini olib bormoqda.
1. “FAO uslubiyati asosida asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish”
CropWat bu qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan ekinlar uchun sug‘orish rejalarini ishlab chiqishga yordam beruvchi dasturiy ta’minot bo‘lib, bu dastur uning asosida sug‘orishni optimallashtirish, suvni tejash va o‘simliklarning talablariga muvofiq sug‘orishni tashkil etish imkonini beradi. CropWat o‘zining asosiy hisoblash metodlari, klimat ma’lumotlari, o‘simliklarning suvga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, to‘g‘ri sug‘orish rejalarini tavsiya qiladi.
Asosiy ekinlarning suvga bo‘lgan talabini meteorologik parametrlardan foydalangan holda FAO uslubiyoti, ya’ni CropWat 8.0. dasturi, Aquacrop, N.Ivanov uslublari, N.Bespalov tavsiyalari xamda dala tajribalari asosida sug‘orish tartiblari tuproq-gidrogeologik sharoitlarni hisobga olib ishlab chiqildi, bunda:
mavjud gidromodul rayonlar tamoyillari binoan tuproq va gidrogeologik sharoitlari ko‘rsatgichlari taxqil qilindi. O‘rganilayotgan hududlarning bugungi xolatdagi gidromodul rayonlar maydonlari aniqlandi. CropWat 8.0. dasturi yordamida ma’lumot ishlov berish natijasida ekinlarning mavsumiy sug‘orish me’yorlari, sug‘orish muddatlari va sug‘orishlar soni ishlab chiqildi.
2. “Buxoro viloyatining turli tuproq-meliorativ sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali kam mineralizatsiyalashgan zovur suvlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” Buxoro viloyatining sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil, turli mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish bo‘yicha dala tajribalarini olib borish. Buxoro viloyatining sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil, turli mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish bo‘yicha dala tajribalarini olib borish.
3. “Toshkent viloyati sharoitida tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshiruvchi yozgi siderat ekinlarini yetishtirishning resurstejamkor texnologiyasini joriy qilish”.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi.
Tuproqlarimizdan hosil va organik qoldiqlar olib chiqib ketilmoqda, ammo tuproqqa organika qaytyaptimi degan savol ochiq qolmoqda. Ishlab chiqarish sharoitida g‘o‘za parvarishlanganda 1 yilda bir daladan 8-12 tonnagacha (hosil+g‘o‘za poya), 1 yilda kuzgi boshoqli don ekinlari parvarishlanganda esa 11-12 tonna (don+somon) organika daladan olib chiqib ketilmoqda. Bunda tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshiruvchi siderat ekinlarini yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini joriy qilish muhimdir.
Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda yozgi muddatlarda siderat ekinlarini yetishtirishning resurs tejamkor agrotexnologiyalarini, ya’ni yomg‘irlatib sug‘orish va shudgor qilmasdan yerni diskalab ekish texnologiyasini amaliyotga joriy etish.
4. Univesitet ITI rejasidagi №2.7:”TIQXMMI” MTU O‘quv ilmiy markazining tomchilatib sug‘orish texnologiyasiining texnik parametrlarini aniqlash.
”TIQXMMI” MTU O‘quv ilmiy
markazining tomchilatib sug‘orish texnologiyasiining texnik parametrlarini
aniqlashdan iborat.
Dala tajribalari 2 variantda va 3 takrorlanishda olib borildi. Bunda maydon o‘lchamlari 125x40 metr, qatorlar orasidagi maydonda loviya ekinini birinchi variantda qo‘sh qatorli va ikkinchi variantda bir qatorli uchta takrorlanishda ekildi. Bunda tomchilatib sug‘orish shlanglari orqali sug’orish tashkil qilindi. Ushbu ilmiy tadqiqot orqali tomchilatib sug‘orish shlanglari tomizgichlari orasidagi masofa, tomizg’ich oqim tezligi va boshqa parametrlar aniqlandi.
5. ITI rejasidagi №3.7: “Parkent-qorasuv irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli “Xandam” xo‘jaliklararo kanalining foydali ish koeffitsentini oshirishda ATdan foydalangan xolda tavsiyalar ishlab chiqish”
Sug‘orish tarmoqlarining hozirgi holatini o‘rganish jarayonida, sug‘orish suvining rejaviy va haqiqiy suv sarflarida farqlar borligiga amin bo‘ldik. Hususan, Xandam kanali oxirgi marotaba 1970 yilda rekonstruksiya qilingan. Shu kungacha qariyb 50 yildan buyon ekspluatatsiya jarayonida kanalning PK559+00 dan PK740+00 gacha bo‘lgan qismi jami 18,1 km oralig‘idagi oqim bo‘ylab har ikki tomonining ayrim qismlarida kanalning injenerlik ko‘rinishi va loyihaviy nuqtalari o‘zgargan, qirg‘oq dambalari, inspektor yo‘llari qoniqarsiz ahvolda kelganligi aniqlandi va bu ko‘rsatkichlar kanalning FIK ta’sir ko‘rsatadi.
6. ITI rejasidagi №2.8:”TIQXMMI” MTU O‘quv ilmiy markazining mavjud sug‘orish tizimlarining moderinizatsiyalash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
TIQXMMI” MTU O‘quv ilmiy markazining mavjud sug‘orish taqmog‘ining texnik xolatini aniqlandi, mavjud sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsienti oshirish bo‘yicha birlamchi tavsiyalar ishlab chiqildi, sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash asosidan suvdan tejamli foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.
Xalqaro maqolalar
1. Sherov A. Mathematical
modeling of the operating mode of the South Golodnostepsk main channel. E3S Web of Conferences 402, 03049 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340203049
2. Sherov A. Improving
operation of inter-farm channels. E3S
Web of Conferences 401,
01089 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340101089
3. B.Soliev, A.Sherov, M.Muhammadiyeva, S.Dustnazarova, A.Gafarova. Innovative Solutions for the Construction of Drainage in Urban
Environments to Protect Against Flooding by Groundwater. AIP Conf. Proc. 2432, 040027 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0091196
4. Sherov A. Improving the Irrigated Status of Irrigated Land. AIP Conf.
Proc. 2432, 040030 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0091270
5. Soliev, B, SherovA, Muhammadiyev M, Gafarova A. Joint Use of Water Resources in the Aral Sea Basin as a Factor of
Sustainable Development of the States of Central. AIP Conference Proceedings, 2022, 2432, 040028. https://doi.org/10.1063/5.0091194
6. Sherov A. Effectiveness of Application of Bio-Water-Furrow Systems in Improving
the Meliorative Condition of Irrigated Land. AIP
Conference Proceedings, 2022, 2432, 040031. https://doi.org/10.1063/5.0091271
7.Sherov A, Gafarova A, Xasanov A. Mathematical Modelling of Unstable Slow-Moving Water Flow in South
Mirzachul Main Channel. AIP
Conference Proceedings, 2022, 2432, 040029. https://doi.org/10.1063/5.0091272
8. Amanov B. Substantiation of actual and
forecast reclamation situation in assessing effectiveness of artificial
drainage in irrigated areas in management of water resources/ E3S Web of
Conferences, 2023, 401, 01087/ https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340101087
9.Amanov B, Uljayev F, Jumaniyazova N. Assessment and forecast of water
resources use in Uzbekistan /E3S Web of
Conferences, 2023, 452, 02001/ https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345202001
10.Muhammadiyeva M, Shermatov Ya, Amanov B, Gulomov S, Erkinov A. Return waters of the Amu Darya
river basin. AIP Conference
Proceedings, 2022, 2432, 040026. https://doi.org/10.1063/5.0090045
11.Gadaev N, Yuldoshev K. Improvement of interpolymer
complex-based anti-filter screening irrigation techniques. E3S Web of Conferences, 2023, 452, 01028. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345201028
12.Gadaev N,
Amonov O,
Ganieva S,
Rajabova M. Improving
the technology of irrigation of cotton on the basis of interpolymer complex. E3S
Web of Conferences, 2023, 452, 01025. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345201025
13. Khamidov M, Matyakubov B, Gadaev N, Isabaev K, Urazbaev I. Development
of scientific-based irrigation systems on hydromodule districts of ghoza in
irrigated areas of bukhara region based on computer technologies. E3S
Web of Conferences, 2023, 365, 01009. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336501009
14.Arifjanov A,
Fatxulloyev A,
Khujaev I,
Gafarova A,
Allayorov D. Model
for calculating the hydraulic parameters of channels with a dynamically stable
section. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 03018. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336503018
15.Khamidov M,
Ishchanov J, Khamidova Sh,
Isabaev K,
Altmishev A. Water
scarcity under global climate change: Ways of addressing them in the lower
reaches of the Amu Darya River in Uzbekistan. BIO
Web of Conferences, 2024, 103, 00021. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300021
16.Khamidova Sh,
Juraev U,
Juraev A, Khamidov M. To
evaluate the effect of Phyto meliorative measures on land reclamation status. BIO
Web of Conferences, 2024, 103, 00022. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300022
17.Khamidov M,
Juraev A,
Khamidova Sh,
Juraev U. Influence
of Cotton Irrigation with Drainage Water on the Soil Reclamation Regime. AIP
Conference Proceedings, 2023, 2612, 030024. https://doi.org/10.1063/5.0113282
18.Khamidova Sh,
Juraev U,
Juraev A, Khamidov M. Evaluating
the effect of phytoameliorative measures on the land reclamation status. IOP
Conference Series: Earth and Environmental Science, 2023, 1138(1), 012022. DOI 10.1088/1755-1315/1138/1/012022
19.Khamidov M,
Ishchanov J, Khamidova Sh,
Isabaev K,
Altmishev A. Water
scarcity under global climate change: Ways of addressing water scarcity in the
Amu Darya lower reaches. IOP Conference Series:
Earth and Environmental Science, 2023, 1138(1), 012008. DOI 10.1088/1755-1315/1138/1/012008
20.Avliyakulov M, Rajabov N, Murtazayeva G, Durdiev N, Yakhyoeva N, Idrisov H. Drip
irrigation and new fertilizer application technology for cotton variety C-8286
in the condition of global climate change. BIO
Web of Conferences, 2024, 105, 05006. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410505006
21.Avliyakulov M, Rajabov N, Murtazayeva G, Durdiev N, Yakhyoeva N, Haydarov T, Kurbonov A, Raxmankulova D. Dry
mass accumulation of cotton under drip and furrow irrigation in Uzbekistan. BIO
Web of Conferences, 2024, 105, 05003. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410505003
Xalqaro hamkorlarimiz
1. Qozog’iston
Milliy agrar tadqiqotlar universiteti
2. M.X.Dulati nomidagi Taraz regional
universitetі
3. Germaniyaning
Gumbold universiteti
4. Amerikaning
Arizona universiteti
Mahalliy hamkorlarimiz
1. Suv
xo’jaligi vazirligi
2. Irrigatsiya
va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti
3. Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya
tizim havza boshqarmasi
4. “ECO DRIP LUX“ MChJ
5. “Smart Solution” MCHJ
6. “Silver leafе” MCHJ
Kafedra xodimlari
Sherov Anvar G‘ulomovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
+99871-237-23-57
Gadayev Nodirjon Nosirjonovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Gidromeliorativ tizimlarni modernizatsiyalash
+99871-237-23-57
Gafarova Aziza Israilovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Avtomatik tizimlarni loyihalash
+99871-237-23-57
Durdiyev Normat Hasanovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Irrigatsiya va drenaj muhandisligi
+99871-237-23-57
Xamidova Shaxnoza Muxammadxonovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Meliorativ tizimlardan foydalanish
+99871-237-23-57
Zhaparkulova Yermekkul Dukenovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish
zhakupova.zhanar@kaznaru.edu.kz
+99871-237-23-57
Ubaydillayev Abdusamat Ne'matulla o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Sug’orish tizimlarini loyihalash
+99871-237-23-57
G’ulomov Daulet Karim o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Resurs tejamkor sug’orish texnologiyalari
+99871-237-23-57
Xamrayev Shavkat Raximovich
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlarni modernizatsiyalash
+99871-202-47-01
Amanov Bahodirjon To’xtasinovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik
Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Sug‘oriladigan yerlarda meliorativ monitoring
+99871-237-23-57
Mahzuna Pirnazarova
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda suv mahsuldorligini oshirish
+99890-191-19-97
Mustofoqulova Feruzabonu Bahrom qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda suv mahsuldorligini oshirish
+99833-883-98-99
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish (Magistratura bosqichida) | Magistrlarda gidroavtomatlar turlari, vosita-jihozlari, qurulmalari, nazariy asoslari, yuqori, pastki va aralash b’ef gidroavtomatlar tizimlari, ularga qo‘yiladigan talablar, ijobiy va salbiy tomonlari, gidroavtomatika tizimlaridan foydalanish qoidalari, telemexanika tizimi turlari va ulardan foydalanish, suvdan foydalanish rejalarini gidroavtomatika usullari yordamida joriy etish o‘qitiladi |
| 2 | Gidromeliorativ tizimlarni modernizatsiyalash (Magistratura bosqichida) | Sug‘oriladigan erlar meliorativ monitorinigi va kadastrini modernizatsiyalash, jumladan GIS texnologiyasidan foydalanish va zamonaviy EHM dasturlarini tuzish xamda xar xil tuproq-meliorativ rejimlarini to‘g‘ri o‘rganish, suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasida qo‘llaniladigan turli mahsus avtomat qurilmalari, vosita-jixozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilishi ko‘lami, hisoblash asoslari o‘rgatiladi. |
| 3 | Amaliy gidrometriya (Magistratura bosqichida) | Magistrlarda mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanishda gidrologik ko‘rsatkichlarni o‘lchash xizmati taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etish o‘rgatiladi |
| 4 | Suv resurslari va undan tejamli foydalanish (Magistratura bosqichida) | Mutaxassislarni suv resurslari va ulardan tejamli foydalanish usullari nazariy va amaliy o‘rgatiladi |
| 5 | Meliorativ tizimlardan foydalanish (Magistratura bosqichida) | Sug‘oriladigan yerlardagi melioratsiya tizimlarining ishlashi, turlari, tuzilishi xamda tuproq turiga mos ravishda sug‘orish tizimlarini loyihalashni o‘rganishdan iborat. |
| 6 | Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanishda konsalting hizmati (Magistratura bosqichida) | Sug‘oriladigan yerlardagi melioratsiya tizimlarining ishlash nazariyasi, turlari va tuzilishi xamda ma’lum tuproq-melioratsiya sharoitlari uchun ularni to‘g‘ri loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni o‘rgatishdan iborat. |
| 7 | Meliorativ rejim(Magistratura bosqichida) | Sug’orish meyori, sug’orish ketma-ketligi, tuproq
mexanik tarkibi, o’simlikni suvga bo’gan talabi orgatiladi. Bir vegetatsiya
davrida ma`lum bir sug’orish obyektidagi olib boriladigan meliorativ ishlar
to’liqligicha o’rgatiladi. |
| 8 | Resurstejamkor innovatsion sug’orish texnologiyalari(Magistratura bosqichida) | Turli
xil innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’simlikni sug’orish
jarayonida suv resurslarini iqtisod qilish. Sug`orish tizimlari orasida mavjud
hudud uchun resurstejamkor texnologiyalarni tanlash, ulardan foydalanish va
texnik hizmat ko'rsatishni o`rgatadi, shuningdek har bir sug`orish usullarini
yani tomchilatib, yomg’irlatib, markaziy sug`orish tizimi, diskret sug’orish
tizimlaridan foydalanishni o’rgatadi. |
| 9 | Sug’orish tizimlarini loyihalash | Magistral
kanaldan daladagi sug’orish texnologiyasigachan bo’lgan ketma-ketliklar,
tomchilatib, yomg’irlatib, markaziy pivot va boshqa tizimlarni loyihalash
o’rgatiladi |
| 10 | Irrigatsiya va drenaj | Sug’orish
davrida filtratsiya bo’lgan suv resurslarini drenajlarga yo’naltirish,
drenajlarni loyihalash, hizmat ko’rsatishlarni o’rgatadi. |
| 11 | Suvdan foydalanish rejasi asosida ekinlarni hosildorligini bashorati | Vegetatsiya
davrida suvdan foydalanish rejasini optimallashtirgan holda ekin hosildorligini
oshirishni o’rgatadi. |
| 12 | Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish | Gidropost,
turli xil suv o’lchash qurilmalari va boshqa gidromeliorativ tizimlarni
raqamlashtirish va avtomatlashtirishni o’rgatadi. |
| 13 | Sug`orish tartiblarini matematik modellashtirish | Sug’orish
lozim bo’lgan dalalarni, dalaning ichki qismlari sug’orish ketmaketliklarini
matematik modellashtirishni o’rgatadi. |
| 14 | Meliorativ tizimlardan foydalanish | Sug‘oriladigan yerlardagi melioratsiya tizimlarining ishlashi, turlari, tuzilishi xamda tuproq turiga mos ravishda sug‘orish tizimlarini loyihalashni o‘rganishdan iborat. |
| 15 | Gidromeliorativ tizimlarni loyihalash va boshqarish | Daryo,
Magistral kanal, ichki kanallar va boshqa gidromeliorativ tizimlarni
loyihalash, uni eksplutatsiya qilish, va yillar davomida boshqarishni
o’rgatadi. |
| 16 | Resurstejamkor sug’orish texnologiyalari | Turli xil sug`orish tizimlari orasida mavjud hudud uchun resurstejamkor texnologiyalarni tanlash, ulardan foydalanish va texnik hizmat ko'rsatishni o`rgatadi, shuningdek har bir sug`orish usullarini yani tomchilatib, yomg’irlatib, markaziy sug`orish tizimi, diskret sug’orish tizimlaridan foydalanishni o’rgatadi. |
| 17 | Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish | Sug‘orish va zah qochirish tarmoqlari, gidrotexnika inshootlaridan oqilona
foydalanish turlari, tuproq meliorativ sharoitlari
uchun suvni to‘g‘ri taqsimlash hamda yerlar meliorativ xolatini yaxshilash hisoblari
o‘rganiladi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://hm.tiiame.uz/oz/page/gidromelarativ-tarixi
Kafedra mudiri: Sherov Anvar G‘ulomovich
Qabul kunlari: None