"Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi
Gidrologiya va
gidrogeologiya kafedrasi Respublikamizning suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq muammolarni
hal qilishga ilmiy-innovatsion yechimlar taklif etadi. Kafedra muhandislik
gidrologiyasi, suv omborlaridan foydalanish, yer osti suvlari dinamikasi kabi
fanlar bo‘yicha ta’lim berib, ushbu yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga
ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Kafedra ilmiy tadqiqot institutlari,
jumladan, “Uzbekkosmos” agentligi,
O‘zbekiston suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari bilan hamkorlik qilib,
turli suv obyektlarini loyihalash bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini amalga
oshiradi. Kafedra professor-o‘qituvchilari rivojlangan davlatlarning ilg‘or
universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan bo‘lib, yetuk olimlar bilan
hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shuningdek, mamlakatimizning tegishli
tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalar uchun amaliyot
o‘tash sharoitlari yaratilgan.
Bundan tashqari, bugungi kunda “Gidrologiya” va “Meliorativ gidrogeologiya”
yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavr talabalarini moddiy va ma’naviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uzbekkosmos” agentligi
stipendiyasi joriy etilgan. Hozirda ushbu stipendiyani 4 nafar iqtidorli talaba qo‘lga
kiritgan. Stipendiat talabalar bilan “Uzbekkosmos” agentligi
mutaxassislari muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, bahs-munozaralar
tashkil etadi hamda talabalarning fikrlari bilan tanishadi.
Kafedramiz
tarixi.
“Gidrologiya va gidrogeologiya”
kafedrasi 1987 yilda mustaqil “Gidrogeologiya” va “Gidrologiya va suv oqimlarini
rostlash” kafedralarining qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan. Kafedraning
tarixi 1944 yilda professor D.M. Kats rahbarligida tashkil etilgan
“Gidrogeologiya” kafedrasiga borib taqaladi. Turli yillarda kafedraga professor
D.M. Kats (1944-1958), dotsent M.M. Ivanitsin (1959-1970), O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi muxbir a’zosi professor N.A. Kenesarin (1971-1975), O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor S.Sh. Mirzayev (1975-1979), dotsent X.I.
Valiyev (1979-1980) va dotsent G.U. Yusupov (1981-1987) rahbarlik qilgan.
Kafedraning ilmiy faoliyatida
professor N.A. Kenesarin va professor S.Sh. Mirzayev rahbarligi davrida
sezilarli rivojlanish kuzatilgan bo‘lib, ularning ilmiy ishlari amaliyotga
joriy qilinib, respublika rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan. 1987 yilda
“Gidrogeologiya” va “Gidrologiya va suv oqimlarini rostlash” kafedralari
birlashtirilib, “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi tashkil etilgan.
Uning birinchi mudiri dotsent G.U. Yusupov bo‘lib, u 1987-1988 yillarda
kafedraga rahbarlik qilgan. 1988-1995 yillarda kafedraga Beruniy nomidagi
davlat mukofoti laureati professor S.M. Qosimov, 1995-2005 yillarda dotsent
G.U. Yusupov, 2005-2012 yillarda dotsent D. Nazaraliyev, 2012 yilda dotsent
S.E. Nurjanov, 2012-2014 yillarda A.M. Fatxulloyev, 2015-2020 yillarda dotsent
D.V. Nazaraliyev, 2021-2023 yillarda professor F.A. Gapparov rahbarlik qilgan.
Hozirgi kunda kafedraga dotsent I.M. Ro‘ziyev rahbarlik qilmoqda. Kafedrada
1999 yildan boshlab yuqori malakali bakalavrlar, 2009 yildan boshlab esa
magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Tizimdagi o‘zgarishlar
va innovatsion yo‘nalishlar
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli Farmoni asosida tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasiga muvofiq, davlat ta’lim standartlari yangilanmoqda. Shu munosabat
bilan “Gidrologiya (suv omborlarida)” yo‘nalishi “Gidrologiya (daryo va suv
omborlari gidrologiyasi)” yo‘nalishiga o‘zgartirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi PQ-2954-sonli qaroriga binoan
“Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi.
Kafedra jamoasi o‘zining ilmiy va
ta’limiy faoliyatida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga, respublikada
amalga oshirilayotgan islohotlarga ham faol hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, global
iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini oqilona boshqarish, suv
resurslaridan suv tejamkor texnologiyalar asosida foydalanish, sug‘oriladigan
yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy
asoslarni ishlab chiqish, global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini
tadqiq etish va ularni yumshatish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib bormoqda. Shu bilan birga, talabalar orasida yuksak darajadagi
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalqaro hamkorlik va
ilmiy tadqiqotlar
Kafedraning chet mamlakatlardagi va
respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-loyihalash tashkilotlari hamda
ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi mustahkamlanib bormoqda.
Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar uchun sohaga oid bilimlarni
rivojlantirish va xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish maqsadida muntazam
ravishda xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etilmoqda.
Laboratoriyalarimiz
1. BIO-Blue Mikroskop
2. Ионометр
3. Сушилни шкаф
4. Спектрофотометр
5. Волтамперметр
6. Полевая лаборатория
7.
Метеостанция
8.
Ультразвуковой расходомер
9. Ручной
Пенетрометр, Скважинные Резистивиметр и Термометр
10. Мини
буровая установка на воду
11. Эхолот
12.
Оборудование для исследования прочностных и деформационных
13. Приборы
для измерения набухания, размокания и липкости грунтов
14.
Многопараметрический гидрологический зонд
15.
Гидростатический уровнемер
16.
Портативный измеритель магнитной восприимчивости
17.
Балансирный конус Васильева
18.
Прибор для определения водопроводимости грунта
19. Прибор
для определения угла естественного откоса песков
20. Ручной
буровой комплект геолога
21.
Горно-геологический комплект
22.
Гидрометрическая вертушка
23.
Анализатор минералов и горных руд
24. Полевая
лаборатория
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (Agrobank ATB) tomonidan taklif etilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida texnika fanlari doktori (PhD) A.M. Fatxulloyev ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Shuningdek, “Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi” tomonidan taklif etilgan “Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi Markaziy tarmoq kanali (PK123+0 dan PK200+00 gacha, 7,7 km) uchun xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida texnika fanlari doktori (PhD) F.A. Gapparov ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.

Tadqiqot obyektida dala tadqiqot ishlari.
Ushbu shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlarning umumiy qiymati
1) 706 000 000 (yettiyuzi olti million) so‘mni tashkil etadi.
2) 52 000 000 ( ellik ikki million) so‘mni tashkil etadi.
Xalqaro maqolalar.
1.Gapparov F.A, A mathematical model for predicting the deformation of the hydraulic model of the dynamics of water flow and morphological parameters of the riverbed in small mountain rivers, BIO Web of Conferences, 2024, 105, 01017 https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85192573714&origin=resultslist .
2. Gapparov F.A, The spread and fauna of
orthopterans (Insecta: Orthoptera) in Namangan Region, Uzbekistan.
Biodiversitas journal, 2024 https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85202814344&origin=resultslist
.
3. Fatxulloev A.M, The effect of lining
hydraulic properties on the efficiency and cost of irrigation canal
reconstruction, 2024 doi.org/10.21203/rs.3.rs-3734693/v1, https://www.researchsquare.com/article/rs-3734693/v1
.
4. Nazaraliev D.V, Study on the significance of irrigation
technology for carrot growth, ICESTE 2024, https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85203688522&origin=resultslist
.
5. Akmalov Sh.B., Glacier Changes from
1990 to 2022 in the Aksu River Basin, Western Tien Shan, Remote Sensing, 2024,
16(10), 1751 https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85194144092&origin=resultslist
.
6. Akmalov Sh.B., Оil- bitumum
saturation Mesozoic and cenozoic deposits in central Asia, E3S Web of
Conferences, 2024, 508, 07007 https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85190662783&origin=resultslist
7. Gapparov F.A., Yaxshiev Sh.Sh.,
Journal of Advanced Zoology Volume 44 Issue S-3 Year 2023 Page 955:967, E3S Web
of Conferences 590, 04005 (2024), GI 2024, https://www.ingentaconnect.com/contentone/resinf/opm/2024/00000035/00000002/art00002
.
8. Akmalov Shamshod., Sustainable groundwater regulation in typical
irrigation areas of
inland river
basins based on ecological indicators and the MIKE-SHE hydrological model https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459007004
.
9. Bakhromjon Abdullaev, Some aspects of automation of water
consumption accounting, BIO Web of Conferences 141, 03021 (2024) AGRICULTURAL
SCIENCE 2024 https://doi.org/10.1051/bioconf/202414103021
.
10. Ilkhom
Ruziev, Application of GIS-technologies in studying the hydrogeochemical
zonation of groundwater (on the example of the Navoi region) BIO Web of
Conferences 141, 03021 (2024) AGRICULTURAL SCIENCE 2024 https://doi.org/10.1051/bioconf/202414102014
.
11. Hamroqulov
Jasurjon, Nazaraliev Dilshod , QUANTITATIVE ASSESSMENT OF HYDROLOGICAL REGIME
CHANGES IN THE KUYIMAZAR WATER RESERVOIR, CONMECHYDRO 2023.
12. Fatxulloyev
Alisher, Hamroqulov Jasurjon., Assessment of the Influence of
Ground water Dynamics on the Meliorative Condition of Irrigated Territories on
the Base of GIS. A case study of Karasuv river basin, WEFCLIM
2023.
13. Nazaraliev
Dilshod, Hamroqulov Jasurjon, Jumabayeva Gulnara., QUANTITATIVE ASSESSMENT OF
THE WATER BALANCE AND ITS COMPONENTS OF THE AHANGARAN WATER RESERVOIR , WEFCLIM 2023.
14. Shavkat
Nоrtаev , FEATURES OF THE MIGRATION OF
POLLUTANTS UNDER THE INFLUENCE OF NATURAL AND MAN-MADE FACTORS IN THE
GEOLOGICAL ENVIRONMENT (USING THE EXAMPLE OF THE CHIRCHIK INDUSTRIAL ZONE. CONMECHYDRO 2023.
15. Mansurov
S.R., Impact of climate change on hydrological regime and
water resources of Zeravshan Basin Rivers.. CONMECHYDRO 2023.
16. Mansurov
S.R., STATISTICAL ASSESSMENT OF THE INFLUENCE OF METEOROLOGICAL FACTORS ON THE
FORMATION OF MOUNTAIN RIVERS RUNOFF. CONMECHYDRO
2024.
17. Mansurov S.R. Kodirov S.M.Ochildiev F.I., Climate projections
calculation of The Obizarang River runoff for the future and corrected offsets,
CONMECHYDRO 2023.
18. Nazaraliev
D.V. Efficient Use Of Water Resources In The Aral Sea
Region In The Context Of Global Climate Change And Water Scarcity, CONMECHYDRO
2023.
19. Jumabaeva G.U. NUMERICAL STUDIES IN THE BED OF THE AMUDARYA RIVER AT THE SITE OF THE DAMLESS WATER INTAKE FOR WATER INTAKE INTO THE KARSHI MAIN CANAL. CONMECHYDRO 2023.
20. Ochildiev.F.I. Features of composition of ore minerals of the taushan deposit (Kuldzhuktau Mountains), CONMECHYDRO 2023.
Xalqaro hamkorlarimiz.
1. Shimoli-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik
universiteti (Xitoy)
2. Germaniya Yer
tadqiqotlari ilmiy markazi (GFZ-Potsdam, Germaniya)
3. K.I.Satpaev nomidagi Qozog‘iston Milliy texnika
tadqiqot universiteti. (Qozog’iston).
Mahalliy hamkorlarimiz.
1. Mirzu Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy
universiteti.
2. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
3. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
4. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi.
Kafedra xodimlari
Roʻziyev Ilxom Maxmudovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sug’oriladigan yerlarda gidrogeologik, meliorativ monitoring qilish va GAT texnologiyalari asosida takomillashtirish.
+99871-237-09-71
Gapparov Furqat Axtamovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:Suv omborlaridan foydalanishning gidravlik va gidrologik rejimini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Suv omborlari gidrologiyasi, Suv omborlaridan foydalanish, Meliorativ gidrologiya, Gidrografiya.
+99871-237-09-71
Fatxullaev Alisher Mirzatillaevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarida oqim harakati dinamikasi.
Dars beradigan fanlar: Injenerlik gidrologiyasi, Ekspluatatsion gidrometriya, Gidrometriya.
+99871-237-09-71
Nurjanov Satbay Yeshjanovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sholini sug‘orish rejimini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Geologiya va gidrogeologiya, Meliorativ gidrogeologiya, Yer osti suvlar zaxiralari va ularning muhofazasi.
+99871-237-09-71
Kattaqulov Farrux Sayfullayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Iqlim o‘zgarishining Amudaryo havzasidagi gidrotexnik inshootlar kaskadi ekspluatatsion rejimiga ta’sirini baholash
Dars beradigan fanlar: Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi, Geologiya va geomorfologiya.
+99871-237-09-71
Qodirov Sobirjon Mamadiyorovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Chotqol daryosining gidrologik xususiyatlarini o'ziga xosligi.
Dars beradigan fanlar: Iqlimshunoslik, Gidrometriya, Quruqlik gidrologiyasi.
+99871-237-09-71
Mansurov Safar Rahmonqulovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Mavsumiy boshqariluvchi suv omborlari foydali xajmining o‘zgarishini aniqlash usullarini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Injenerlik geologiyasi va gidrologiyasi, Quruqlik gidrologiyasi, Suv omborlaridan foydalanish.
+99871-237-09-71
Jumabayeva Gulnora Usmanbayevna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tog‘ daryolari muallaq oqiziqlarining genetik tahlili va ularni hisoblash usullarini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Quruqlik gidrologiyasi, Gidrometriya, Gidrologiyaga kirish.
+99890-315-18-94
Hamroqulov Jasurjon Sayli o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sug‘oriladigan maydonlarda daryo gidrologik rejimining yer osti suvlariga ta’sirini baholash (qorasuv daryosi misolida).
Dars beradigan fanlar: Suv omborlari gidrologiyasi, Gidrometriya.
+998 93 704-46-46
Nazaraliev Dilshod Valijonovich,
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O‘zbekiston hududida sel hodisalarini shakllanishini ilmiy asoslari.
Dars beradigan fanlar: Quruqlik gidrologiyasi, Gidrometriya, Gidrologiyaga kirish.
+99871-237-09-71
Yaxshiyev Shohzod Sheraliyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv omborlarida bo‘ladigan filtratsiyaning inshootlarga ta’sirini baholash.
+99871-237-09-71
Nortayev Shavkat Gulom o‘gli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Daryo xavzalarining quyi qismidagi yer usti suvlarining yer osti suvlariga ta’sirini baholash.
Dars beradigan fanlar: Geologiya va gidrogeologiya, Meliorativ gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi.
+99871-237-09-71
Ochildiyev Feruz Ikrom o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv omborlaridan kompleks maqsadlarda foydalanishdagi ish rejimini takomillashtirish.
+99871-237-09-71
Akmalov Shamshodbek Baxtiyarovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Daryolarning gidravlik va gidrologik monitoringidagi geoaxborot texnologiyalari.
Dars beradigan fanlar: Gidrologiyada GAT, Gidrologiyada dasturiy ta’minot, Injenerlik gidrologiyasi.
+99871-237-09-71
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Global iqlim va suv ta’minoti(magistratura) | Global
iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri, iqlimning uzoq yillik
prognozlari, iqlim va gidrologik jarayonlarni modellashtirish. |
| 2 | Injenerlik gidrologiyasi(magistratura) | “Gidrologiya”
mazmuni, predmeti va metodi, tabiatda suvning aylanishi, daryo xavzasi,
suv sathi, oqim tezligi, suv
sarfi,
gidrologik tavsiflar, daryolarning
yillik oqimi,
oqim hajmini rostlash, suv omborining loyqa bosishi. |
| 3 | Meliorativ gidrogeologiya(magistratura) | Meliorativ
gidrogeologiya fani, mazmuni, soxalari, rivojlanish tarixi, melioratsiya kilinadigan yerlarda tarqalgan sizot va osma sizot suvlari,
sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik-meliorativ jarayonlarning
o‘ziga xosligi. |
| 4 | Regional gidrogeologiya | Suvli
qatlamlardagi suvning harakatini, laminar, turbulent, barqaror va barqaror
bo‘lmagan harakati, quduqlarning turlari va ularni hisoblash, yer osti suvi
oqimlarining gidrodinamik xususiyatlarini, bir xil jinsli qatlamlarda yer osti
suvlarining barqaror harakati, har xil jinsli qatlamlarda yer osti suvlarining
barqaror harakati, har xil litologik sharoitlarda er osti suvlarni dimlanishi,
suv ombori va gidrotexnik inshootlaridan bo‘ladigan yer osti suvlarining
harakati, suv oluvchi inshootlarga yer osti suvlarining harakati o‘rganadi. |
| 5 | Yer osti suvlari dinamikasi | Suvli
qatlamlardagi suvning harakatini, laminar, turbulent, barqaror va barqaror
bo‘lmagan harakati, quduqlarning turlari va ularni hisoblash, yer osti suvi
oqimlarining gidrodinamik xususiyatlarini, bir xil jinsli qatlamlarda yer osti
suvlarining barqaror harakati, har xil jinsli qatlamlarda yer osti suvlarining
barqaror harakati, har xil litologik sharoitlarda er osti suvlarni dimlanishi,
suv ombori va gidrotexnik inshootlaridan bo‘ladigan yer osti suvlarining
harakati, suv oluvchi inshootlarga yer osti suvlarining harakati o‘rganadi. |
| 6 | Burg‘ilash ishlari va suv olish qudug‘idan foydalanish | Geologik
va gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xos tomonlari, burg‘ilash
usullari, burg‘ilash ishlarini tashkil qilish va loyixalash, yer osti suv
oqimlarini baholashning sanoqli usullari, gidrogeologik sharoitlar
o‘zgarishining bashorati, burg‘i qudug‘ining ishdan chiqishi va yomon ishlash
sabablari, suvli qatlam va yer osti suv oqimlarining gidrogeologik o‘lchamlari,
mustahkamlovchi quvurlar standartlari va ularning asosiy o‘lchamlari,
burg‘ilash jarayonida gidrogeologik kuzatuvlar, tadqiqotlar va geologik izlanishlarni
olib borish, izlanish natijalarini tahlil qilish va undan foydalanish. |
| 7 | Ekspluatatsion gidrometriya | Sug‘orish
tarmoqlarida suvni hisobga olish va boshqarish, sug‘orishga mo‘ljallangan suv miqdorlarini
iste’molchilarga va ularni guruhlari orasida to‘g‘ri taqsimlashda tizimdagi
kanallarda suv sarfini o‘lchash va boshqarish, kanallarni va suv o‘lchash
qurilmalarni belgilangan texnik talablar asosida foydalanishni ta’minlash,
kanallarda sodir bo‘ladigan suv isroflarini va tizimni foydali ish
koeffitsientini aniqlash uchun dastlabki gidrometrik kuzatuvlarni amalga
oshirish va ma’lumotlarini qayta ishlash hamda tahlil qilish |
| 8 | O‘rta Osiyo gidrografiyasi | Markaziy
Osiyo gidrografiyasi bo‘yicha ilk tadqiqotlarni, Gidrologiya fanining tarkibiy
qismi bo‘lgan gidrografiyani suv manbalari va tabiatdagi suvlarni tarqalish
qonunlarini o‘rganishdagi ahamiyatini, O‘rta Osiyo gidrografiyasini
suv xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga bevosita ta’sirini, O‘rta Osiyo
daryolarining to‘yinish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, taxlil
qilish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. |
| 9 | Daryolar, ko‘llar va muzliklar gidrologiyasi |
Ko‘llar, daryolarlarning gidrologik rejimi, ko‘llarning suv balansi, oqim kirishi, chiqishi, ko‘llardan suv yo‘qotish, ko‘llarning suv sathi rejimi, suv sathining davriy va nodavriy o‘zgarishi, unga mavsumiy ta’sirlar, ko‘llarning harorat rejimi, muzlash va erish jarayoni, ko‘llarda suvning harakati, to‘lqinlar, suv massalari oqimi, suv ko‘tarilishi va pasayishi hodisalari, muzliklarning paydo bo‘lishi va ularning turlari |
| 10 | Daryolar gidrologiyasi | Daryolarning
gidrologik xususiyatlari, daryolarni suv rejimi, suv sathi, suv sarfi, harorat,
muzlash va gidrokimyoviy rejimlari, ularga ta’sir etuvchi omillar, rejim
elementlari va ular o‘zgarishlari, to‘yinish manbalari, daryolarining to‘yinish
tavsiflari, daryolarning yillik oqimi, yillik oqimning hosil bo‘lishi omillari,
yillik oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, daryo oqimining miqdoriy
ko‘rsatgichlari, daryolarning maksimal oqimi, maksimal oqimni hisoblash
usullari, maksimal suv sarflari ta’minlanganlik egri chizig‘i parametrlarini
aniqlash, eng yuqori maksimal suv sarflarini hisobga olish kabi masalalarni
qamrab oladi. |
| 11 | Suv omborlari gidrologiyasi | Suv
resurslarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan unumli foydalanishni, suv
o‘lchash postlarining turlari, jixozlanishi va tuzilishini, suv manbalarining
gidrologik rejimi elementlarini-suv sathi, suvning oqish tezligi, suv sarfi,
loyqa oqiziqlar sarfini aniqlash usullari va texnika vositalardan foydalanishni
biladigan va mavjud ma’lumotlarni taxlil qilish. |
| 12 | Suv omborlaridan foydalanish | Suv
omborlari asosiy xususiyatlari, suv omborlaridan ishonchli foydalanishning
asosiy shartlari, suv omborlari gidrouzellaridan foydalanish, ularni
loyihalashtirish, zamonaviy konstruksiyalari va hisoblashning nazariy asoslash |
| 13 | Injenerlik geologiyasi, gidrologiya | Injener-geologik
sharoitlarni katta maydonda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, turli geologik
jarayon va hodisalarni o‘rgatiladi. Daryo oqimini hosil bo‘lish omillari, daryo,
ko‘l va suv omborlarining rejimi, suv manbalari va suv havzalarining asosiy
gidrologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash. |
| 14 | Gidrometriya | Gidrotexnik
inshootlar, qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi va gidromeliorativ tizimlar
ekspluatatsiyasi, suv xo‘jaligi menejmenti va ekspluatatsiyasi, suv bilan
ta’minlash, suvdan (kompleks) foydalanish, gidromeliorativ ishlar texnologiyasi. |
| 15 | Quruqlik gidrologiyasi | Suv
resurslaridan samarali foydalanishni, tabiatdagi suvlarning muvozanatini,
suvning tabiiy va kimyoviy xossalari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, daryolar
oqimini hosil bo‘lish omillari, yer osti suvlari, muzliklarning gidrologik
rejimini |
| 16 | Injenerlik gidrologiyasi | Suv
resurslaridan unumli foydalanishi, daryo oqimini hisoblash va tadqiqot
etishning statistik usullari, gidrologik miqdorning ta’minlanganligi, hisobli
suv sarfini aniqlash, taqsimlanish egri chiziqlari va ularning parametrlari,
gidrologik ma’lumotlar mavjudligida, yetarli bo‘lmaganda va umuman bo‘lmaganda
yillik oqim maksimal va minimal suv sarflarini hisoblashni va natijalarni
taxlil qilish. |
| 17 | Iqlimshunoslik | Suv resurslariga ta’sir etuvchi iqlimiy
omillarni, iqlimning eng muhim elementlari,
ob-havoning xavfli, hodisalari, iqlim resurslari iqlimning o‘zgarishini
bilishni va ularni aniqlash |
| 18 | Geologiya,gidrogeologiya va ingenerlik geologiyasi | Erning
tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi va unda sodir bo‘ladigan turli geologok
jarayon va xodisalarni hamda minerallar va tog‘ jinslari, yer osti suvlarining
paydo bo‘lishi, joylanish shart-sharoitlari o‘rgatiladi. |
| 19 | Meliorativ gidrogeologiya | Yerning
tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi, yer osti suvlarini sug‘oriladigan,
sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yerlarda o‘tkaziladigan meliorativ tadbirlarni
gidrogeologik jihatdan asoslash. |
| 20 | Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi | Injener-geologik
sharoitlarni katta maydonda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, turli geologik
jarayon va hodisalarni o‘rgatiladi. |
| 21 | Geologiya va gidrogeologiya | Erning
tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi va unda sodir bo‘ladigan turli geologok
jarayon va xodisalarni hamda minerallar va tog‘ jinslari, yer osti suvlarining
paydo bo‘lishi, joylanish shart-sharoitlari o‘rgatiladi. |
| 22 | Gidrologiya | Gidrologik
tadqiqotlar va kuzatuvlarni tashkil etish, suv manbalari shakl va o‘lcham
ko‘rsatkichlarini taxlil qilish va baholash, suv ob’ektlarining
gidrologik rejimini tahlil qilish va baholash, suv ob’ektlariga ta’sir etuvchi
omillarni baholash, zamonaviy gidrologik asbob va qurilmalarni ishlatish,
gidrologik usullarni qo‘llash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://hm.tiiame.uz/oz/page/gidrologiya-tarixi
Kafedra mudiri: Roʻziyev Ilxom Maxmudovich
Qabul kunlari: None