TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2024

15- may - "Xalqaro oila kuni"

Joriy yilning 15-may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova mas'ulligida 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila - ma'naviyat va qadriyat beshigi"mavzusida ma'naviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Ra'no Kodirova, ocha turib jumladan shunday dedilar. Oila – har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Maʼlumki, 15-may kuni jahon miqyosida Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib kelinmoqda.

Darhaqiqat, Oila- jamiyatning asosiy tarbiya makonidir. Milliy istiqlol tushunchasini, avvalo, insonlar qalbi va ongiga singdirish ham oiladan boshlanadi. O'zbek oilasining o'ziga xosligi, fayzu barokatga boyligi, unda o'sib- ungan farzandlarning komil inson bo‘lib kamolga yetishi, xalqimizning azaldan bizga meros qadriyatlarning e'zozlanayotgani quvonarlidir. Oilalar go'zalligi - yurtimiz iftixoridir deb ta'kidladilar. Shundan so'ng tadbir mehmonlari "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi katta o'qituvchisi Tolipova Dilfuza va shu kafedra o'qituvchisi Maxmudova Nargizalar ham Oila - muqaddas ekanini hayotiy misollar bilan tushuntirdilar. Tadbir qizg'in savol-javoblar bilan davom etib, talabalarimiz Oila- hayot ko'zgusi ekanini anglagan holda qalblarida o'z oilalariga nisbatan buyuk muhabbat, mehr-oqibat va ezgulik tuyg'ulari jo'sh urdi.

Tadbir sermazmun, foydali, quvnoq o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati