Barqaror rivojlanish maqsadlari xalqaro talabalar olimpiadasi
16.05.2025
Hurmatli talabalar!
Sizlarni 2025-yilda o‘tkaziladigan
“Barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro talabalar olimpiadasiga taklif qilamiz!
"Kelajak uchun barqaror yechimlarni izlayotgan bo‘lsangiz – olimpiadaga qo‘shiling!"
Olimpiada yo‘nalishlari quyidagi ustuvor SDG (ЦУР) maqsadlariga asoslanadi:
- - Ratsional ishlab chiqarish va iste’mol, innovatsion infratuzilmalar
- - Iqlim o‘zgarishiga moslashuv va yumshatish strategiyalari
- - Suv va yer resurslarini integratsiyalashgan boshqaruv
- - Yer ekotizimlari va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish
Ushbu olimpiadada ekologiya, suv resurslari, energetika, texnika, xalqaro huquq va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🗓 Olimpiada sanalari: 2025-yil 5–6-iyun
🌐 O‘tkazilish shakli: To‘liq onlayn (Zoom platformasida)
📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 27-maygacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/fWezpwxsb46qVmFJ7
(Sho‘ba yetakchilari orqali ham tarqatiladi)
🏆 Olimpiada g‘oliblari quyidagi mukofotlarni qo‘lga kiritadilar:
- - Arol dengizi bo‘yidagi Yozgi maktabda bepul ishtirok (Kazakhstan, 14–25 avgust 2025)
- - GIZ ko‘magida onlayn trening: “Iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish”
- - Ilmiy maqola yozish bo‘yicha bepul kurs
- - Sertifikatlar, DKU dasturlarida ustuvor ishtirok va xalqaro akademik imkoniyatlar
📩 Savollar bo‘yicha bog‘lanish:
✉️ genina@dku.kz (Mariya Genina – Barqaror universitetlar va yashil biznes bo‘yicha menejer)
✉️ eml@dku.kz (Karina Ibragimova – Atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha mutaxassis)
➡️ To‘liq ma’lumotlarni ushbu link https://disk.yandex.uz/i/oTZHAEpgTitGHg orqali bilib olishingiz mumkin.