E'lonlar

15.05.2024

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi

Diqqat! Hurmatli talabalar va magistrantlar, 2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, Navoiy I.Karimov)ga  tanlov boshlanganini ma‘lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga barcha baxolari 5 a'lo bo‘lgan 3-bosqich bakalavriat (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 1-bosqich magistrlar;

Nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, Navoiy, I.Karimov)ga baxolari ko‘pi 25% yaxshi (4) qolgani a'lo (5) 2-3 bosqich bakalavriat talabalari hujjat topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish talab qilinadi:

  • a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
  • kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
  • tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (MDX mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni, Informatika va AT hamda O‘zbekiston tarixini bilish.

Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar joriy yil 15-maydan 25-maygacha (shu kuni ham qabul qilinadi) quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Ro'yxatdan o'tish 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Reyting daftarchasi (transcript);
  • Tavsiyanomalar (kafedra mudiri; dekan va boshqalardan);
  • Ijodiy ishlar (badiiy asarlar, risola, sh'eriy to'plamlar, xo'jalik shartnomalar va grandlarda ishtirok (agar mavjud bo'lsa));
  • Chop etilgan maqolalarning ro'yxati 3x4 shakl:;
  • Chop etilgan maqolalarning elektron nusxalari;
  • Sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar;
  • Shaxsiy ma'lumotlar (Ma'lumotnoma (namuna), pasport yoki ID va b.);
  • Ilmiy rahbar xulosasi (ilmiy mavzu uchun);
  • Kafedra xulosasi (ilmiy mavzu uchun);

Barcha hujjatlar alohida jild(papka)ga, stipendiya nomi va talabgor FISH yozilgan elektron jild (papka)da taqdim etiladi. Hujjatlar joriy yil 25-maydan 10-iyungacha qabul qilinadi.

DIQQAT!!! Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar joriy yil 15-maydan 25-maygacha (shu kuni ham qabul qilinadi) quyidagi link (https://forms.yandex.ru/cloud/6644584dd04688f97d3b3ac1/) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Ro'yxatdan o'tish

Batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. NIZOM  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalar (Beruniy, Navoiy, I.Karimov)ga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @TIQXMMI_IQTIDOR ga yoki 93-575-73-53 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.