E'lonlar

15.05.2024

Maʼnaviy barkamol yoshlar yangi O'zbekiston bunyodkori xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Maʼnaviy barkamol yoshlar yangi O'zbekiston bunyodkori xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

ANJUMAN HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 19-yanvardagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan “2023/2024 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasi”ga muvofiq 2024-yil 16-may kuni “Maʼnaviy barkamol yoshlar yangi Oʻzbekiston bunyodkori” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, Fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu nufuzli anjumanga barchangizni taklif qilamiz!

Anjuman oʻtkazilish joyi va vaqti: 2024-yil 16-may kuni, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, (onlayn va offline formatda).

Anjumanga maqolalar qabulining soʻnggi kuni: 2024-yil 10-may.

Anjuman tili: oʻzbek, rus, ingliz.

Anjumanning maqsadi: Oʻzbekistonning maʼnaviy barkamol yoshlarini oʻstirish, ularga intellektual va jamiyatga foydali boʻlgan koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yangi Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot yoʻnalishlariga bagʻishlangan ilmiy va amaliy ishlarni oʻrganish, oʻzlashtirish va ularga dastlabki faoliyat yillarida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish va yechim topish uchun koʻmaklashish. Shunga koʻra, Oʻzbekistonning maʼnaviy barkamol yoshlarini yangiliklarga, yangi tajribalarga, va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qilishlari uchun yuqori malakaga ega boʻlgan insonlarni yaratishni maqsad qiladi.

ANJUMAN TASHKILOTCHILARI

  • OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
  • TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʻJALIGI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTIMILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
  • TALABA VA OʼQUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH MARKAZI
  • OʼZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI
  • “SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI

ANJUMAN SHOʻBALARI

  1. Yangi Oʻzbekiston islohotlari – barkamol avlodni tarbiyalash omili.
  2. Maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashning samarali yoʻllari va innovatsion texnologiyalari.
  3. Mediamakondagi yangilanish jarayonlari va tahdidga bardosh avlodni tarbiyalashning dolzarb vazifalari.

Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2024-yil 10-mayga qadar @Science_inno1 (+998 993319654) telegram profili orqali qabul qilinadi. Xorijlik mualliflar maqolalari info@scientists.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi va bepul nashr qilinadi. Har bir maqola va tezis uchun mahalliy ishtirokchilar uchun 200 000 soʻm toʻlov olinadi. Toʻlovlar 9860040104873951 (Raxmatullayeva Gulirano) plastik kartasiga amalga oshiriladi. Toʻlovdan keyin chekni yuborishingizni soʻraymiz.

ANJUMAN MATERIALLARIGA QОʼYILADIGAN TALABLAR

Maqolada kоʼtarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, maʼlumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bоʼlishi kerak.

Rasmiylashtirishga qоʼyiladigan talablar:

  • Annotatsiya va kalit soʻzlar koʻrsatib oʻtilishi lozim (uch tilda);
  • Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan
  • 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak;
  • Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlcham, 1,15 intervalda va 3-6 betdan iborat boʻlishi lozim.

Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Cyberleninka xalqaro bazalariga, scientists.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi. Har bir maqola muallifi uchun alohida DOI raqam olinadi. Har bir muallifga elektron shaklda sertifikat, indekslanganlik maʼlumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. Konferensiya materiallari toʻplam holatda elektron va bosma nashr etiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Qori Niyoziy koʻchasi, 39. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Masʼul: Choriyev Roʻzimurod Kungratovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori, pedagogika fanlari doktori,professor.

https://t.me/ilovetiiame/15541