TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2024

“Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

Joriy yilning 27-aprel kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida 3-talabalar turar joyida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari oʻrtasida “Zakovat”  intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Ushbu intellektual oʻyin qizlarning bilim salohiyati va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida 3-talabalar turar joyi kutubxonasida boʻlib oʻtdi. Oʻyinda jamoalar tarkibi fakultetdagi kurslar boʻyicha har bir jamoadan 5 nafar ishtrokchidan tuzildi. Unga koʻra 1-kurslardan tashkil topgan “Spring Flowers” jamoasi, 2-kurslardan tashkil topgan “Beautifuls” jamoasi hamda 3-kurslardan tashkil topgan “Ladys” jamoalari oʻzaro bellashdilar.  

Hakamlar hayati  sifatida  Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Buxorov, xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva, tyutter B.Abdullayevlar qatnashishdi.

Oʻyin qoidalariga koʻra, har uchchala jamoaga jami 12 ta savol berildi. Jamoalar ballari juriy a’zolari tomonidan toʻgʻri berilgan javoblarga koʻra hisoblab chiqildi. Oʻyinni ochiq va shaffof oʻtkazish, jamoalarni kuzatib turish maqsadida, betaraf nazoratchilar tanlab olindi. Ishtirokchilarga xar bir savol uchun 1 daqiqadan vaqt ajratib berildi. Oʻyin yakunida xamma ballar hisoblab chiqilib,  jamoalarga oʻrinlar berildi.

Oʻyin natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni “Spring Flowers” jamoasi, ikkinchi oʻrinni “Ladys” jamoasi va uchunchi oʻrinni “Beautifuls” jamoalari egalladilar.

Oʻyin yakunida fakultet dekan oʻrinbosari soʻzga chiqib, ishtirokchilarning zukkoligi va epchilligi, u yoki bu holatni baholash, ularni katta qiziqish va hayajon bilan baxslashishi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirdi. Ularning ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirib, yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

Oʻtkazilgan oʻyinda talaba-qizlar oʻzlarining intellektual salohiyatlarini yanada oshirishlari, koʻproq oʻz ustida ishlashi, badiiy kitoblar mutolaa qilishlari borasida ushbu oʻyin ularga motivasiya berganligini aytib oʻtishdi.

“Zakovat” intellektual oʻyini talabalarga manzur boʻlib, keyingi bosqichlari universitetdagi fakultetlar miqyosida oʻtkazilishi toʻgʻrisida takliflarini bildirishdi.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboeva axboroti 

Universitet matbuot xizmati