E'lonlar

13.05.2024

Norqulov Behzod Eshmirzayevichning texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiya ishining ilmiy seminardagi muhokamasi to‘g‘risida

Norqulov Behzod Eshmirzayevichning 05.09.07- “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligida “O‘zani yengil yuviluvchan daryolarda oqimning beqaror xarakatini hisoblash usullarini ilmiy va eksperimental takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining ilmiy seminardagi muhokamasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarda 2024-yilning 17-may kuni kuni soat 14-00 dagi 11-bino Ilmiy kengashlar zalida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Barchangizni ushbu Ilmiy Seminarga taklif etamiz.