TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

Shonli tarix - Jonli tarix

“TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti  “Ingliz tili” kafedrasi katta о‘qituvchisi Baxtigul Isaqulova rahbarligida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 102-guruh talabalari “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar ushbu muzey haqida o‘zlari bilgan va o'rgangan ma’lumotlarni ingliz tilida so‘zlab berdilar va bu o‘z navbatida muzeyga tashrif buyurgan jajji mehmonlarning diqqatini tortdi.

Talabalar muzeydagi eksponatlar bilan tanishdilar va ikkinchi jahon urushi davridagi hayot tarzi haqidagi kechinmalari haqida ingliz tilida o‘zaro davra suhbati qurdilar.

Dastur yakunida "G‘alaba bog‘i"dagi 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlangan tadbir namoyishini tomosha qilishdi.

“Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Isaqulova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati