TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Xalqaro hamkorlikning yuksalishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 18 may sanasida “Gidravlika va girdoinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, markazlar va ilmiy tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish va doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yish orqali kafedra faoliyatida ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro darajaga yetkazish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining “Xinjiang ekologiya va geografiya instituti”dan professor Li Lanhai va “Geografiya fanlari va tabiiy resurslarni tadqiq etish instituti”dan professor Luo Yilarni uiversitetimizga taklif etgan holda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar magistrantlar va “Evrika” to‘garagi iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Xitoylik professorlarga hozirda kafedrada olib borilayotgan ta’lim, ilmiy tadqiqot va halqaro hamkorlilarda olib borilayotgan ishlar va erishilhan natijalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yuqori darajada tashkil etilgan uchrashuvda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida xalqaro tashabbuslar, xalqaro stipendiyalar, grantlar, magistratura va doktoranturada akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, suv xo‘jaligi sohasida qo‘llanayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar to‘g‘risida seminar-treninglar, qo‘shma dasturlar va shu kabi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alar topshirilib universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Universitet matbuot xizmati