Kilichov Sh

Bo’lim boshlig’g’i –

Kilichov Sharafiddin Mirzayevich

Тел. 237-19-24, 322-09-34

Тoshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti «Axborot texnologiyalar markazi o’z faoliyatini 1993-yilda boshlagan. Markazga 1993 yildan 1998 yilgacha dotsent Yo.Хoliyorov rahbarlik қilgan. 1998 yildan bugungi kungacha Sh.Qilichov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunga institutda 798 komputer mavjud, kompyuter sinflari soni 18 tani tashkil qiladi.

AT2
AT4

Kompyuter xonalarida asosan talabalarimizga Axborot texnologiyalar kafedrasi, Chizma geometriya va muxandislik grafikasi kafedrasi, Yerdan foydalanish kafedrasi, Geodeziya va geoinformatika kafedralari tomonidan o’tiladigan fanlarda, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarini kompyuter sinflarida olib borishmoqda. Bundan tashqari talabalarning bilim saviyasini aniqlash maqsadida test topshiriqlari bajarilib boriladi.

AT3
ATB1

Тalabalarimizga zamonaviy kompyuterlardan samarali  foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

 

Bo’limning asosiy vazifalari

  1. Institutda kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va qo’llab-quvvatlash.
  2. Institutdagi barcha kompyuter texnikalariga texnik xizmati ko’rsatish.
  3. Kompyuterlarni standart dasturlar bilan ta’minlash.
  4. Institut lokal tizimini rivojlantirish va xizmat ko’rsatish.
  5. O’qitish jarayoniga o’quv bo’limi bilan xamkorlikda zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish.
  6. Institut professor-o’qituvchilari, aspirantlar va talabalariga Internet tarmog’i va milliy-ta’lim tarmoqlariga kirish imkoniyatlarini ta’minlab berish.
  7. O’quv jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib olib borilishiga amaliy yordam berish.
  8. Institut miqyosida bo’ladigan tadbirlarda axborot texnologiyalarini tadbiq etish.

 

Asosiy funksiyalari:

  1. Institutni zamonaviy kompyuter texnikalari va tarmoq qurilmalari bilan jihozlashga talablar bo’yicha talabnomalar tayorlash.
  2. Institutni axborot tizimini yaratish  va qo’llab-quvvatlash;
  3. Professor-o’qituvchilar, aspirantlar va talabalarni  axborot-kommunikatsion resurslar bilan ta’minlash;
  4. Kompyuter sinflari yaratishga ko’maklashish.
  5. Institut kompyuter texnikalarining dasturiy ta’minotini doimiy ravishda ta’minlash;
  6. Ekspluatatsiya qilinayotgan kompyuter texnikalarining nazoratini amalga oshiradi;
  7. Тashqi tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan texnik xizmat va ta’mirlash  ishlarini nazoratini olib borish;
  8. Institut tomonidan olinadigan yangi kompyuter texnikalarining texnik imko­niyatlarini aniqlashni amalga oshirish.

[:]