O’ktam Umurzoqov  Pardayevich
(Iqtisodiyot fanlari doktori, professor)
(+998 71) 237-46-68
 rektor@tiim.uz
O’ktam Umurzoqov Pardayevich ko’p yillardan beri  institutimizda o’z ish faoliyati davomida institutimizning rivojlanishi uchun ulkan hisssalarini qo’shib kelmoqda.  1974-yildan 1977-yilgacha Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Institutini “Mashinalar puxtaligi va remonti”  kafedrasi kichik ilmiy xodimi, 1977-1980-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti  Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1980-1990-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi assistenti, 1990-1992-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti Malaka oshirish fakulteti dekani, 1992-1996-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari tayyorlash markazi prorektori, 1996-1999-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani,  1999-2004-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Institutining Ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha prorektori, 2004-2011-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutining O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, 2011-2013-yillarda esa Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutining O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor, rektor vazifasini bajaruvchi, 2013-yildan xozirga qadar Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutining “Suv xo’jaligi iqtisodi” kafedrasi professori bo’lib ishlab kelmoqda.