2019 yil 22-23 aprel kunlari Xalqaro yer kuniga bagʻishlanib oʻtkaziladigan “Yer resurslarini boshqarish va muhofaza qilishda innovatsion yondoshuvlar: muammo va kreativ yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

2019 yil 22-23 aprel kunlari Xalqaro yer kuniga bagʻishlanib oʻtkaziladigan “Yer resurslarini boshqarish va muhofaza qilishda innovatsion yondoshuvlar: muammo va kreativ yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

AXBOROT XATI

Anjumanning asosiy maqsadi: Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish va muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish tajribalarini umumlashtirish asosida kreativ yechimlarni aniqlash yoʻllari va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Anjumanda quyidagi ilmiy yoʻnalishlarda ish olib boriladi:

Rasmiylashtirishiga oid talablar: Matn oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Taqdim qilinadigan material annotatsiya, matn, jadval, rasm va foydalanilgan adabiyotlar ruyxati bilan 5 betgacha boʻlishi, A-4 oʻlchamli oq qogʻozda toʻliq sahifalanib, Word 2003 taxrirlagichda Times New Roman 12 shriftida 1,0 intervalda puxta taxrirlangan holda tayyorlanishi kerak. Elektron shakli bilan (USB-fleshkada) taqdim etiladi. Matn oʻng tomondan 2,2 sm, chap tomondan 2,3 sm, yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm xoshiya qoldirib tayyorlanadi.

Maʼruza sarlavhasi katta harflar bilan markazlashgan holda qoraytirib yoziladi, keyingi qatorga muallif(lar)ning F.I.Sh. ish joyi koʻrsatiladi. Soʻngra bir interval tashlab mavzuning annotatsiyasi, keyin asosiy maqsadi beriladi va yana bir interval tashlab asosiy matn joylashtiriladi.

Maqolalar ekspertiza dalolatnomasi toʻldirilgan holda 2019 yilning 10 aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Tashkiliy qoʻmita manzili: 100000 Toshkent sh., Yunusobod tumani, Xalqobod 2 tor koʻchasi, 4 uy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. Yer resurslarini boshqarish fakulteti. Tel: (71) 234-88-15, (71) 234-02-57.

Elektron manzil: info_confyrb@umail.uz