Konferensiyalar

AXBOROT XATI

Sug‘orma dehonchilikda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman

24-25 noyabr 2017 yil. Toshkent shahri

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida “Sug‘orma dehonchilikda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2017 yil 24-25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchilari:

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti qoshidagi

qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti

Konferensiyaning maqsadi va vazifalari: Suv resurslarini hisobga olish, oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muammolari bo‘yicha ma’lumotlar va bilimlarning samarali almashinuvini tashkil etish va muammoning barqaror yechimiga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning yo‘nalishlari:

  1. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash: muammolar va yechimlar
  2. Suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan samarali foydalanish
  3. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
  4. Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish masalalari va ulardan samarali foydalanish muammolari
  5. Qishloq va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish: muammolar va yechimlar
  6. Yer va suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
  7. Suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy - pedagog kadrlarni tayyorlash

Mualliflar uchun ma’lumotlar:

Konferensiyaga taqdim qilingan maqolalar matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan bo‘lib, ular 5 betdan oshmasligi kerak. Matn “Microsoft Word” dasturida (Times New Roman) 14 shriftida terilgan va puxta taxrir qilingan bo‘lishi shart.

Matn standart bichimidagi (210 x 297) sifatli oq qog‘ozda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi lozim. Sahifalarning yuqori qismidan 2,5 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm va pastdan 2 sm hoshiya qoldiriladi. Maqola mavzusi bosh harflar bilan matn boshlanishida yoziladi. So‘ngra pastki qatorning o‘rtasidan muallifning ismi-sharifi va ish joyi ko‘rsatiladi. Mualliflar maqolaning elektron faylni o‘zlarining ismi-sharifi bilan nomlashlari lozim. Konferensiya mavzusiga bevosita tegishli bo‘lmagan maqolalar qabul qilinmaydi va egasiga qaytarib yuborilmaydi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni yuqoridagi talablarga muvofiq tayyorlab, 2017 yilning 1-noyabrigacha tashkiliy qo‘mitaning manziliga matn ko‘rinishida (2 nusxada) va disk variantida hamda elektron pochtasiga yetkazish so‘raladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent sh., K. Niyoziy 39, B.Suvanovga. Tel: (+998-71) 237-19-56, 237-19-80, (+998-90)- 975-55-49

E-mail: gmelioratsiya@mail.ru


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining

AXBOROT XATI

2017 yil 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida «Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni»mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjumanning maqsadi:

Respublika ijtimoiy hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy yangiliklar, ixtirolar qilish, innovatsion texnologiyalar yaratish jarayonlariga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish va ijtimoiy faolligini oshirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

Anjumanda quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boriladi:

1-sho‘ba: Fizika-matematika va texnika fanlarini rivojlantirishdagi muhim vazifalar;

2-sho‘ba: Tabiiy fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari;

3-sho‘ba: Ijtimoiy-gumanitar fanlarning amaliy ahamiyatini oshirish masalalari;

4-sho‘ba: Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.

Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma va anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.

Ilmiy maqolalar - 2017 yil 10 noyabrgacha qabul qilinadi.

Anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

- anjuman materiallari o‘zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1 sm joy qoldirib, 1 nus’hada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nus’hasi MS Word dasturida Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bo‘lishi va 4 betdan oshmasligi lozim. Elektron nus’hasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jo‘natiladi.

- muallif tomonidan anjumanda ishtirok etish uchun Tashkiliy qo‘mitasiga talabnoma (familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferensiya yo‘nalishi (sho‘ba), tashkilot, lavozim, xizmat manzili, telefon/faks, ye-mail) taqdim etilishi lozim.

Anjuman Tashkiliy qo‘mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash huquqiga ega.

Anjuman materiallarini yuborish manzili:

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Markaziy Kengashi

Manzil: 100011, Toshkent sh.,

Navoiy ko‘chasi, 11.

Tel.: (+99894) 170-90-27

E-mail: a.rozimurotov@yi.uz