Sog’lom oila – sog’lom turmush tarzi

27.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Sog’lom oila – sog’lom turmush tarzi 

2024-yil 27-noyabrda  Yer resurslari va kadastr” fakultetida "Sog’lom oila – sog’lom turmush tarzi" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Oliy toifali shifokor, vrach-gastroenterolog Skalozubova Irina Aleksandrovna ishtirok etdi. Shuningdek, fakultetning professor-o’qituvchilari va talaba qizlari ishtirok etishdi.

(Xafizova Z.X., Yunusova F., Ganibaeva E, Xursandova D, , Turg’unova M. , Abdullaeva O.)Tadbirning maqsadi – sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, oiladagi salomatlik va sog’lom qarorlar qabul qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratishdir. Skalozubova Irina Aleksandrovna o’z so’zida sog’lom ovqatlanish, jismoniy faollik va stressni kamaytirishning oila salomatligiga bo’lgan ta’siri haqida gapirdi. SHifokor nutqida yangi avlodning sog’lom va barkamol bo’lishi uchun oiladagi hozirgi turmush tarzi va uning ijobiy yoki salbiy ta’sirlari haqida ham ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida talabalarga sog’lom turmush tarziga oid amaliyotlar va maslaxatlar berish, sog’liqni saqlash va himoya qilishning turli yo’llari, shuningdek, oiladagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan aniq maqsadlar haqida mulohazalar o’tkazildi. Talabalar, o’qituvchilar va ishtirokchilar tadbirdan ko’plab yangi bilim va foydalanarli ma’lumotlar oldilar.


"YRK", GTQ va QXM fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari  va tyutorlari  

Universitet matbuot xizmati