Bo’lim boshlig’i: Abdurahmanov Ilhom Isakovich

    Telefon: 237-09-87

    elektron-manzil: international@e-tiiame.uz,  ilhom.isakovich@gmail.com

Xalqaro aloqalar bo’limi tarixi 

Institutimizda 1956 yilda ilk bor xorijlik fuqarolarga ta’lim berish yo’lga qo’yilgan. 1966 yilda esa, qishloq xo’jaligi rahbar va xodimlarining malakalarini oshirib borish maqsadida malaka oshirish fakulteti tashkil etilgan.

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida 1997 yilda “Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish markazi” va 1999 yilda “Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish departamenti” tashkil etilgan va unga dotsent A.S.Pulatov rahbarlik qilgan. Departament o’zining faoliyatida quyidagi vazifalarni amalga oshirgan:

  • xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o’quv, ilmiy va amaliy loyihalarni tayyorlash;
  • qishloq va suv xo’jaligi mutaxassislarining xalqaro talablar darajasida malakasini oshirish;
  • xorijiy fuqorolarga ta’lim berish;
  • chet tillarini o’rgatish;
  • elektron aloqa va internet tarmog’idan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

2004 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining nomi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” deb o’zgartirilishi bilan ushbu departament “Xalqaro aloqalar bo’limi” deb o’zgartirildi.

Faoliyati

Bo‘limning asosiy faoliyati Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)ning xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iboratdir.

Bugungi kunda Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi kredit mobillik loyihalari doirasida Germaniyaning Gumboldt, Hohenxaym va Vaynshtefan-Trizdorf universitetlari, Shvetsiyaning Lund universiteti, Avstriyaning BOKU va Zalsburg universitetlari, Sloveniyaning Lyublyana universiteti hamda Xorvatiyaning Zagreb universitetlari bilan xalqaro akademik hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. 40 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatilgan. Institutimiz xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, onlayn rejimida videokonferensiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

TIQXMMIning ko‘plab professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda Osiyo, Yevropa hamda boshqa mintaqa davlatlarida yer va suv muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib, suv xo’jaligi bilan bog’liq fanlarning yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqdalar. Jumladan, 2015-2016 yillar davomida 90 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar va talaba, magistrantlar hamda doktorantlar xorijiy mamlakatlarda o’qish, malaka oshirish, seminar va xalqaro konferensiyalar hamda turli darajadagi tadbirlarda ishtirok etib qaytdilar. 2017 yil davomida bu ko’rsatkich 52 nafarni tashkil etmoqda.

Maqsadi

Xalqaro aloqalar bo’limining maqsadi. Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro aloqalar bo’limi institut bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatib, ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish, stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, AQSH va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiya dasturlarida qatnashish borasida tavsiyalar beradi.

Vazifalari

Xalqaro aloqalar bo’limining vazifalari:

  • xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik va do’stlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash;
  • institut tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv hamda memorandumlar ijrosini ta’minlash;
  • TIQXMMI olim va mutaxassislarining xalqaro ilmiy forumlar faoliyatida ishtiroklarini joriy qilish;
  • professor-o’qituvchi, doktorant, magistrant hamda talabalarga xorijiy ta’lim muassasalaridagi fan va texnika sohasidagi ijobiy yutuqlarni o’rganishda ko’maklashish va o’z bilimlarini chet elda yanada oshirishlari uchun hamkorlik qilish;
  • xorijiy mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalarning institutga tashrifini tashkil qilish;
  • ta’lim va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
  • xorijiy grantlarni olish bo’yicha professor-o’qituvchilar va doktorantlarning ishtirokiga oid masalalarda ko’mak berish;
  • professor-o’qituvchi va doktorantlarning xorijiy safarlari bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirishda maslahatlar berish;
  • professor-o’qituvchi, doktorant, magistrant hamda talabalarning turli xalqaro grant, loyiha va dasturlarda, ta’limga oid fondlarda ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berish;
  • O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va kengaytirishdan iborat.

Xalqaro bo’limda funksional majburiyatlari quyidagi shaklda tasdiqlangan:

Bo’lim boshlig’i

  • Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarining umumiy boshqaruvi;
  • Chet elga chiqish uchun nomzodlar tanlashni nazorat qilish;
  • Xorijdan mexmonlar,  delegastiyalar,  amaliyotchilar va ilmiy hodimlar qabul qilishni tashkillashtirish;
  • Xalqaro loyixalar va dasturlarni tayyorlash va ularni boshqarish va ularning natijalarini umulashtirish va taxlil qilish;
  • Yuqori instansiyalar bilan aloqada bo’lish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan halqaro almashinuv dasturlari doirasida marosimlar rejalashtirish va o’tkazish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan to’g’ridan to’g’ri kelishuvlar olib borish va tashkillashtirish;
  • Muzokaralar olib borish;
  • Elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan o’qish va malaka oshirish masalalar bo’yicha xamkorlik o’rnatish;
  • Yillik hisobot tayyorlash;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan ish aloqalarini olib borish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan zamonaviy va to’g’ri yozishmalarni olib borilishini nazorat qilish;
  • Xorijiy deligastiya va mutaxassislarni qabul qilish;
  • Elchixonalar va halqaro tashkilotlar bilan o’qish va tajriba amaliyot dasturlari masalasida aloqa qilish.

Nazoratchi

  • Kelish va ketish xujjatlarini rasmiylashtirish,
  • Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida o’qiyotgan xorijiy talabalarni ro’yxatdan o’tkazish;
  • Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida o’qiyotgan xorijiy talabalarning davlatlaridagi muxim sanalarini nishonlash;
  • Yuqori instanstiyalar bilan xalqaro talabalarning o’qishi masalasida aloqada bo’lish;
  • Xujjatlarni va xatlarni tarjima qilish;
  • Xorijiy talabalarni o’qishga qabul qilish va ular bilan shartnomalar tuzish.