mustaqillik

3O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG‘I

 

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

  1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
  2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
  3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
  4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
  5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
  6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

 

3O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

 

 

 

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

(O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to’g’risidagi( qonun 1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

GIMNNI TINGLASH