Click to listen highlighted text!

Elektron qabulxona

O’ZBEKISTONDA “MUTAXASSISLIK VA ILMIY TADQIQOT MARKAZI” TUZILADI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi. Memorandumni bir tomondan TIQXMMI rektori professor O’ktam Umurzakov hamda ikkinchi tomondan CAREC ijrochi direktori Iskandar Abdullayevlar imzoladilar. Mazkur memorandum doirasida butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yagona “Mutaxassislik va ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etiladi.
“Bu bizning institutimiz uchun muhim voqea bo’lib, ushbu memorandumni xalqaro loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo’lgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan imzolayotgan mamlakatdagi birinchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo’lishdan mamnunmiz, – ta’kidlab o’tdi TIQXMMI rektori O’ktam Umurzakov. – Ekologiya XXI asrda har qanday mamlakatini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umid qilamizki, Memorandum bizning mamlakatimizda amalga oshirish mumkin bo’lgan buyuk ishning faqatgina boshlanishi bo’ladi. Memorandum doirasida hamkorlikning dastlabki bosqichi yagona “Mutaxassislik va ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etish bo’ladi.”
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Markaziy Osiyoning 5 ta davlati talabalari uchun ta’lim jarayoni olib boriladi.
Memorandumning asosiy yo’nalishlari Markaziy Osiyoda yer va sur resurslarini hamda atrof-muhitni boshqarish sohasidagi loyiha va dasturlarni amalga oshirish, talabalar, tadqiqotchilar, yosh olimlar salohiyatini mustahkamlash orqali barqaror natijalarga erishish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan. Shuningdek, resurslarni jalb qilish, institutsional va texnik imkoniyatlarni rivojlantirish, zamonaviy nashrlar va ilmiy tadqiqot ishlanmalarini joriy etish, xalqaro nashrlarda tadqiqotlarni chop etish, shuningdek, xalqaro loyihalarni boshqarish uchun donorlik jamg’armalarini jalb qilish imkoniyatlariga katta e’tibor qaratilgan.
Shu maqsadda Memorandum imzolanishi doirasida O’rta Osiyoda birinchi “Mutaxassislik va ilmiy tadqiqot markazi”ni tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi, bu esa joriy suv loyihalarini amalga oshirishda ushbu yo’nalishdagi professor-o’qituvchilar va talabalarni jalb etish imkonini beradi.
“Kelgusida Markazni O’zbekistondagi tajribadan foydalanib, mintaqaviy darajaga olib chiqishni rejalashtirmoqdamiz, – dedi CAREC ijrochi direktori Iskandar Abdullayev. Ushbu markaz davlatni rivojlantirishga yo’naltirilgan mablag’lardan samarali foydalanish uchun yangi modelga aylanishi mumkin. O’zbekistonda suv resurslari uchun katta hajmdagi loyihalar portfeli amalga oshirilmoqda. Ko’pincha bunday loyihalar bir guruh mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi va loyihalar tugaganidan so’ng, loyihalarni amalga oshirish davomida to’plangan qimmatbaho bilim va tajribaning katta qatlami yo’qolib ketadi. Xalqaro loyihalar bilim manbai bo’lib, bilim iste’molchilari ularni nafaqat iste’mol qilish, balki barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun ularni ko’paytirish va tarqatishlari muhim ahamiyatga egadir. Shu boisdan ham biz Markaziy Osiyodagi eng yaxshi OTMlardan biri, avvalo moddiy baza, ikkinchidan, ilmiy va pedagogik salohiyat jihatidan tengi yo’q hisoblangan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda ushbu yangi platformani yaratishga qaror qildik. Bu kelgusida suv resurslari bilan bog’liq bo’lgan boshqa OTMlar, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralarni birlashtiradi. Shuningdek, universitetlar nafaqat bilimlarni to’g’ridan-to’g’ri qabul qiladilar, balki loyihalarni amalga oshirishda hamda ilmiy tadqiqotlarda ham faol ishtirok etadilar.”
Shunday qilib, mazkur Markaz tashabbuskorlariga ko’ra, professor-o’qituvchi va talabalar loyihalarda ishtirok etib, metodologiya va ma’lumotlar bilan muvaffaqiyatli ishlash uchun «bilim generatorlari» bo’ladilar. Markazning asosiy maqsadi – tasdiqlangan ko’nikmalarning uzluksiz ravishda uzatilishi, loyihalarning natijalari va o’quv jarayoni o’rtasida uzluksiz aloqa o’rnatishdan iboratdir. Markaz bazasida professor-o’qituvchi va talabalar loyihalarni professional boshqarishni o’rganadilar. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tiziminini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risida» gi PQ-2909 sonli va 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3003 sonli qarorlari hamda 2017 yil 24 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5120 sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda bugungi kunda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xalqaro tashkilotlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’quv jarayonida, xususan, nou-xauni topshirish asosida mazkur muassasalarda pedagog va yosh olimlarning malakasini oshirish, talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Markazning ochilishi atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag’ishlangan Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi bilan hamohang bo’ladi. Mazkur Forumni 2018 yil iyun oyida Toshkent shahrida o’tkazish rejalashtirilgan.

KONTAKTLAR

Toshkent shahar,
Qori Niyoziy ko'chasi, 39-uy
Qabulxona:
Telefon: (998) 71 237-46-68
Email: admin@tiiame.uz; tosh.imi@agro.uz

Devonxona
Ish tartibi: 08:30 - 16:30
Telefon: (998) 71 237-19-31
Fax: (998) 71 237-38-79
Avtobuslar: 89, 95, 2, 58, 88, 17, 38, 98
Metro: Hamid Olimjon bekati

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan xato matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Ishonch telefonlari

 +99871 237 19 36  +99871 237 09 75

Система Orphus

Karta

Click to listen highlighted text!