Click to listen highlighted text!

Elektron qabulxona

«Kamolot» YIH Boshlanğich tashkilotining (BT) «Hisobot saylov yig'ilishi» bõlib õtdi

Joriy yilning 03 mart kuni  Institut «Kamolot» YIH Boshlanğich tashkilotining (BT) «Hisobot saylov yig’ilishi» bõlib õtdi. Unda institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bõyicha prorektor — Q.Shavazov, «Kamolot» YIH Toshkent shahar Kengashi raisi õrinbosari -Bobur Mirzayev , «Kamolot» YIH Mirzo Uluğbek tumani Kengashi raisi -Sherzod Olimov va barcha fakultetlardan delegatlar ishtirok etdi.

«Hisobot saylovi yig’ilishi» kun tartibida belgilangan quyidagi masalalar kõrib chiqildi:

✅ BT õtgan 2016-yilda qilgan ishlari xisoboti;

✅BT Kengashini shakllantirish;

✅BT yetakchisini saylash;

✅BTning 2017-yil uchun ish rejasini tasdiqlash.

BTning 2016-yilda amalga oshirgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar haqida Uchqun Alimov hisobot berdi.

  Hisobot yuzasidan takliflar bildirildi. Sõngra BT Kengashi a’zoligiga 11 nafar nomzodlarni tasdiqlash va Kengash a’zolari ichidan BT yetakchisini ochiq ovoz berish yo’li bilan saylash masalasi ko’rib chiqildi. Boshlang’ich tashkilot yetakchiligiga 100%lik natija bilan Uchqun Alimov saylandi.

Shundan so’ng Uchqun Alimov tomonidan 2017 yil uchun BT ish rejasini tasdiqlash masalasi muhokamaga kiritildi va delegatlar tomonidan tasdiqlandi. Yig’lish so’ngida barcha delegatlar va mehmonlar uchun yig’ilish kotibiyati tomonidan qaror o’qib eshittirildi.

Shuningdek, ushbu hisobot saylov yig`ilishida institut talabasi Kamolot stipendianti Rahmatova Muxlisa amalga oshirgan loyihasining ko`rgazmasi ham bo`lib o`tdi. ”Ekolaboratoriya” loyihasi tabiatni asrash yo`lida yoshlarni birlashtiryapti, maishiy chiqindilardan unumli foydalanib kerakli va ajoyib narsalar yaratish ko`nikmalarini shakllantiryapti. Aynan bugun ham ushbu loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasi o`laroq yoshlar yasagan orginal buyumlar ilk bor namoyish etildi va iliq qabul qilindi. Qiziquvchi talabalar institutda samarali faoliyat yuritayotgan ekoloyiha klubiga qabul qilindi. Yig`ilish so`ngida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar va takliflar ko`rib chiqildi.

KONTAKTLAR

Toshkent shahar,
Qori Niyoziy ko'chasi, 39-uy
Qabulxona:
Telefon: (998) 71 237-46-68
Email: admin@tiiame.uz; tosh.imi@agro.uz

Devonxona
Ish tartibi: 08:30 - 16:30
Telefon: (998) 71 237-19-31
Fax: (998) 71 237-38-79
Avtobuslar: 89, 95, 2, 58, 88, 17, 38, 98
Metro: Hamid Olimjon bekati

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan xato matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Ishonch telefonlari

 +99871 237 19 36  +99871 237 09 75

Система Orphus

Karta

Click to listen highlighted text!