Click to listen highlighted text!

Elektron qabulxona

Institutimizga yangi rektor tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3003 — sonli qaroriga muvofiq, Institutimizning nomi o’zgargandan so’ng bugun 28-may kuni  Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Institutiga rektor lavozimiga iqtisod fanlari doktori professor, O’ktam Umurzoqov Pardayevich tayinlandi.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki, O’ktam Umurzoqov Pardayevich ko’p yillardan beri  institutimizda o’z ish faoliyati davomida institutimizning rivojlanishi uchun ulkan hisssalarini qo’shib kelmoqda.  1974-yildan 1977-yilgacha Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Institutini “Mashinalar puxtaligi va remonti”  kafedrasi kichik ilmiy xodimi, 1977-1980-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti  Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1980-1990-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi assistenti, 1990-1992-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti Malaka oshirish fakulteti dekani, 1992-1996-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari tayyorlash markazi prorektori, 1996-1999-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Instituti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani,  1999-2004-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari Institutining Ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha prorektori, 2004-2011-yillarda Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutining O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, 2011-2013-yillarda esa Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutining O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor, rektor vazifasini bajaruvchi, 2013-yildan xozirga qadar Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutining “Suv xo’jaligi iqtisodi” kafedrasi professori bo’lib ishlab kelmoqda.

KONTAKTLAR

Toshkent shahar,
Qori Niyoziy ko'chasi, 39-uy
Qabulxona:
Telefon: (998) 71 237-46-68
Email: admin@tiiame.uz; tosh.imi@agro.uz

Devonxona
Ish tartibi: 08:30 - 16:30
Telefon: (998) 71 237-19-31
Fax: (998) 71 237-38-79
Avtobuslar: 89, 95, 2, 58, 88, 17, 38, 98
Metro: Hamid Olimjon bekati

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan xato matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Ishonch telefonlari

 +99871 237 19 36  +99871 237 09 75

Система Orphus

Karta

Click to listen highlighted text!