"Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi
“TIQXMMI” tashkil etilgan davrlarda “Jismoniy tarbiya va sport” sohasi bo‘yicha mutaxassis-kadrlari yetishmasligi tufayli talabalarga jismoniy tarbiyadan dars o‘tish mashg‘ulotlari hamda talaba-yoshlar orasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish, institut harbiy kafedrasi xodimlaridan P.Karvchenko, G.Sheninlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1948-yili tashkil etilib, birinchi bo‘lib Ye.N.Lelyakova (1948-1949) yilari kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Undan keyin (1949-1952) yy., A.A.Korobeynikov, (1952-1956) yy., Yu.P.Yegorov, (1956-1960) yy., V.M.Kurlyand, (1961-1964) yy., K.J.Djurayev, (1965-1968) yy., V.N.Mixaylov, (1969-1972) yy., A.A.Agzamov, (1973-1980) yy., A.A.Bozorov, (1980-1981) yy., P.I.Lыsenko, (1982-1986) yy., dos. B.I. Ibragimov, (1987-1988) yy., G.Z. Nurmuxamedov, (1989-2010) yy., prof. P.I.Donchenko, (2010-2011) yy., dos. A.R. Xodjanov, (2011-2012) yy., Ikromov B.T. (2012-2025) yy., M.N.Norqobilov. 2025-2026 o‘quv yilidan kafedrada sport faoliyati ya’ni (voleybol, futbol, dzyudo) bo‘yicha mutaxassis yo‘nalishlari tashkil etildi. “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasida pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Tangriev Alisher Jumanazarovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda talaba-yoshlarga jismonan va ma’nan yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari p.f.d. (DSc), dotsent, A.J. Tangriev , p.f.d. (DSc) professor, A.A.Kochkarov, p.f.d. (DSc) professor, D.K.Ismagilov, dotsent M.N. Norqobilov, dotsent A.R. Xodjanov, dotsent Toshmurodov Maqsud,dotsent Ibragimov Foziljon, katta o‘qituvchi (PhD) Feruza Odilova, assistent Mansur Tursunqulov, assistent Tulaganov Asadulla, assistent Alibekova Nodira hamda Ibodov Azizbeklar samarali faoliyat yuritib kelishmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Besh muhim tashabbusi” doirasida ilgari surilgan, “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”ga yo‘naltirilgan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida, oliygoh sport majmuasi binosida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasining ichki va tashqi qismlari to‘liq kapital ta’mirlanib, bir qancha sport maydonlari barpo etildi. Shulardan; sport majmuasining old qismida suniy qoplamali zamonaviy mini-futbol maydoni, voleybol maydoni, badminton maydoni, “Street workout” maydoni, uzunlikka sakrash maydoni hamda yugurish yo‘lakchalari, shu qatorda, kafedra tarixi muzeyi, dzyudo zali fitnes klub (trenajyor) xonalari hamda zamonaviy usti yopiq suv havzasi foydalanishga topshirildi. Oliygoh sport majmuasida iqtidorli talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini sermazmun va samarali o‘tkazish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratilib, ommaviy sportga keng jalb qilish ishlari jadal rivojlantirilmoqda.
Kafedraning bugungi kundagi vazifalari – talabalarni jismoniy chiniqishi va sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak berish hamda jismonan baquvvat va ma’nan sog‘lom mutaxasislarni tarbiyalash bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Erishilgan yutuqlar
2025-2026 o‘quv yilida “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida universitet birinchiligi musobaqalar (mini-futbol, voleybol, gandbol, basketbol, chim ustida xokkey, badminton, stretbol, stol-tennis hamda yengil atletika) o‘tkazilib, sport turlari bo‘yicha “Irrigator” terma jamoalari shakllantirildi. Toshkent shaharida joylashgan 90 dan ortiq Oliy ta’lim tashkilotlari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etib, voleybol (qizlar, yigitlar), chim ustida xokkey (yigitlar), hamda stol-tennis sport turlaridan musobaqasida “Irrigator” terma jamoalari faxrli 1-o‘rinni egallab respublika final bosqich musobaqalarda munosib ishtirok ettilar. Sirtqi taʼlim talabasi Ergashev Shohjahon 2026-yil 23–26-iyul kunlari Malayziyada boʻlib oʻtgan 14 ta davlat vakillari ishtirokidagi Xalqaro chempionatda Taekvondo (ITF) boʻyicha 85 kg vazn toifasida faxrli 1-oʻrinni egallab oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2026-2027 O‘quv yilida universitet sport majmuasida talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun quyidagi to‘garaklar tashkil etilgan
1. Futbol,
2.Voleybol,
3.Gandbol,
4.Mini-futbol,
5.Dzyudo,
6.Milliy kurash,
7.Stol-tennis,
8.Badminton,
9.Yengil atletika.
Scopus va web of science xalqaro jurnallarda chopetilgan maqolalar
1.М.Н.Норқобилов. //PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF FEELINGS DISTANCE IN BOXERS. Proximus Journal Of Sports Science And Physical Education Volume 1, Issue 12, December (Q4)2024. https://proximusjournal.com/index.php/PJSSPE ISSN (E): 2942-9943.
2.М.Н.Норқобилов. //Analysing geodesic motion in Bocharova–Bronnikov–Melnikov–Bekenstein spacetime. Physics of the Dark Universe www.elsevier.com/locate/dark Scopus. (Q1)2025 y. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59658699300
3.F.V. Odilova. //Quantum safe
cryptopraphic frameworks for securing national digital currencies and econonmic
infrastructure. journal of internet services and information security volume
16,237-252-b.2026y.Scopus.(Q2)2026y. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=60529615700&origin=resultslist
4.M.X.Toshmurodov. //A Hybrid
Neuro-Fuzzy Adaptive Model for Real-Time Personalized Learning Path
Optimization in E-Learningsystems. journal of internet services and information
security volume: 16,number: 1(February-2026), pp.811-827. https://jisis.org/article/2026y.I1.047/73120/
Scopus. (Q2)2026 y.
5.Obidova N.J //Modulatory Effects
of Brassica rapa Polysaccharides on Metabolic Obesity and Blood Biochemistry in
Experimental Models of Diabetes and Hyperlipidemia. Scopus. (Q2)2026 y. Trends
in Sciences. – 2026. – Vol. 23. –№. 1. – P. 11320-11320 https://doi.org/10.48048/tis.2026.11320
6.N.O.Alibekova // Enhancing the attacking techniques of MMA
fighters through Judo, Jiu-Jitsu, and Muay Thai. Yoshin
Academy “Ido Movement for Culture Journal of Martial Arts Anthropology”, Vol.
26, no. 3 (2026), pp. 1–8 DOI:
10.14589/ido.26.3.1 Submission: 15.01.2026. Scopus. (Q2).
7.N.O.Alibekova //Artifical Intelligence-Powered Discovery of Regulatory Variants Across Human and Model Organism Genomes. Genetics and Molekular Reserch xploring Genetic and Epigenetic Influences on Language Acquisition and Cognitive Development Scopus. (Q4)2026 y. https://www.webofscience.com/wos/author/record/89788569
8.A.R. Xadjanov //Exploring Genetic
and Epigenetic Influences on Language Acquisition and Cognitive Development.
Exploring Genetic and Epigenetic Influences on Language Acquisition and
Cognitive Development. 2026y. Scopus. (Q4)2026 y.. https://doi.org/10.4238/792r3954
9. M.M.Tursunqulov //Exploring Genetic and Epigenetic Influences on Language Acquisition and Cognitive Development 2026y. Scopus. (Q4)2026 y.. https://doi.org/10.4238/792r3954
Kafedra xodimlari
Tangriev Alisher Jumanazarovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha
+99890-992-02-45
Norqobilov Muhiddin Najimovich
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi
+998903235454
Eshturdiyev Abbos Erkin o'g'li
lmiy tadqiqot yo‘nalishi:
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi.
+99893-008-10-98
Tursunqulov Mansur Mahmud o’g’li
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, futbolni o‘rgatish metodikasi
+998900320199
Mamatov Paxlavon Urayimjon o'g'li
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi
+998881190098
Toshmurodov Maqsud Xushvaqovich
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi
+99891-164-14-56
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Jismoniy tarbiya va sport | Jismoniy madaniyat – umuminsoniy madaniyatning
bir qismi bo‘lib, inson salomatligini mustahamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jismoniy madaniyat va sport talaba-yoshlarda ko‘pgina fazilatlar, shu jumladan ularning jismoniy
baquvvat bo‘lishi, organizmning zahira kuchlari, ish qobiliyatining hamda organizmning
ko‘pgina kasalliklarga nisbatan qarshilik kuchining oshishiga yordam beradi. Amaliy
mashqlar jarayonida talabalarda jismoniy madaniyat va sportga oid chuqur bilim va
muhim jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, aql-idrok
harakatlar jarayonida insonning psixofiziologik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan
hamda jismoniy kamolotga yetishga yo‘llanma beradigan fanlardan biridir. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=653
Kafedra mudiri: Tangriev Alisher Jumanazarovich
Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00