"Davlat kadastrlari" kafedrasi
Davlat kadastrlari kafedrasining
professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, xodimlari va talabalari
respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat kadastrlari yagona tizimini
yuritishga oid axborotlarni yig‘ish, tizimlash, tahlil qilish va
iste’molchilarga uzatish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan
yetuk kadrlar tayyorlaydi.
Shuning bilan bir qatorda, yurtimizning
tegishli va turdosh sohalarga oid tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik
o‘rnatilgan bo‘lib, talabalarimizning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini
o‘tashlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, ixtisoslik
fanlari bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari hamkorligida 5+1 tizimi ham
joriy etilgan.
Kafedramiz “Kadastr (faoliyat turlari
bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga taklif qiladi.
Ushbu yo‘nalish talabalarda davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi
20 ta turdagi kadastrlarni yuritish bo‘yicha nazariy, uslubiy va amaliy bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, talabalar Kadastr
agentligi mas’uliyatidagi Davlat yer kadastri, Bino va inshootlar davlat
kadastri va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha
chuqur bilim va ko‘nikmalarga erishishi uchun maxsus ixtisoslik fanlarini
mukammal egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari
ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyati doirasida bugungi kunda amalga
oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda dars jarayonlarida AutoCAD,
UzKAD, KM-3, YAT va ArcGIS kabi zamonaviy maxsus dasturiy ta’minotlardan keng
foydalanib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedramiz jamoasi sohaga oid xalqaro va
mahalliy ilmiy tadqiqotlar va xo‘jalik shartnomalarni amalga oshirishda faol
ishtirok etib kelmoqda. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari rivojlangan
mamlakatlarning ilg‘or universitetlarida bilim-tajribalarini oshirgan va yetuk
olimlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.
Kafedrada 2025 – 2026 o‘quv yili
davomida “Masofadan zondlash, meteorologik ma’lumotlar va Geo-AI usullarini
integratsiyalash orqali iqlimga moslashuvchan qishloq xo‘jaligini tashkil
etish” yo‘nalishidagi davlat grant loyihalari hamda tashqi amaliy va
fundamental davlat grantlarida faol ishtirok etib kelinmoqda. Jumladan, kafedra
mudiri, dots.nt Z.Mamatqulov AL-6222052520-sonli “Geofazoviy usullar orqali
organik va an’anaviy dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi davlat
grantida hamda FZ-20200929192-sonli “Suv resurslaridan samarali foydalanish
maqsadida global iqlim o‘zgarishining sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatiga ta’sirini baholash va GAT texnologiyalari asosida sug‘oriladigan
yerlarni gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini
ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada katta ilmiy xodim sifatida
faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining sohaga oid bilimlarini rivojlantirish va hamkorlik qilishlari uchun muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etamiz.
Hamkorlik
o’rnatish uchun biz bilan bog’laning va birgalikda ishlashni muhokama qiling.
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
1. AL-6222052520-sonli
“Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni
qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi davlat granti.
2. 2026 yil 22 apreldagi “Oqsu” irrigatsiya tizim boshqarmasi tasarrufida
“Yangikurg‘on” suv ombori to‘g‘oni va inshootlarining gorizontal va vertikal
siljishini (deformatsiya harakatlari) o‘rganish mavzusida xo‘jalik
shartnomasi.
3. 40/2021–sonli «Fermer xo‘jaligi hududida yer kadastri axborotlarini
shakllantirish va yer servitutini joriy etish»
mavzusida xo‘jalik shartnomasi kafedra professor o‘qituvchilari
tomonidan bajarilib kelinmoqda.

Bo‘ka tumanida tadqiqot hududining hosildorlik fazoviy tahlili
Xalqaro maqolalar
1. Shukhrat Shokirov, Zokhid
Mamatkulov, Zoir Abdurahmanov va boshqalar, (2025), Leveraging Vegetation
Indices and Random Forest for Soil Nutrient Monitoring in Winter Wheat, Journal
of the Indian Society of Remote Sensing, 53(11) (2025), 3711–3721, DOI: https://doi.org10.1007/s12524-025-02198-9
2. Mukhamadkhan Khamidov, Aziz
Inamov, Utkir Islamov, Zokhid Mamatkulov va Kamol Khamraev, (2025), Creating
hydromodular zoning maps of irrigated agricultural lands in digital
technologies (case study from Kashkadarya region, Uzbekistan), AIP
Conference Proceedings, (2025), DOI: https://doi.org/10.1063/5.0267134.
3. Aziz Inamov, Mukhamadkhan
Khamidov, Utkir Islomov va Zokhid Mamatkulov, (2025), Creation of hydromodular
zoning maps of irrigated agricultural lands based on geoinformation
technologies, AIP Conference Proceedings, (2025), DOI:
https://doi.org/10.1063/5.0267135.
4. Abdullo Ashurov, Temur Shavazov
va Feruz Khudoyberdiev, (2025), Analysis of impact on land cover of surrounding
areas after destruction of Sardoba water reservoir using GIS technologies, AIP
Conference Proceedings, (2025), DOI: https://doi.org/10.1063/5.0271159.
5. Jamshid Rustamov, Uzbekkhon
Mukhtorov, Maksud Rajapbaev, Fayzali Safarov, Bekjan Uspankulov va Azizahon
Maksumkhanova, (2025), Use of modern GIS technologies in cultivation of
agricultural crops in desert areas (in example of Karshi district), AIP
Conference Proceedings, 3317 (2025), 040031, DOI: https://doi.org/10.1063/5.0267009.
6. Bekjan Uspankulov, Zhanat Toleubekova,
Kuatbay Bekanov va Obidjon Arabov, (2025), Improving the technology of creating
information base of buildings and constructions cadastre, InterCarto.
InterGIS, 31(1) (2025), 614–624, DOI: https://doi.org/10.35595/2414-9179-2025-1-31-614-624.
7. Inomjon Israilov, Obidjon
Sindarov, Shavkat Salomov, Kholmurod Khayitov, Shoxnazar Bobokulov, Ilkhom
Begmatov, Khasimbek Isabaev, Bekjan Uspankulov va boshqalar, (2025), Agronomic
efficiency of nano-integrated nutrient management on cotton yield traits under
arid farming conditions, Frontiers in Sustainable Food Systems, 9
(2025), 1695604, DOI: https://doi.org/10.3389/fsufs.2025.1695604.
8. Rahimjon Makhsudov,
Yakhshimurad Khudaybergenov, Kuatbay Bekanov, Judit Csabai, Rashid Jaksibaev va
Azizbek Orazbaev, (2026), Theoretical and Methodological Basis of Mapping the
Ecological State of Irrigated Lands in the Conditions of Climate Change:
Bibliometric Analysis, The International Archives of the Photogrammetry,
Remote Sensing and Spatial Information Sciences, XLVIII-5/W3-2025 (2026),
63–68, DOI: https://doi.org/10.5194/isprs-archives-XLVIII-5-W3-2025-63-2025.
9. Gulom Bekmirzaev, Raxmontoy
Kurvantayev, Kasimbek Isabaev, Abdurakhim Berdishev, Qosim Rakhmonov va
boshqalar, (2026), Soil salinity regulates metal bioavailability and soil–plant
transfer in halophytic crops, Frontiers in Soil Science, 6 (2026),
1767992, DOI: https://doi.org/10.3389/fsoil.2026.1767992.
10. Khilola Amankulova, Ramziddin
Sharopov, Kamola Khaitova, Shakhlo Musurmankulova, Shahnoza Aliqulova, Mohinur Muxtarova,
Shaxnoza Alimaxamatova, Isomiddin Qodirov, Djasur Kubayev va Sayfuddin
Sharipov, (2026), Spatio-temporal assessment of drought dynamics in Uzbekistan
(2001–2024) using MODIS-derived vegetation and temperature indices, Turkish
Journal of Remote Sensing, 8 (2026), DOI: https://doi.org/10.51489/tuzal.1783708.
11. Dilshoda Norboeva, Rukhiddin
Turaev, Aziz Inamov, Khojiakbar Khasanov, Jasur Lapasov va Sanjarbek Safaev,
(2026), Opportunities for Optimising the CORS Network in Uzbekistan: Proposals
Based on Bibliometric Analysis, Forum Geografi, 40(2) (2026), 296–311,
DOI: https://doi.org/10.23917/forgeo.13569.
12. Oybek Tukhtamishov, Mohamed
Fawzy, Karem Abdelmohsen, Arpad Barsi, Rustambek Kodirov, Lorant Foldvary va
Zokhid Mamatkulov, (2026), A Comprehensive Machine Learning Approach for Crop
Classification Using Multi-Sensor Satellite Datasets and Multiple Vegetation
Indices, Remote Sensing, 18(15) (2026), 2571, DOI: https://doi.org/10.3390/rs18152571.
13. Obidjon Sindarov, Ilkhom Begmatov, Bekjan Uspankulov va boshqalar,
(2026), AquaCrop modeling for climate-resilient sorghum productivity in
salt-affected arid lands, Discover Sustainability, (2026), DOI: https://doi.org/10.1007/s43621-026-04308-0.
Xalqaro hamkorlarimiz
1. Moskva davlat yer tuzish universiteti.
2. K.A.Timeryazeva nomidagi Moskva qishloq
xo‘jaligi akademiyasi.
3. Latviyaning Vytautas Magnus(VMU) universiteti
4. Ostona agrar universiteti
5. Xitoy Xalq Respublikasi Nanjing fan va
axborot texnologiyalari universiteti
Mahalliy hamkorlarimiz
1.Kadastr agentligi
2.Davlat kadastrlari palatasi
3.O‘zdavyerloyiha DILI
4. Respublika aerogeodeziya markazi
5.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi
Kafedra xodimlari
Mamatqulov Zoxid Jonqobilovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Geoinformatika, Masofadan zondlash yordamida kadastr obyektlarini raqamlashtirishning
z.mamatqulov@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68
Raxmonov Qosimdjon
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Davlat yer kadastri axborotlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer kadastri, kadastr ishlarini tashkil etish, Yer axborot tizimi, Davlat kadastrlari.
+99890 985-01-26
Narbayev Sharafatdin Kengeshovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
O'qitish fanlari: Yer monitoringi, Tabiiy resurslar kadastri. O'rmon kadastri
+99871-237-09-68
Ashurov Abdullo Fayzulloyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Barqaror rivojlanish sharoitida dehqon xo‘jaliklarining yerdan foydalanishning texnik-iqtisodiy va ekologik tamoyillarini takomillashtirish.
O'qitish fanlari: Yer kadastri, Yer monitoringi, Bino va inshootlar kadastri. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri, avtomobil yo'llari davlat kadastri va hududlarning muhandislik jihozlari.
+99893-512 08 53
Axmadaliyev Vaxobjon Abdiraxmonovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Dars beradigan fanlar: Yer monitoring,
O'qitiladigan fanlar: Yer monitoringi, Tabiiy resurslar kadastri, O'rmon kadastri
+99871-237-09-68
Abdurahimova Mohigul Oybek qizi
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Kadastr axborotlarini raqamlashtirish metodologiyasini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Yer kadastri nazariyasi, Yer axborot tizimi.
+99871-237-09-68
Ismonov Shukurilloxon Rustamxon oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Qishloq xoʻjaligi yerlarini baxolashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Yer kadastri, Davlat kadastrlari
+99871-237-19-09
Uspankulov Bekjan Musabekovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Bino va inshootlar davlat kadastri
Dars beradigan fanlar: Davlat kadastrlari asoslari, Bino va inshootlar davlat kadastri.
b.uspankulov@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68
Qo‘ldosheva Aziza Kamoliddinovna
Ilmiy tadqiqot yo'nalishi: GIS texnologiyalari asosida yo'l kadastrini yuritish nazariyasi
Dars beradigan fanlar: Kadastrda GAT, Davlat shaharsozlik kadastri
q.quldasheva@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68
Kubayev Jasur Abdumo‘minovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Qishloq xo‘jaligi yerlarini miqdor va hisobini yuritishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
Dars beradigan fanlar: Raqamli yer kadastri, Kadastr ishlarini tashkil etish
j.kubayev@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68
Norboyeva Dilshoda G‘ayrat qizi
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Davlat geodezik tarmoqlarini raqamlashtirish
Dars beradigan fanlar: Davlat kadastrlari, Davlat kadastrlari asoslari.
d_norboyeva@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68
Abdurahmonov Zoirjon Zokirjon o’g’li
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Masofadan zondlash va gat texnologiyalarini qo‘llagan holda ekinlar hosilini prognoz qilish modelini yaratish
Dars beradigan fanlar: Kadastr ishlarida kompyuter grafikasi, Yer kadastri, Kadastrda GAT, Kadastr xaritalarini yaratish asoslari.
+99871-237-09-68
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Aholi punkti yerlari kadastri | Aholi punkti obʼyektlari, ularning jugʼrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari toʼgʼrisidagi bilimlarni o‘rgatadi |
| 2 | Kadastr ishlarida kompyuter grafikasi | Davlot kadastrlarini yuritishda plan kartografik mahsulotlar bilan ishlash hamda ularni yaratishni dasturiy ta’minot asosida bajarish usullarini o‘rgatadi. |
| 3 | Kadastr obyektlarini ro‘yxatga olish | Yerga mustahkam bog‘langan (bog‘liq) soni va qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan, yer uchastkalarga va boshqa ko‘chmas mulklarga bo‘lgan mulkchilikni umumiy xatga olish (ro‘yhatga olish) ishlarini o‘rgatadi |
| 4 | Kadastrda GAT | Kadastrda bajariladigan ishlarning qonun va qoidalarini mukammal bilishlari, unda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni, shartli belgilarni, komp’yuter texnologiyalarida maxsus (Auto Cad, Arc Giss kabi) dasturlar bilan ishlashni o‘rgatadi. |
| 5 | Navbatchi kadastr xaritalarini yuritish | Barcha yer uchastkalari chegaralarini yetarli darajada aniq ko‘rsatish imkonini beradigan masshtabda, elektron va qog‘oz shaklida tayyorlash, keyinchalik xaritaga yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibida, shuningdek chegaralarda bo‘lgan o‘zgarishlar muntazam ravishda kiritib borish ishlarini o‘rgatadi. |
| 6 | Yer monitoringi | Yer fondining holatini uzluksiz kuzatish tizimini, yerlarda ro‘y bergan salbiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish, ularni ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy baholash usulini, salbiy jarayonlarni prognozlash, ularning oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni o‘rgatadi. |
| 7 | Kadastr ishlarini tashkil etish | Davlat kadastrlarini yaratish va yuritishni tashkil etish va uni boshqarish , kadastr ishlarining rivojlantirish tarixi, davlat kadastrlarini yaratish va yuritishda xorijiy mamlakatlaming tajribalari, 0‘zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini yaratish va yuritishda xorijiy mamlakatlarini tajribalari, 0‘zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini yaratish va yuritishni tashkil etishga oid masalalarni o‘rgatadi |
| 8 | Davlat o‘rmon kadastri | Oʼrmon kadastri obʼyektlari, ularning jugʼrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʼgʼrisidagi bilimlarni o‘rgatadi |
| 9 | Bino va inshootlar davlat kadastri | Bino va inshootlarga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rgatadi. |
| 10 | Hududlar kadastri | Hududlar kadastrini tashkil etish, yagona uslubiyat asosida yuritish, kadastr ma’lumotlarini yagona tizimga keltirish, davlat kadastrlari xizmat tizimi va vazifalarini bajara olish, kadastr yo‘nalishlarini yuritishda o‘zaro bog‘liqlik va ketma-ketligini ta’minlay olish, tabiiy resurslar va chiziqli turdagi kadastrlarni yuritish usullarini o‘rgatadi. |
| 11 | Davlat kadastrlarini huquqiy ta’minoti | Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 21 ta kadastrlarning xuquqiy asosini o‘rgatadi. |
| 12 | Raqamli yer kadastri | Yer uchastkalariga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, miqdor, sifat va me’yoriy baholash ishlarini tashkil etish hamda ularni bajarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi |
| 13 | Davlat kadastrlari ma’lumotlar bazasi | Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 21 ta kadastrning tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish hamda raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarini o‘rgatadi |
| 14 | Davlat shaharsozlik kadastri | Aholi turmush madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratish kabi masalalar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni va unga mos ravishda xududni tashkil qilish usullarini asoslash, yerlarning optimal o‘lchamlari va tarkibini belgilash, ular rivojlanishining ustivor yo‘nalishlarini tanlash, samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashni o‘rgatadi. |
| 15 | Yer kadastri | Yer uchastkalariga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, miqdor, sifat va me’yoriy baholash ishlarini o‘rgatadi. |
| 16 | Davlat kadastrlari asoslari | Davlat kadastrlarining shakllanishi hamda ularni davlatning rivojlanishida islohotlardagi o‘rni bo‘yicha kadastrtr asosini o‘rgatadi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=642
Kafedra mudiri: Mamatqulov Zoxid Jonqobilovich
Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00