"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi
Kafedra 1934 yilda tashkil etilgan va dastlab
“Avtomatlashtirilgan elektr yuritma” nomi bilan atalgan. Uning birinchi rahbari
G.E.Baev bo‘lgan (1934-1958 yillar). 1962 yilda kafedra ikkiga bo‘linib,
“Elektr yuritma va avtomatika” hamda “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”
kafedralari tashkil etildi. Keyinchalik kafedra rahbarlari sifatida
I.A.Reynike, A.Shishkin, A.Mamajanov, S.Majidov va professor Madiyar
Faxritdinovich Zaripov faoliyat yuritgan.
Professor Zaripov rahbarligida informatsion-o‘lchash
texnikasi va avtomatika sohasida katta ilmiy maktab yaratildi. Bu davrda
ko‘plab fan doktorlari va nomzodlari tayyorlandi, ular dunyoning turli
mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.
1993-2004 yillarda kafedraga professor S.F.Amirov
rahbarlik qildi. 2004 yilda “Suv xo‘jaligi elektrotexnikasi va uni
avtomatlashtirish” kafedrasi tashkil etildi va turli yillarda dotsentlar
R.Gazieva, A.X.Voxidov va R.J.Baratov rahbar bo‘ldi.
2010 yilda kafedra “Elektrotexnika va elektr yuritma”
nomi bilan qayta tashkil etildi. Keyinchalik, 2017 yilda “Elektrotexnika va
mexatronika” kafedrasi deb ataldi. Hozirda kafedra dotsent R.J.Baratov
boshchiligida faoliyat yuritmoqda.
Ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:
- 5313200 “Texnika va texnologiyalarning
texnik ekspertizasi va marketingi” (Elektr va elektron texnikalar)
- 60711500 “Mexatronika va robototexnika”
- 70810502 “Intelektual o‘lchash tizimlari va asboblari”
- 05.06.01 -Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari
Amalga
oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
2023 yilda kafedra tomonidan davlat byudjeti asosida
114 mln. so‘mlik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Shuningdek,
PZ-202011293 grant doirasida “Nasos stansiyalarining ish rejimlari
samaradorligini oshiruvchi energiya tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish”
mavzusida ish olib borildi. Bu grantning umumiy byudjeti 1.8 mlrd. so‘mni
tashkil etdi.
Bundan tashqari, quyidagi xo‘jalik shartnomalari
amalga oshirildi:
· Boshqa tashkilotlar bilan umumiy
qiymati 114 mln. so‘mlik shartnomalar. Mas‘ul bajaruvchilar dots. R.J.Baratov,
A.M.Plaxtiev va YA.E.CHo‘lliev.
· Respublikadagi xizmat safarlari davomida “Nasos stansiyalarida kavitatsiyani o‘lchash va nazorat qilish orqali elektr energiyasini tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” bo‘yicha ilmiy loyihalar amalga oshirildi.
· Professor A.M.Plaxtiev tomonidan “Разработка и исследование эффективных бесшовных трансформаторов больших токов с расширенными функциональными возможностями” mavzusida bir yillik ilmiy ish olib borildi.

Qarshi shaxri
Do‘stlik nasos stansiyasiga hizmat safari yuzasidan borildi.

Buxoro viloyati
Qorako‘l nasos stansiyasiga hizmat safari uyishtirildi.
Kafedra o‘z o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarini ko‘plab
mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik asosida olib boradi. Mahalliy
tashkilotlar qatoriga O‘zR Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot
instituti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat transport
universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va boshqalar kiradi.
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O‘zR Fanlar akademiyasi
institutlari va turdosh oliy ta’lim muassasalaridan olimlar o‘rindoshlik
asosida dars berishga jalb etilgan.
Kafedra xorijiy universitetlar bilan ham samarali
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Hozirda quyidagi universitetlar bilan
hamkorlik ishlari olib borilmoqda:
· AQSh: Nyu-Meksiko shtat
universiteti, Kaliforniya shtat universiteti, Chikago universiteti, Texas
qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universiteti
· Buyuk Britaniya: Oksford
universiteti
· Ispaniya: Madrid politexnika
universiteti
· Italiya: Turin politexnika
universiteti
· Rossiya: Moskva Energetika
instituti, K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti
Mazkur hamkorliklar doirasida o‘quv-uslubiy va ilmiy
tadqiqotlar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Kafedra xalqaro va mahalliy
hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda.
Xalqaro maqolalar.
1. Ya’qubjon Chulliyev, Farrukh Kucharov, Karabaev Ibragim Analysis of the efficiency of the use of electricity at the pumping station (Ramadan) https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/3152/1/030006/3298551/Analysis-of-the-efficiency-of-the-use-of?redirectedFrom=PDF
2.Almardon Mustafoqulov, Rustam Baratov, Zafar Radjapov, Sardor Kadirov and Bogibek Urinov Angular displacement measurement and control sensors of agricultural robot-manipulators https://www.bio-conferences.org/articles/bioconf/abs/2024/24/bioconf_aegisd-iv2024_03003/bioconf_aegisd-iv2024_03003.html
3.A Djalilov, O Nazarov, E Sobirov, I Gayipov, D Abdunabiev and S Urolov Research of ultrasonic sensors for measuring water flow in hydromelioration objects IOP Publishing doi:10.1088/1755-1315/1390/1/012023 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/1390/1/012023
4. Y.T. Adilov Influence of operation of an
adjustable electric drive of a centrifugal pump on the level of pollution by
electromagnetic interference AIP Conf. Proc. 3152, 050020 (2024) https://doi.org/10.1063/5.0218851
5. Rustam Baratov, Murodjon Begmatov, Almardon Mustafoqulov*, Farrukh Kucharov and Erkin Sabirov Study on the methods of measuring power of the rotating mechanisms https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343401014
6.Rustam Baratov and Himola Valixanova Smart system for early detection of agricultural plant diseases in the vegetation period https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2023/23/e3sconf_gisca2023_01007/e3sconf_gisca2023_01007.html
7. Rustam Baratov and Almardon Mustafoqulov Smart angular displacement sensor for agricultural field robot manipulators https://www.e3sconferences. org/articles/e3sconf/abs/2023/23/e3sconf_gisca2023_03008/e3sconf_gisca2023_03008.html
8. Aktam
Denmukhammadiev , Abror Pardaev , and Erkin Sobirov A priori data on pre-sowing
treatment and primary experiments on electric heating of onion seeds https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/71/e3sconf_icecae2023_01018.pdf
9. Aktam Denmukhammadiev* , Abror Pardaev, Farrukh Kucharov, and Lobar Nasimova Electronic-physical model that determines thermal conductivity of walls made of various materials https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/38/e3sconf_conmechydro23_04038.pdf
10. A. M. Plakhtiev, G. A. Gaziev, Y. A. Meliboev, O. Doniyorov, J. K. Ibragimov Nonlinearity of static characteristics of contactless wide-band high-current converters of electric power control and management systems https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/2612/1/050043/2880321/Nonlinearity-of-static-characteristics-of?redirectedFrom=fulltext
11. A. M. Plakhtiev, G. A. Gaziev, Y. A. Meliboev, O. Doniyorov, J. K. Ibragimov Contactless Wide-Band High-Current Ferromagnetic Converters for Monitoring and Control Systems in the Electric Power Industry https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85151345223&origin=resultslist&sort=plf-f
12. A. M. Plakhtiev, G. A. Gaziev, O. Doniyorov, X. Murodov High-current contactless ferromagnetic converters for multi-profile monitoring and control systems https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85169674000&origin=resultslist&sort=plf-f
13.A Djalilov, E Sobirov, O Nazarov, S Urolov and I Gayipov Study on automatic water level detection process using ultrasonic sensor https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/1142/1/012020
14 . I. Kh. Siddikov, A. B. Abubakirov, A. U. Djalilov, T. U. Kurbaniyazov, A. A. Abdumalikov Statistical descriptions of multiphase current sensers of reactive power control systems in renewable power supply power systems https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/2789/1/060002/2900110/Statistical-descriptions-of-multiphase-current?redirectedFrom=fulltext
15. Anvar Djalilov, Erkin Sobirov1, Umida Tasheva2, Irina Allenova2 and Jasur Abdunabiyev Determining the economic efficiency of the intelligent system in an irrigation network https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2023/80/e3sconf_etesd2023_01005/e3sconf_etesd2023_01005.html
Xalqaro hamkorlarimiz.
- Nyu Meksiko shtat universiteti (AQSH).
- Kaliforniya shtat universiteti (AQSH).
- Chikago universiteti (AQSH).
- Texas qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universiteti (AQSH).
- Oksford universiteti (Buyuk Britaniya).
- Madrid politexnika universiteti (Ispaninya).
- Turin politexnika universiteti (Italiya).
- Moskva Energetika instituti (Rossiya).
- K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti (Rossiya).
- Shimoliy Dakota Shtat universiteti (AQSH).
Mahalliy
hamkorlarimiz.
- O‘zStandart agentligi, O‘zbekiston milliy
metrologiya instituti
- Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab
chiqarish korxonasi.
- “MMM Energy” MCHJ korxonasi.
- Yashnaobod “Texnopark”.
- “O’zbek Ekspertiza” AJ.
- “TOSHELEKTROAPPARAT”
MCHJ XK.
Kafedra xodimlari
Baratov Rustam Jalilovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidromelioratsiya boshqaruv obyektlarining nazorat-o’lchash tizimlarini intelektuallashtirish.
+99871-237-19-65
Adilov Yalkin To’ychiyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Elektr yutimani adaptiv boshqarish
Dars beradigan fanlar: Elektr mashinalar va elektr yuritma, Elektrotexnika va elektronika asoslari
+99871-237-19-65
Plaxtiyev Anatoliy Mixaylovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Эффективные измерительные безразрывные преобразователи для систем контроля и управления в электроэнергетике
Dars beradigan fanlar: Asbobsozlikda elektrotexnik materiallar, Elektrotexnikaning nazariy asoslari
+99871-237-19-65
Denmuxammadiyev Aktam Mavlonovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: «Режим работы электроувлажнителя семян подключенного к источнику электрической энергии комбинираванного типа»
Dars beradigan fanlar: Noelektrik kattaliklarni elektr o’lchashlar, Injenerlik eksperimentlari va eksperimental statistika, Injenerlik etikasi
+99871-237-19-65
Gapparov Akbar Umirovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar
Dars beradigan fanlar: Obyektga yo’naltirilgan programmalash tillari, Algoritmlar va programmalash, Sanoat robotlari
+99871-237-19-65
Choʻlliyev Yaʼkub Ergashovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar
Dars beradigan fanlar: Algoritmlar va programmalash, Elektrotexnika va elektronika asoslari, Mexatron sistemalarni loyihalash
+99871-237-19-65
Djalilov Anvar Urolovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidromeliorativ obyektlarda suv sarfini o’lchash va nazorat qilishning intellectual tizimi
Dars beradigan fanlar: Intellektual o’lchash tizimlari, Elektrotexnikaning nazariy asoslari, Elektr o’lchashlar va instrumentlar
+99871-237-19-65
Nuraliyev Almuhan Kalpakbayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: «Elektromagnitli titratgich»
Dars beradigan fanlar: Mikroelektronika asoslari, Elektronika va sxemalar, Intellektual datchiklar va sistemalar, Elektrotexnik, elektron sistemalar va texnologiyalar, programmali mantiqiy kontrollerlar
+99871-237-19-65
Begmatov Murodjon Turgʻun oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Aylanuvchi mexanizmlar quvvatini o’lchash va nazorat qilish intelektual datchigi
Dars beradigan fanlar: Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar, Elektrotexnikaning nazariy asoslari
+99871-237-19-65
Pardayev Abror Ismatullayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sabzavot o'simliklari urug'lariga ishlov beruvchi elektr qurilmaning texnik talablarini asoslash
Dars beradigan fanlar: Elektrotexnika va elektronika asoslari, Elektrotexnikaning nazariy asoslari, Zanjirlar nazariyasi asoslari
+99871-237-19-65
Sabirov Erkin Ergashovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Segmentli gidrotexnik zatvorlar uchun avtoparametrik rezonansli burchak tezlanish datchikini ishlab chiqish
Dars beradigan fanlar: Elektrotexnika va elektronika asoslari, Elektr mashinalar va elektr yuritma, Yo’nalishga kirish
+99871-237-19-65
Inag’omova Himolaxon Sunnatilla qizi
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo'jaligi o'simliklarining fiziologik holatini kuzatish uchun intelektual datchigi
Dars beradigan fanlar: Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar, Mikroelektromexanik sistemalarni loyihalash, Robotlarning sezish sistemalari
+99871-237-19-65
Ko’charov Farrux Jabbor o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Katta quvurlarda ikki fazali suyuqliklar sarfini o‘lchashning adaptiv datchigi
Dars beradigan fanlar: Elektronika va sxemalar, Elektrotexnikaning nazariy asoslari, Zanjirlar nazariyasi asoslari, Robotlar va mashinalarning sezish sistemalar, Intellektual datchiklar va sistemalar
+99871-237-19-65
Mustafoqulov Alimardon Mamatovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jalik robot-manipulyatorlari boshqaruv tizimlarida burchak siljishni o‘lchashning adaptiv (intellektual) datchigi
Dars beradigan fanlar: Elektronika va sxemalar, Elektr mashinalar va elektr yuritma, Mikroelektronika asoslari, Signallar va sistemalar
+99871-237-19-65
Nazarov Oybek Abdulhamidovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar va texnologiyalar
+99871-237-19-65
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Optoelektron va lazerli asboblar (Magistratura) | Kursning maqsadi – talabalarga kvant elektronikasining fizik asoslari, ularning elementlar bazasi hamda ular asosida rivojlanayotgan optoelektron va lazerli qurilmalar va asboblardan amalda foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda optoelektron va lazerli o‘lchash asboblari va qurilmalari ishlash prinsiplari, elementlar bazasi, optik tolali aloqa kanallari, meditsina sohasida ishlatilayotgan optoelektron va lazerli diagnogstika va davolash qurilmalaridan amalda foydalana olish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 2 | Elektromagnit moslashuvchanlik (Magistratura) | Kursning maqsadi – talabalarga elektromagnit muvofiqlik, uning fizik prinsiplari, informatsion o‘lchash tizimlarining har xil tashqi ta’sirlarga turg‘unligi, elektromagnit moslashuvchanlik muammolarining paydo bo‘lish sabablari haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda elektromagnit muvofiqlik muammolarining paydo bo‘lish sabablari, informatsion o‘lchash tizimlarining har xil tashqi ta’sirlarga turg‘unligi, shovqinlarni analiz va sintez qilish, elektromagnit muvofiqlik shartlarini yaxshilash, me’yor va parametrlar, elektromagnit muvofiqlikni matematik va fizik modellashtirish, tashqi radioelektron sistemalar tomonidan hosil qilinayotgan buzuvchi signallar quvvatini aniqlash haqida amaliy bilimlar berishdan iborat. |
| 3 | Intellektual datchiklar va sistemalar (Magistratura) | Kursning maqsadi – talabalarga fizik kattaliklar yoki parametrlarni bevosita o‘lchash jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash, o‘lchash jarayonini sun’iy intellekt yordamida boshqarish prinsiplari haqida nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda tashqi faktorlar ta’sirida o‘z – o‘zini kalibrlash, tashxis qo‘yish, nosozliklarni aniqlay olish, o‘lchash va nazorat qilish aniqligini va natijaning haqqoniyligini baholash maqsadida atrof – muhit ta’siriga moslashish va diapazonni o‘zgartira olish prinsiplariga ega bo‘lgan o‘lchash va nazorat qilish tizimlari va ularni ishlatish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 4 | Raqamli tasvirlarni qayta ishlash (Magistratura) | Kursning maqsadi – talabalarga raqamli tasvirlarni qayta ishlash algoritmlari va usullari, raqamli tasvirlarni qayta ishlashda amaliy masalalarni echish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda matematik morfologiyadan foydalangan holda raqamli tasvirlar segmentatsiyasi, ularni qayta ishlash algoritmlari va tahlil qilish, Fure tez almashtirish usulidan foydalangan holda raqamli tasvirlarni qayta ishlash, tasvirlarning hajmini kamaytirish va tasvirlar sifatini yaxshilash algoritmlari va videoketmaketliklardan amalda foydalana olish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 5 | Sun’iy intellect (Magistratura) | Kursning maqsadi – talabalarga sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqishda foydalaniladigan modellar, usullar, vositalar va programmalash tillari, sun’iy intellekt yordamida echimni izlash usullari haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi– talabalarda bilimlarni tasavvur etish va qayta ishlash, neyron tarmoqlarning asosiy modellari, ularni o‘rganishning algoritmlari va usullari, ekspertlik tizimlari ishlab chiqish bosqichlari va tabiiy tilda muloqat qilish tizimini ishlab chiqish va amalda foydalana olish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 6 | Signallar va sistemalar (Magistratura) | Kursning maqsadi – talabalarga
turli signallarni tahlil qilish, qayta ishlash va o‘zgartirish usullari, ularni
aloqa kanallari orqali uzatish, ko‘p o‘lchamli signallarni raqamli signallarga
o‘zgartirish va qayta ishlashning matematik ifodalari, zamonaviy algoritmlari
va programma vositalari haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat.
Kursning vazifasi - talabalarda har xil shaklga ega bo‘lgan signallarning nazariy asoslari va ularni qayta ishlashning matematik apparatlari, telekommunikatsion sistemalar, kodlash, signallarning modulyasiya prinsiplari, ma’lumotlarni signallar orqali ifodalash usullari, signallarni raqamli signallarga o‘zgartirish va qayta ishlash usullari va vositalari, algoritmlari, eksperimentlar asosida signallarning xususiyatlari va parametrlarini aniqlashdan amalda foydalana olish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 7 | Elektr yuritmani adaptiv boshqarish (Magistratura) | Fanning maqsadi–magistrlarga turli elektr yuritmalarni adaptiv boshqarishning prinsiplari, usullari va elementlari, elektr yuritmaning ish jarayonida unga tashqi taʼsirlar va adaptiv qaror qabul qilish haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Fanning vazifasi-magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, elektr yuritmalarni turli adaptiv boshqarish usullaridan amalda foydalana olish boʻyicha amaliy koʻnikma hosil qilishdan iborat. |
| 8 | Elektr va elektron zanjirlarni modellashtirish (SIMULINK) (Magistratura) | Fanning maqsadi – magistrlarga modellashtirish boʻyicha nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, elektr va elektron zanjirlarda roʻy beradigan fizik hodisalarni zamonaviy programma vositalari, jumladan SIMULIK da modellashtirish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, elektr va elektron zanjirlarni programma vositalari, jumladan SIMULIKda matematik modelini ishlab chiqish va elektr va elektron zanjirlarning ishonchliligini taʼminlashda turgʻun va dinamik rejimlarni tahlil qilish hamda ularning optimal yechimlarini aniqlash usullarini oʻrgatishdan, qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 9 | Asbobsozlikda elektrotexnik materiallar (Magistratura) | Fanning maqsadi – magistrlarda asbobsozlikda va oʻlchash tizimlarida elektrotexnik materiallarni qoʻllash, ularning tuzilishi, fizik xususiyatlari va ishlash prinsiplari boʻyicha nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar berishdan iborat. Fanning vazifasi– magistrlarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, asbobsozlikning elektrotexnik materiallari turlari, xususiyatlari, tuzilishi, koʻrsatkichlaridan amalda foydalana olish boʻyicha koʻnikmalarni hosil qilishdan iborat. |
| 10 | Injenerlik eksperimentlari va eksperimental statistika (Magistratura) | Fanning maqsadi – magistrlarga injenerlik eksperimentlarini tashkil etish, eksperimentda ishlatiladigan oʻlchash asboblaridan toʻgʻri foydalanish, eksperimental olingan statistik natijalarni qayta ishlash va regression tahlil haqida bilim berishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrlarni eksperimentlar tadqiqotlar olib borishda olingan natijalarni tahlil qilish va tasdiqlash, samarali modellarni ishlab chiqish va oʻlchash asboblaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilishdan iborat. |
| 11 | Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar (Magistratura) | Fanning maqsadi - magistrlarda hozirgi zamon raqamli texnika asoslari, raqamli texnikada ikkilik, oʻnlik va oʻn oltilik sanoq sistemalar asosida tuzilgan mikroprotsessor va mikrokontroller tizimlarining nazariy asoslari, ishlash prinsiplari va ular asosida tuzilgan raqamli sistemalar, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, analog signallarni raqamli signallarga aylantirishning integral sxemalari asoslarini, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikaning ilgʻor programma vositalarini qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 12 | Mikroelektronika zanjirlari (Magistratura) | Fanning maqsadi - magistrlarda zamonaviy mikroelektronika elementlari, ulardagi fizik jarayonlar, elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ular yordamida turli mikroelektronika qurilmalarini ishlab chiqish haqida, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrlarni zamonaviy mikroelektronika elementlari va ulardagi fizik jarayonlar haqida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 13 | Noelektrik kattaliklarni elektr oʻlchashlar.Intellektual datchiklar. (Magistratura) | Fanning maqsadi – magistrlarga noelektrik kattaliklarni elektr usulida oʻlchash usullari, ularning texnik vositalari, texnik tavsiflari, zamonaviy intellektual datchiklar va ularning tuzilish prinsipi haqida bilim berishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrlarni noelektrik kattaliklarni elektr oʻlchash usullari va texnik vositalari haqida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitish, zamonaviy intellektual oʻlchash datchiklari va ularning programma vositalaridan foydalana olish boʻyicha amaliy koʻnikmaga ega boʻlishi hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 14 | Obyektga yoʻnaltirilgan programmalash tillari (magistratura) | Fanning maqsadi – magistrlarga intellektual oʻlchash tizimlari va asboblaridan turli texnologik jarayonlarda foydalanishning samarali programma vositalarini ishlab chiqish, oʻlchash tizimlarida zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar kabi texnik vositalarning programmalarini yaratish, ularni malakali loyihalash kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, intellektual oʻlchash tizimlari va ularning programma vositalarini qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga samarali tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 15 | Sanoat robotlari | Kursning maqsadi – talabalarga sanoat va texnologik robotlar hamda manipulyator, ularni programmalashtirish va loyihalash xususiyatlari, turli maqsadlar uchun robotlarni loyihalash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda mexatronika va robototexnika asoslari, robotlarning turli elektron qurilmalarini yig‘ish, rostlash, sozlash va turli ish rejimlarini algoritmlash va programmalash, loyihalash bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 16 | Robotlar va mashinalarning sezish sistemalari | Kursning maqsadi – talabalarga yuqori texnologiyalar ishlatiladigan sanoat mashinalarida tasvirlardan zaruriy ma’lumotlarni olish, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash usullari va ularning texnik vositalari haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda tasvirlarda aks etadigan ma’lumotlar, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash usullari va ularning texnik vositalari, ob’ektlarni qayd etish, ob’ektlarni bilish va identifikatsiyalashdan amalda foydalana olish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 17 | Elektromagnit maydon va to‘lqinlar | Kursning maqsadi - talabalarga elektrodinamika asoslari, har xil muhitda elektromagnit to‘lqinlar tarqalishining umumiy nazariyasi haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda elektromagnit to‘lqinlarning turlari, ularni uzatish usullari va texnik vositalari, elektrodinamikaning asosiy qonunlarining integral, differensial va kompleks shakllari, elektromagnit to‘lqinlarning turli muhitda tarqalish qonuniyatlari, elektromagnit to‘lqinlarni hisoblashni kompyuterda modellashtirish, antennalar va ularda signallarni uzatish va qabul qilish usullari hamda ulardan amalda foydalana olish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 18 | Elektrotexnik, elektron sistemalar va texnologiyalar | Kursning maqsadi - talabalarga zamonaviy
elektrotexnik qurilmalar, kommutatsion apparatlar, boshqaruv tizimlari, ularni
ishlab chiqish texnologiyalari haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi - talabalarda zamonaviy elektrotexnik qurilmalar va majmualar, ularni ishga tushirish va kommutatsion apparatlar, boshqaruv tizimlari, turg‘un va dinamik rejimda texnik xarakteristikalari, ularni ishlab chiqish texnologiyalari hamda ulardan amalda foydalana olish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 19 | Programmali mantiqiy kontrollerlar | Kursning maqsadi - talabalarga mantiqiy kontrollerlar yordamida sanoat qurilmalarini boshqarishning programma vositalarini ishlab chiqish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, rostlash va sozlash, ulardan foydalanishda texnik nazoratni amalga oshirish, diagnostika usullari va ulardagi nosozliklarni aniqlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda turli texnologik jihozlarni boshqarishda programmali mantiqiy kontrollerlardan (PMK) foydalanish, PMK larning ishlash prinsipi va sxemalari, texnik parametrlari va xarakteristikalari, ularning ishlash algoritmlari va programmalash vositalari, ularning kirish/chiqish modullarini tanlash, mikroprotsessorli boshqaruvda PMK yordamida aloqa tizimlarini tanlay olish bo‘yicha amaliy ko‘nikma berishdan iborat. |
| 20 | Elektr tarmoqlari va tizmlari. Yuqori kuchlanish elektronikasi | Kursning maqsadi –
talabalarga har xil turdagi elektr tarmoqlari va tizimlari elementlari,
ishonchli elektr ta’minot tizimi, ularni loyihalashda asosiy parametrlarni
tanlash, yuqori kuchlanish elektronikasi asoslari haqida nazariy bilimlarni
shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda elektr energiyasini uzatish va taqsimlashning asosiy xarakteristikalari, elektr uzatish liniyalarining konstruktiv bajarilish prinsiplari, elektr energetika sistemalari ish rejimlarini hisoblash asoslari, ish rejimlarini rostlash usullari, tarmoqlarda elektr energiyasi isrofini kamaytirish chora – tadbirlari, tarmoqlarda kuchlanish va chastotani rostlash prinsiplaridan amalda foydalana olish kabi ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 21 | Elektr va elektron zanjirlarni modellashtirish (SIMULINK) | Kursning maqsadi - talabalarga hozirgi zamon elektrotexnik qurilmalar, elektr va mikroelektronika hamda raqamli sistemalar zanjirlarini modellashtirishning zamonaviy vositalari hamda paket programmalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda injenerlik masalalarini modellashtirish va ularning programma vositalari, zamonaviy ilg‘or informatsion texnologiyalarni qishloq va suv xo‘jaligi, irrigatsiya sohasiga tadbiq etish, elektr va elektron zanjirlar programma vositalari, jumladan SIMULIKda matematik modelini ishlab chiqish, elektr va elektron zanjirlarning ishonchliligini ta’minlashda turg‘un va dinamik rejimlarni tahlil qilish hamda ularning optimal echimlarini aniqlash usullaridan foydalana olish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 22 | Mikroelektromexanik sistemalarni loyihalash (MEMS) | Kursning maqsadi - talabalarga hozirgi zamon MEMS va ularni loyihalash usullari va texnologiyalaridan foydalana olish, ularni joriy etish, mikromashinalar va ularning detallari loyihalarini tayyorlash, MEMS larni qadoqlash texnologiyalari, sistemalar integratsiyasi va qadoqlash, detallarni yig‘ish, mikromashinalar va mikrodatchiklarni boshqarish sxemalari va programma kodlarini loyihalash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda MEMS ni loyihalash, ularni loyihalashda ishlatiladigan mikroelektronika elementlari, eng ilg‘or paket programmalar hamda ulardan foydalana olish, ularni sanoatning turli sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv asosida amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 23 | Birlashtirilgan sistemalar | Kursning maqsadi - talabalarga turli texnologik jarayonlar parametrlarini o‘lchash va nazorat qilishda samarador mikroprotsessor hamda mikrokontrollerlardan foydalana olish, ularda vujudga keladigan nosozliklarni aniqlash, tegishli ob’ektrlar uchun shunday o‘lchash va nazorat tizimini loyihalay olish haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarni nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitib, zamonaviy birlashtirilgan sistemalar, mikroprotsessorlar, mikrokontrollerlar va ularning tarkibiy qismlari, elementlari hamda ilg‘or programma vositalarini qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 24 | Mexatronika asoslari | Kursning maqsadi - talabalarga turli elektromexanik, elektrogidravlik, elektropnevmatik,mikroelektronika elementlari va raqamli texnika vositalaridan tashkil topgan sistemalar, ular o‘rtasida energiya va ma’lumotlar almashinish, ularni boshqarish va nazorat qilish tizimlari, sun’iy intellekt elementlaridan foydalana olish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda sifat jihatdan yangi bo‘lgan injenerlik modullari va mashinalarni loyihalash usullari, mikroelektronika elementlari, raqamli texnika vositalari, sun’iy intellekt elementlaridan va programmalash vositalaridan foydalangan holda turli mexanizmlarda intellektual nazorat va boshqarish tizimlarini qo‘llay olish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 25 | Texnik ekspertizada injenerlik eksperimentlari va eksperimental statistika | Kursning maqsadi - talabalarga turli injenerlik masalalarini echishning mavjud usullari, turlaridan foydalana olish, ob’ektning strukturasi, xarakteristikasini aniqlay olish, injenerlik eksperimentlaridan olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash usullari hamda eksperiment yordamida inson faoliyati uchun muhim bo‘lgan natijalarni olish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifasi – talabalarda injenerlik masalalarini modellashtirish, ularni echishning mavjud usullari, injenerlik eksperimentlari va ularda zamonaviy texnik o‘lchash usullari va vositalaridan foydalanish, o‘lchash xatoliklarini baholash, natijalarni statistik tahlil qilish va qayta ishlash usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
| 26 | Injenerlik etikasi | Kursning maqsadi – talabalarda kelgusida professional majburiyatlarini bajarishda zarur bo‘ladigan kasbiy burch, sharaf va turli mijozlar bilan muloqat madaniyati kabi tushunchalarini shakllantirish hamda muayan kasbiy faoliyati doirasida tarixan shakllangan axloqiy me’yorlarga amal qilish haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Kursning vazifalari - talabalarda mehnat jamoasiga yoki uning har bir a’zosiga bo‘ladigan munosabatlar, jamoaning birligini ta’minlash, yuzaga kelgan qarama – qarshiliklarni bartaraf etishning samarali echimini topish, jamoada ishbilarmonlik muhitini va professional imidjni shakllantirish, ushbu professiya egalariga zarur bo‘ladigan axloqiy sifatlar haqida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
| 27 | Mikroelektronika asoslari | Fanning maqsadi - talabalarda zamonaviy mikroelektronika elementlari, ulardagi fizik jarayonlar, elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ular yordamida turli mikroelektronika qurilmalarini ishlab chiqish haqida, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni zamonaviy mikroelektronika elementlari va ulardagi fizik jarayonlar haqida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 28 | Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar | Fanning maqsadi - talabalarda hozirgi zamon raqamli texnika asoslari, raqamli texnikada ikkilik, oʻnlik va oʻn oltilik sanoq sistemalar asosida tuzilgan mikroprotsessor va mikrokontroller tizimlarining nazariy asoslari, ishlash prinsiplari va ular asosida tuzilgan raqamli sistemalar, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, analog signallarni raqamli signallarga aylantirishning integral sxemalari asoslarini, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikaning ilgʻor programma vositalarini qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
| 29 | Metrologiya va elektr o‘lchashlar | Metrologiya va elektr o‘lchashlarga doir me’yoriy va huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, o‘lchashning nazariy asosi bo‘lgan metrologiya fanini o‘rganish, o‘lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o‘rganishdan iborat. Fanning vazifasi - mamlakatimizda va xalqaro miqyosda elektr o‘lchash va metrologiya sohalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, raqamli texnika va ilg‘or texnologiyalarni sohaga tatbiq etishdir. |
| 30 | Elektr mashinalari va elektr yuritma | Fanning maqsadi- Elektr mashina va elektr yuritma fanidan nazariy va amaliy jihatdan puxta tayyorlab, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr mashina va elektr yuritmalarning ishlash prinsipi va ularni to‘g‘ri tanlashni malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rgatishdan iboratdir. Fanning vazifasi – elektr mashina va elektr yuritmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni yig‘ish va ulashni, xarakteristikalarini, ishga tushirish va tormozlab to‘xtatish prinsiplarini, boshqarish sxemalarini tuzishni, ularning quvvatini to‘g‘ri tanlashni hisoblashni hamda ulardan samarali foydalanishni o‘rganishdir. |
| 31 | Elektrotexnika va elektronika asoslari | Fanning maqsadi- Elektrotexnika, Elektronika va Avtomatika sohasida fan va texnika yutuqlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tadbiq qila oluvchi injener-bakalavr sifatida shakllanishiga ko‘maklashishdir. Fanning vazifasi - elektrotexnika, elektronikaning asosiy qonunlari, elektr va elektron zanjirlarni tahlil qilish va hisoblash usullarini, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va uning texnik servisi sohasida ishlatiladigan elektrotexnik qurilmalarning konstruksiyasi va ish rejimlarini, elektrotexnik apparat va mashinalarni tanlab olish, manbaga ulash, ularni boshqarish va xavfsiz samarali ishini ta’minlashda amaliy tajribaga ega bo‘lishdir va o‘rganishdir. |
| 32 | Elektrotexnikaning nazariy asoslari | Fanning maqsadi- elektrotexnik uskuna va jihozlarning elektr va magnit zanjirlarini malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rganishdan iboratdir. Fanning vazifasi - elektrotexnikaning nazariy asoslari qonunlari, o‘zgarmas tok, o‘zgaruvchan tok, chiziqli va nochiziq zanjirlar hamda elektromagnit maydonni hisoblash, elektr zanjirlarini tahlil va sintez qilishni o‘rganish, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotda keng ishlatiladigan elektrotexnik, elektron qurilmalarning va turli elektr o‘zgartgichlarning ekvivalent elektr zanjirlarini hisoblashni o‘rganishdir |
| 33 | Algoritmlar va programmalash | Fanning maqsadi –talabalarga mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar uchun ishlab chiqilgan programma vositalarini o‘qiy olish, ushbu programma vositalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, rostlash, ishlab chiqish, kompilyatsiya qilish va ularni xotiraga yuklash jarayonlarini o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifasi – mamlakatimizda va xalqaro miqyosda mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar programma vositalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikalar va ilg‘or informatsion texnologiyalarni suv xo‘jaligi va irrigatsiya sohasiga tadbiq etishdir. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=634
Kafedra mudiri: Baratov Rustam Jalilovich
Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00