"Qurilish muhandisligi" kafedrasi

“Qurilish muhandisligi” kafedrasi tarixi

Kafedra 1929-yilda “O‘rta Osiyo irrigatsiya va suv xo‘jaligi instituti” tarkibida “Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash” nomi bilan tashkil etilgan va keyinchalik kafedra “Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va texnologiyasi” nomini olgan.

Kafedra faoliyatiga 1929-1945-yillarda professor V.V. Apolosov, 1945-1966-yillarda professor Ye.G. Pospelov, 1966-1982-yillarda professor A.G. Ostankov, 1982-1989-yillarda dotsent A.M. Valijonov, 1989-1993-yillarda dotsent P.U. Aliqulov, 1993-1999-yillarda dotsent N.R. Raxmatov, 1999-2004-yillarda professor B.B. Hasanov, 2004-2012-yillarda dotsent G.T. Davronov, 2012-2019-yillarda dotsent L.X. Irmuxamedova, 2019-2021-yillarda katta o‘qituvchi G.L. Firlina, 2021-2024-yillarda dotsent F.R. Yunusova rahbarlik qilishgan. 2024-yil 01-martdan kafedraga texnika fanlari doktori, professor B.B. Hasanov rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada professorlar E.F.Bulayevskiy, V.S.Shuvayev, A.G.Ostankov, dotsentlar E.G.Travin, M.M.Shapshal, Z.I.Shvab, K.K.Shubladze, E.M.Ostrovskiy, B.B.Korjavin, A.Ya.Sayganov, G.S.Bolshina, D.G.Qodirova, N.V.Marxlevskiy, katta o‘qituvchilar A.N.Markanov, N.V.Raximova, N.P.Kisilev, L.A.Gavrilenko, M.A.Ashrabova va P.A.Ostankov faoliyat yuritishgan.

Kafedrada, bajarilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha amaliy tajriba mavjud bo‘lib, Katta Farg‘ona kanali qurilishi va Mirzacho‘lni o‘zlashtirish yillaridan boshlab, hozirgi vaqtgacha professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ilmiy yechimlarini xalq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etmoqdalar. Jumladan, professor V.F. Bulayevskiy rahbarligida Katta Farg‘ona kanalidan suvning shimilishga sarflanishini kamaytirish maqsadida kanalning ichini quyma beton bilan qoplash texnologiyasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Olimlar B.B. Korjavin va N.V. Marxlevskiy 1970-yillarda O‘zbekiston sharoitida gruntli to‘g‘onlarni gidromexanizatsiya usulida qurish texnologiyasini yaratishgan. N.P. Kiselev va P.A. Ostankov beton texnologiyasini takomillashtirish doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan Qarshi magistral kanali, xo‘jaliklararo kanallar va ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarini qurishda foydalanishgan. Dotsent A.Ya.Sayganov va aspirant B.B. Hasanov 1980-1986-yillarda sug‘orish va zovur-kollektor tarmoqlarini qurishga mo‘ljallangan armaturasiz beton quvurlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi va uskunalarini yaratib, amaliyotga tadbiq etishgan. Professor A.G.Ostankov va assistent A.R.Muratov 1980-1990-yillarda yig‘ma temirbeton buyumlar tayyorlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqib, gidromeliorativ qurilishda qo‘llashgan.

2021/2022-o‘quv yilida kafedrada “Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi ochilgan.  Professorlar B.B. Hasanov, A.A. Abduvaliyev, S.A. Xodjayev, I.A.Kadirov  mazkur mutaxassislikning o‘quv rejasi va fanlarni o‘qitish dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga tadbiq etishgan.

Universitet va “O‘zbekgidroenergo” AJ o‘rtasida rasmiylashtirilgan “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum” doirasida “Qurilish materiallari va gruntlar mexanikasi” laboratoriyasi 2020-2023-yillarda rekonstruksiya qilingan. Laboratoriyani zamonaviy uskunalar va yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Laboratoriya jihozlarini tanlash va ekspertiza xulosasini olishda professorlar B.B.Hasanov, I.A.Kadirov, dotsent F.R.Yunusova katta hissa qo‘shishgan.

2023/2024-o‘quv yilida professor B.B. Hasanov tashabbusi bilan kafedrada “Qurilish muhandisligi” va “Qurilish nazorati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Qurilish muhandisligi” magistratura mutaxassisligi ochilgan. O‘quv rejalarini va fan dasturlarini yaratishda professorlar B.B.Hasanov, I.A.Kadirov, dotsentlar L.X. Irmuxamedova, F.R.Yunusova, A.R. Muratov, S.M.Meliqo‘ziyev, A.I.Azimov, katta o‘qituvchi G.L. Firlina, assistentlar Sh.M. Nazarova, M.Z.Radjabov, O.E. Atamuratov faol ishtirok etishgan.

Kafedra profiliga xos bo‘lmagan yangi “Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalaviriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik” magistratura mutaxassisligi professor-o‘qituvchilar G.L. Firlina, B.B.Hasanov tashabbusi bilan Avstriya Respublikasining Felder Group kompaniyasi hamkorligida 2023-yilda ochilgan va xalqaro hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoda yagona “Yog‘ochga ishlov berish innovatsion o‘quv markazi” tashkil etilib, 12 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlarning malakasi oshirilgan.  2024-yilda  professor-o‘qituvchilar B.B. Hasanov, A.I. Azimov,A.B.Murotov, M.Z. Rajabov “Felder Group” kompaniyasi tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida va  universitetda xorijiy stajirovkada bo‘lib, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlab kelishgan.

2025-yilda Germaniyaning “Eberswalde University for Sustainable Development” universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan xorijiy loyiha doirasida kafedrada “O‘zbekiston – Germaniya “DEMO HOUSE”” laboratoriyasi  tashkil etilgan.

Kafedrada “Qurilish muhandisligi”, “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Qurilish nazorati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida hamda “Qurilish muhandisligi”, “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik” magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi inobatga olinib, Universitet Kengashining 2025-yil 6-maydagi 12 sonli qarori va rektorning 2025-yil 25-iyuldagi 253-a/f – sonli buyrug‘iga asosan kafedraga “Qurilish muhandisligi” (rus tilida “Строителъная инженерия”, ingliz tilida “Civil engineering”) nomi berilgan.

1991-2025-yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilarining bajargan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari 7 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 6 ta ixtiro - patent, 10 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar, 10 dan ortiq tavsiyanoma va ma’lumotnomalarda aks ettirilgan.


Laboratoriyalarimiz

1.  “Yog‘ochga ishlov berish innovatsion o‘quv markazi”. O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan o‘quv markazida turli xil dasturlarni, shu jumladan talabalar uchun o‘quv kurslarini, xususiy kompaniyalar xodimlarini kasbiy tayyorlash, O‘zbekistonda yog‘ochga ishlov berish va mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan boshqa o‘quv tadbirlari amalga oshirishga hizmat qiladi.


Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:

1. “Теоретические и экспериментальные основы технологии бетона неармированных осесимметричных изделий с учётом цифровых технологи

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 29 noyabr kuni qishloq xojaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigilishi bolib otdi. Ozbekistondagi suv resurslarining 20 foizi ozimizda, katta qismi qoshni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta’sirida 2030 yilga borib O‘zbekistonda suv tanqisligi 15 milliard kub metrga yetishi bo‘icha prognozlar mavjudligi ta’kidlangan. Shu bois suv xo‘jaligida «kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil» e’lon qilindi. Kelgusi yilda 1 ming 500 kilometr, ya’ni bu yilgiga nisbatan 4 barobar ko‘p yirik kanallarni betonlash vazifasi belgilandi. 2025 yildan boshlab kamida 2 ming kilometrdan kanallarni betonlashga o‘tiladi. Shu vazifalardan kelib chiqib “Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi” kafedrasi tomonidan olib borilayotgan “Теоретические и экспериментальные основы технологии бетона неармированных осесимметричных изделий с учётом цифровых технологий” mavzusida olib borilmoqda. Mazkur ilmiy – tadqiqotlar 3 yilga mo‘ljallangan.


2. 10J/22-sonli “Do‘stlik tumanining “Navbahor”, “Hosil suvi”, “Shakarsoy”, “Jizzax ostonasi” ,“Mirzacho‘l tumanining “Turkiston”, “Yangi dala”, “Toshkent”, “Mustakillik kelajagi” va “Paxtazor” hududlaridagi lotok tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” mavzusidagi xoʻjalik shartnomasi. Mazkur ilmiy – tadqiqotlar 2 yilga mo‘ljallangan.


Xalqaro maqolalar

1.    Adilkhodjaev, Anvar., Kadyrov, Ilhom., Khasanov, Bakhridin., Radjabov, Mirzohid., Umarov, Isomiddin. Effect of binary microbrake based on "quartz+carbonate" additions on the properties of cement stone // AIP Conference Proceedings Publisher: American Institute of Physics Source type: Conference Proceedings. DOI: 10.1063/5.0267412

2.    Adilkhodjaev A.I., Kadyrov I.A., Kudratov B., . Xasanov B., Umarov I. On the structure of cement stone with fillers from metallurgical waste // XXVI International Scientific Conference “Construction the Formation of Living Environment” (FORM-2023). DOI: 10.1051/e3sconf/202341001020

3.    Khasanov B.B., Adilkhujaev A.E.,Choriev R.K., Azizova B.M., Rajabov M.Z.  Structure formation of hyper-compacted and modified concrete // E3S Web of Conferences Publisher:EDP Sciences Source type:Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202341003036

4.    Adilkhodzhaev, A., Kadirov, Ilkhoma., Kudratov, Bekzoda., Khasanov Bakhridin., Radjabov, Mirzokhid. Some aspects of the processes of obtaining and application of mineral powders as fillers for cement systems // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202341001021

5.    Kannazarova Z., Juliev M., Muratov A., Astanakulov K., Shavazov K. Bibliometric analysis of publications about soil salinity in Central Asia during 2000–2022 with a special look at the importance of drainage // Publisher:V.V. Dokuchaev Soil Science Institute Source type:Journal  DOI: 10.19047/0136-1694-2025-123-273-299

6.    Kannazarova, Zulfiya., Juliev, Mukhiddin., Abuduwaili, Jilili., Muratov, Ashirbek., Bekchanov, Fakhriddin. Drainage in irrigated agriculture: Bibliometric analysis for the period of 2017–2021 // Agricultural Water Management Publisher: Elsevier B.V. Source type: Journal DOI: 10.1016/j.agwat.2024.109118

7.    Kannazarova, Zulfiyaa., Juliev, Mukhiddina., Muratov, Ashirbeka., Abuduwaili, Jilili. Groundwater in the commonwealth of independent states: A bibliometric analysis of scopus-based papers from 1972 to 2023, emphasizing the significance of drainage. // Groundwater for Sustainable Development Publisher: Elsevier B.V. Source type: Journal DOI: 10.1016/j.gsd.2024.101083

8.    Akhmedov, Ikromali., Mirkhasilova, Zulfiya., Yakubov, Murat., Khojiev, Aliakbar., Irmuhamedova, Lyudmila. Recommendations for reducing sanding process in water wells // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202340101008

9.    Mirkhasilova, Zulfiyaa., Yakubov, Uratb., Irmuhamedova, Lyudmila. Irrigation of the cultivated area with groundwater from vertical drainage wells // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202126401015

10. Mirkhasilova Z., Irmuhamedova L., Kasymbetova S., Akhmedjanova G., Mirkhosilova M. Rational use of collector-drainage water.  // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering Publisher: IOP Publishing Ltd. Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1088/1757-899X/883/1/012092

11. Beknazarova, Zamira., Yunusova, Farida. Dependence of defoliating effect of defoliant on derivative of β-cl-ethylphosphonic acid // AIP Conference Proceedings Publisher: American Institute of Physics Source type: Conference Proceedings: DOI: 10.1063/5.0267350

12. Yakubov S.I., Mirzaev A.Z., Yunusova F.R., Beknazarova Z. Granulometric and microscopic analysis of glauconite-containing sandstones from the "changi" deposit, Parkent district // AIP Conference Proceedings Publisher: American Institute of Physics Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1063/5.0280703

13. Abduova, Aisulu., Aitugan, Meirbek., Baibatyrova, Bekzat., Yunusova, Farida Creating a Green Infrastructure and Optimizing the City’s Territory in Order to Maintain Sustainable Development // Sustainability (Switzerland) Publisher: Multidisciplinary Digital Publishing Institute (MDPI) Source type: Journal DOI: 10.3390/su17115024

14. Adilkhodjaev, Anvar., Kadyrov, Ilkhom., Kudratov, Bekhzod., Azimov, Doniyor., Abdullayev, Ulugbek. Effect of binary microfiller on structure formation of cement stone // AIP Conference Proceedings Publisher: American Institute of Physics Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1063/5.0267410

15. Adilkhodjaev A., Kadyrov I., Khasanov B., Radjabov M., Umarov, I. Effect of binary microbrake based on "quartz+carbonate" additions on the properties of cement stone // AIP Conference Proceedings Publisher: American Institute of Physics Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1063/5.0267412

16. Khasanov, Bakhridin., Irmuhamedova, Lyudmila., Firlina G., Mirzaev, Temur. Theoretical foundations of the structure formation of cement stone and concrete // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering Publisher: nIOP Publishing Ltd. Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1088/1757-899X/869/3/032032

17. Khasanov, Bakhridin., Irmuhamedova, Lyudmila., Firlina G., Mirzaev, Temur Theoretical foundations of the structure formation of cement stone and concrete // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering Publisher: nIOP Publishing Ltd. Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1088/1757-899X/869/3/032032

18. Rakhimov, Kudrat., Otakhonov, Makhsud., Melikuziyev, Sarvar., Sultonov, Rustam. The technology of using a jet pump to increase the efficiency of vertical drainage // BIO Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/bioconf/202410505016

19. Arifjanov, Aybek., Vokhidova, Umida., Tursunova, Elzac., Melikuziyev, Sarvar. A new method used in the process of cleaning channels from turbidity and sediments // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202450807005

20. Shoimurotov, Tuychia., Togaev, Isamiddinb., Akmalov, Shamshodbek., Babajanov, Farrukh., Melikuziyev, Sarvar. Оil- bitumum saturation Mesozoic and cenozoic deposits in central Asia // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202450807007 //

21. Bazarov, Dilshod.; Norkulov, Bekhzod; Jamolov, Farhod; Islamov, Karim.; Nazarova, Shokhida. Improvement of damless water intake methods taking into account the hydraulic and sediment regimes of the river // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202341005032

22. Bazarov, Dilshod.; Norkulov, Bekhzod.; Mamataliev, Adkham; Vafoeva, Ozoda; Nazarova, Shokhida.  Calculation of planned flows taking into account deformations of bottom sediments in a dam-free water intake // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202340101057

23. Khasanov, Bakhridin; Vatin, Nikolai; Choriev, Ruzimurat; Akhmedov S.; Nazarova, Shokhida. Change in the strength properties of modified concrete over time // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202336502017

24. Khidirov, Sanatjon.; Azimov, Azam.; Mamataliev, Adkham.; Khalmuradova, Ezoza.; Egamberdiyev, Alimardon. Methods of hydraulic design and calculation of low- and medium-pressure waterworks units // AIP Conference Proceedings Publisher: American Institute of Physics Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1063/5.0267259

25. Khidirov, Sanatjon; Artikbekova, Fotima; Azimov, Azam; Uljaev, Farokhiddin; Donoboyev, Jumaniyoz. Effect of flow velocity on downstream energy absorbers and velocity coefficient // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202340101047

26. Khidirov, Sanatjon.; Artikbekova, Fotima; Begmatov, Ilkhom; Azimov, Azam; Ismailov, Naim. Calculation of strength of stilling basins and pressure in downstream water outlet structures // E3S Web of Conferences Publisher: EDP Sciences Source type: Conference Proceedings DOI: 10.1051/e3sconf/202340101018 /


Xalqaro hamkorlarimiz
1. “FELDER GROUP” kompaniyasi, Avstriya 

2.  “Eberswalde University for Sustainable Development” universiteti, Germaniya 

3. Belarus Milliy Texnika Universiteti, Belarussiya 

4. Sankt-Peterburg Buyuk Pyotr nomidagi Politexnika Universiteti, Rossiya 

5. Moskva Davlat Qurilish Universiteti, Rossiya 6. Chongqing Universiteti, Xitoy 

7. M. O. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti, Qozog'iston


Mahalliy hamkorlarimiz

1  O'zbekiston Respublikasi Suv хo'jaligi vazirligi

2 O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi

3 «O‘zbekgidroenergo» AJ

 4 "O'zsuvqurilish" AJ



Kafedra xodimlari

Texnika fanlari doktori, professor, kafedra mudiri
Hasanov Baxridin Baratovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidrotexnika qurilishi.

b.hasanov@tiiame.uz

+99871-237-22-36

Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yunusova Farida Raxmonberdievna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qurilish materiallari.

Dars beradigan fanlar: Qurilish materiallari, Qurilish kimyosi, Yangi keramik materiallar olish texnologiyasi

f.yunusova@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Irmuxamedova Lyudmila Xasanovna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi

Dars beradigan fanlar: Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi, Gidrotexnika ishlarini bajarish, Qurilish ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi, Suv xo‘jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish.

l.irmuxammedova@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Katta o‘qituvchi
Firlina Galina Lvovna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv xo‘jaligi va meloratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

Dars beradigan fanlar: Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi, Gidrotexnika ishlarini bajarish, Qurilish ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi

g.firlina@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Muratov Ashirbek Raximovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidrotexnika qurilishi

Dars beradigan fanlar: Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi, Suv xo‘jaligi obyektlarini ta'mirlash va rekonstruksiya qilishni zamonaviy texnologiyalari, Qurilish ishlarini bajarishni zamonaviy texnologiyalari

a.muratov@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Assistent
Nazarova Shoxida Murodboy qizi

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi

Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika ishlarini bajarish

sh.nazarova@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Assistent
Radjabov Mirzohid Zokir o’g’li

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidrotexnika qurilishi

Dars beradigan fanlar: Qurilish materiallari, Gidrotexnika ishlarini bajarish

m.radjabov@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Katta o‘qituvchi, PhD
Melikuziyev Sarvarbek Maxmud o‘g‘li

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sug‘orish tizimlarini gidromexanizatsiya usulida tozalashni takomillashtirish

Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika ishlarini bajarish, Qurilish materiallari, Qurilish-montaj ishlarini bajarish uslublari

s.melikuziyev@tiiame.uz

+99890-944-65-75

Texnika fanlari doktori, dotsent
Kadirov Ilxom Abdullayevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Resurs va energiyatejamkor kompozitsion qurilish materiallari.

Dars beradigan fanlar: Qurilish materiallari, Bino va inshootlar konstruksiyalarni shikastlanish sabalari va buzilish oqibatlari

i.a.kadirov@tiiame.uz

+99871-237-19-97

"Qurilish muhandisligi" kafedrasi Katta o‘qituvchisi, PhD
Azimov A’zam Ismailovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidrotexnika qurilishi

Dars beradigan fanlar: Korxona ichki transporti, Yelimlangan materiallar texnologiyasi

a.azimov@tiiame.uz

+99871-237-19-97

Fakultet

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti
1946 yilda birinchi ayol-irrigator T.A.Kolpakova tashabbusi bilan «Kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurish» fakulteti tashkil etilgan va keyinchalik «Gidrotexnika qurilishi»...

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

Irrigasiya va meliorasiya ishlarini kompleks mexanizasiyalash suv xo'jaligi innovasion texnologiyalari tarkibiy qismi bo'lib, bunda barcha jarayonlarni asosiy va yordamchi sifatida kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtiruvchi, istiqbolli texnologiya va tashkiliy tadbirlar asosida yuqori samarali mashinalar va jixozlar tizimini qo'llash (joriy etish) demakdir.

2 Yangi keramik materiallar olish texnologiyasi

Talabalarning intellektini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish; talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini zamonaviy amaliy masalalarini echishga tadbiq qilishga o‘rgatish; talabalarda “Yangi keramik materiallar tehnologiyasi” fani bo‘yicha o‘quv rejalaridagi ixtisoslik va umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirishda olgan bilimlarini tadbiq eta bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.

3 Lоyihаlаshning хаlqаrо mе’yoriy bаzаsi(Magistratura)

Mаgistrlаrgа хаlqаrо tizimlаrgа muvоfiq lоyihаlаsh muаmmоlаrini hаl qilish prinsiplаri vа tехnоlоgiyalаri, zаmоnаviy mаtеriаllаrdаn хаlqаrо tizimlаr bo’yichа hisоblаsh vа lоyihаlаshning o’zigа хоs хususiyatlаrini hisоbgа оlishni,  оlingаn nаzаriy bilimlаrni хаlqаrо tizimlаr bo’yichа tаhlil qilish vа lоyihаlаshning аniq muаmmоlаrini shаkllаntirish vа hаl qilish uchun qo’llаshgа o’rgаtishdаn ibоrаt.

4 Qurilish buyumlаri vа kоnstruksiyalаrining rеsurs-enеrgiya tеjаmkоr tехnоlоgiyalаri(Magistratura)

Qurilish mаtеriаllаri vа buyumlаrini ishlаb chiqаrishdа enеrgiya vа mаtеriаl rеsurslаrni аrsiоnаl qo’llаsh mаsаlаlаrigа ilmiy vа muhаndislik yondаshishni mаgistrаntlаrdа shаkllаntirish.

5 Qurilish ishlаrini bаjаrishni zаmоnаviy tехnоlоgiyalаri(Magistratura)

Mаgistrаntlаrdа bаrchа turdаgi gidrоtехnik vа mеliоrаtiv qurilishi, kоmplеks tа’mirlаnishi vа rеkоnstruksiya qilish jаrаyonlаrini sаmаrаli tаshkil qilish, zаmоnаviy mаshinа-mехаnizmlаr, qurilish mаtеriаllаri, аsbоb-uskunаlаrni qo’llаsh аsоsidа ilg’оr ishlаb-chiqаrish, tехnоlоgik jаrаyonlаrini, qurilish ishlаrini, tаdbiq etish bo’yichа mutахаssislik prоfiligа mоs bilim, ko’nikmа vа mаlаkа shаkllаntirishdir.

6 Qurilishdа ilmiy-tехnik vаzifаlаrni yеchish usullаri(Magistratura)

Hоzirgi bоsqichdа qurilishdа ilm-fаn vа аmаliyotning zаmоnаviy muаmmоlаrini o’rgаnishgа аsоslаngаn hоldа, bеlgilаngаn ilmiy-tехnik muаmmоlаrni hаl qilish uchun tаdqiqоt dаsturi vа uslublаrini ishlаb chiqish

7 Qurilishdа sifаtni bоshqаrish(Magistratura)

Qurilishdа sifаtni bоshqаrish  tехnоlоgiyalаri vа vоsitаlаri to’g’risidа nаzаriy bilimlаrni  vа sifаtni tа’minlаshni tаshkiliy-huquqiy tаrtibigа riоya qilish аmаliy ko’nikmаlаrini shаkllаntirish.

8 Qurilish materiallari

“Qurilish  materiallari” fani talabalarga xom ashyoni tanlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish tasavvuriga ega bolishi, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xom ashyo va buyumlarni xozirgi zamon talabiga ko’ra energiya samaradorlik nuqtai nazaridan takomillashtirish, ularni turli maqsadlar uchun ishlatish  mumkinligini asoslash, texnik xossalarini saqlagan xolda, ularnin massasini yengillashtirish va ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkor texnoloiyalarni ta’minlash, metall, qotishma va metallmas materiallarning olinishini, tuzilishini, xossalarini, markalanishini, metallarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariy asoslarini va texnologik jarayonlarini, quyma olish texnologik jarayonlarini, metallarga bosim bilan ishlov berishni, materiallarni payvandlash, materiallarni kesib ishlash nazariy asoslarini o'rgatish vazifalarni bajaradi.

9 Qurilish ishlаrini tаshkil qilish vа tехnоlоgiyasi

Fan tаlаbаlаrgа suv хo`jаligi ob’еktlаri vа inshootlаri qurilishini zаmonаviy tаlаblаr dаrаjаsidа tаshkil qilish, ilg`or tехnologik jаrаyonlаrni qo`llаsh, bаrchа turdаgi ishlаrni komplеks mехаnizаtsiyalаsh mаsаlаlаrini yеchish аsoslаri,  suv хo`jаligi tizimidаgi loyihаlаsh, ishlаtish vа qurilish korхonа vа tаshkilotlаrning  tаshkiliy strukturаsi, ishlаrni, qurilishni tаshkil qilish, rеjаlаshtirish  vа boshqаrish o‘rgatadi.

10 Gidrotexnika ishlarini bajarish.

Fan talabalarga suv xo‘jaligi  ob’ektlari va inshootlari qurilishini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, ilg‘or texnologik jarayonlarni qo‘llash, barcha turdagi ishlarni kompleks tarzda mexanizatsiyalash masalalarini yechish asoslari, suv xo‘jaligi tizimidagi loyihalash, ishlatish va qurilish korxona va tashkilotlarning tashkiliy strukturasi, ishlarni, qurilishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarishni o‘rgatadi.

11 Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi

Ushbu fan talabalarga belgilangan ta’lim yunalishlar bakalavrlarining kasbiy faoliyati uchun zarur ma’lumotlar: grunt va boshka qurilish materiallariga ko‘yiladigan texnik va texnologik talablarni; yer ishlarini tashkil qilish va bajarish texnologiyalarini; beton va temir beton, maxsus ishlarni tashkil qilish va ularni mexanizmlar bilan bajarishdagi texnologik jarayonlarni; yirik kanallar va daryo o‘zanlaridagi suvni yig‘uvchi, qabul qilib oluvchi, o‘tkazuvchi, oqimni yo‘naltiruvchi, taqsimlovchi, yetkazib beruvchi kirgoklarni himoyalovchi hamda sizot va boshka suvlarni tizim xududidan chiqarib tashlashga, tabiiy resurslardan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanishga xizmat kiladigan, xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan gidrotexnik va meliorativ inshootlar qurilishida ishlarni tashkil qilish va bajarish texnologiyalarini; suv xo‘jaligi va melioratsiya ob’ektlarini mukammal ishlashini ta’minlashga xizmat kiladigan qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha mamlakatimiz, chet el ilg‘or tajribalarini va ilmiy texnika rivojlanishining eng yangi yutuqlarini; mehnat unumdorligini oshirish, qurilish, ta’mirlash va qayta jiqozlash ishlarini smeta baho qiymatini kamaytirish, sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilashning tashkiliy va texnologik asoslarini o‘rgatadi.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=628

Kafedra mudiri: Hasanov Baxridin Baratovich

Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00

Tel: +998712371997

E-mail: b.hasanov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: