Oliy ta’lim xodimlari uchun yangi imkoniyat
17.07.2025
Oliy ta’lim tizimi pedagoglari va mutaxassislari uchun “Andragogik yondashuv va interaktiv metodlar” yo‘nalishida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi ishlab chiqildi.
Kurs Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilib, ochiq onlayn kurslar — mk.bimm.uz platformasiga joylashtirildi.
Kurs bepul, masofaviy va istalgan vaqtda o‘qish mumkin!
Kurs sizga nima beradi?
- ➖Andragogika tamoyillari bilan tanishish
- ➖Interaktiv metodlardan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
- ➖Ochiq ma’ruzalarni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilimlar
20+ dan ortiq darslar sizni kutmoqda! Imkoniyatni boy bermang — o‘z ustingizda ishlashni bugunoq boshlang!