Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

17.07.2025

  2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

  ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;

  ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.

  Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.