TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Yakuniy imtihonlar nazoratga olinmoqda

2024-yil 26-aprel kuni kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan sirtqi yo'nalishida ta'lim olayotgan 4-bosqich talabalarining yakuniy test sinovlarini adolatli va shaffofligini taminlash maqsadida test sinovlarining o'tishi nazoratga olinmoqda.

Yakuniy nazorat imtihonlarida adolat va shaffoflikni taminlash, xususan, ushbu jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida imtihon jarayonlari nazorat qilib borilmoqda. Yakuniy nazorat imtihonlari boshlanishidan avval Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari tomonidan imtihonlarga mas'ullar va talabalarga imtihon jarayonlarida korrupsion va ta'magirlik xatti-harakatlariga yo'l quymaslik bo'yicha tushunchalar berib oʻtildi.