TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

“Siz qonunni bilasizmi?”

2024-yil 26-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti  talaba qizlarni  huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan “Ekologiya va huquq” fakulteti va “Gidrotexnika qurilishi" fakultetlarining Xotin-qizlar Kengashi hamkorligida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi  tashkil etildi. Tadbirda fakultet tyutorlar, talaba-qizlar ishtirok etdi. Tanlovda “Ekologiya va huquq” fakultetining “LADY LAWYERS”, "Gidrotexnika qurilishi" fakultetining “LADIES” jamoalari bellashdi. 

Jamoalar tomonidan tanlov shartlarini bajarilishini  baholash boʻyicha hakamlar hay’ati a’zolari “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi X.Nazarov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari  D.Axmedova, N.Raxmonberdiyevalar ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirokchilarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga saylovlar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari konstituttsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar bo‘yicha huquqiy bilim darajasi savol-javoblar orqali aniqlandi. Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad, yoshlar o‘rtasida huquqiy ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, Respublikamizda amaldagi qonunlarning mazmun - mohiyatini tushuntirish, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni ishtirokini ta'minlashdan iborat.

Tanlovning yakunida hakamlar tomonidan qo‘yilgan baholarga ko‘ra “Ekologiya va huquq” fakultetining “LADY LAWYERS” 1-o‘rinni,  2-o‘rinni “Gidrotexnika qurilishi" fakulteting “LADIES” jamoasi egalladi. Tadbir davomida fakultetlar talaba qizlari tomonidan she`rlar yod oldilar.   Shuningdek, jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova, "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati