TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Kitob mutolasi – aql charxi

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 101-guruh talabalari bilan “Marifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchi To‘lqin Hayit ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

Yozuvchi 1957 - yil  15 - noyabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyining katta ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Respublika “Eng ulug‘, eng aziz” 2019 ko‘rik - tanlovi g‘olibi.

Uning “Meni kechir, bolajon!”, “Dashnobod hangomalari”, “Turon tunlari”, “Ulug‘ Amir o‘gitlari”, “Shohi Zinda”, “Vafo malikasi”, “Boyvachchaning qizi”, “Qora Shahzoda” kabi ko‘plab asarlari rus,  ingliz, arab, fors tillarida ham nashr etilgan. To‘lqin Hayit hayoti va ijodi bilan guruhimizni Surxondaryolik talaba Mehrojiddin Mamatmurodov yaqindan tanishtirdi.

Ushbu tadbirdan talaba - yoshlarda yozuvchining ijodiga bo‘lgan qiziqish, kitob mutolasiga bo‘lgan mehr-muhabbati  oshgan bo‘lsa biz o‘zimizni baxtli hisoblaymiz. Zero, kitob sizning beminnat do‘stingizdir.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati