TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Inson qo'li gul

5ta muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 26- aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan fakultetning iqtidorli talaba qizlari ishtirokida "Mohir qo'llar" ko'rik tanlovi o'tkazdilar.

Tanlovda talaba qizlarimiz o'z mahoratlarini namoyish etadilar. Qizlarimiz o'z qollari bilan yaratgan sanʼat asarlari tahsinga sazavordir. Hakamlar hay'ati tomonidan faxrli birinchi o'rinni fakultetning 208- guruh talabasi Yuldosheva Umida Baxrom qiziga, 2- orin 208-guruh talabasi Ismoilova Umida Voxidjonovnaga, 3- orini tanlovda ishtirok etgan barcha talaba-qizlarga berildi.

Ko'rik tanlovi g'oliblari fakultetning Faxriy Yorliqlari bilan taqdirlanadilar. Ko'rik tanlovi yuqori kayfiyatda sermazmun, quvnoq o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti  xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati