E'lonlar

06.05.2024

“Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi !

“Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi !

Maqolalar tanlovi "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: 1-Ilmiy 2-Ommabop.

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Universitet bosqichi. 10-maydan 14-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar 2-bosqichga tavsiya etiladi.

2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha. 21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi.

Tanlovning Ilmiy yo‘nalishda quyidagi 12ta sohalarda maqolalar qabul qilinadi:

  • Ta’lim;
  • Tarix;
  • San’at;
  • Jurnalistika va axborot;
  • Iqtisodiyot;
  • Huquq;
  • Biologik turdoshlik va atrof muhit muhofazasi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
  • Ishlab chiqarish;
  • Arxitektura va qurilish;
  • Sog‘liqni saqlash;
  • Xizmat ko‘rsatish sohasi;

Maqolalar quyidagi:

  • o‘zbek;
  • rus;
  • ingliz tillarda qabul qilinadi.

Tanlovning universitet bosqichiga maqolalar 13-maygacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o'ting va maqolangizni jo'nating. Ro'yxatdan o'tishTanlov nizomiAxborot xati

Barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz !