TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

Nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash-dolzarb vazifa

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmon ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan talabalarning ishga joylashishida qiyinchilik tug‘dirayotgan sabablarni aniqlash maqsadida so’rovnoma o’tkazdi. So’rov

“Iqtisodiyot” fakulteti talabalari ishtirokida o’tkazildi. Mazkur so‘rov orqali olingan natijalar asosida nogironligi bo‘lgan yoshlarning mehnat bozoriga kirishdagi to‘siqlarni tahlil qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish ko’zda tutilgan.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati