TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Xotira mangu yashaydi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1 - kurs SXM yo'nalishi talabalari "9-may Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Xotira mangu yashaydi" shiori ostida Toshkent shahridagi "G'alaba bog'i"ga tashrif buyurishdi. Ikkinchi jahon urushida bo'lib o'tgan voqealar bilan birma-bir tanishishdi. Urushda halok bo'lganlarni xotirlashdi. Talabalar bilan bo'lib o'tgan xotirlash ularda yaxshi taassurot qoldirdi va ular xursand bo'lishdi.

Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.

Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira — ertani yoritguvchi nur.

  “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti      

   Universitet matbuot xizmati