TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Qariyalari qadr topgan yurt

Joriy yillning 8-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari boshchiligida faol talabalar bilan universitimizda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan ustozimizni “Xotira va qadrlash" munosabati bilan “Nasos satansiyalar va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi laboranti Galina Stepanovnaning xonadonlariga xolidan habar olish uchun tashrif  uyushtirildi. Yurtimizda nuroniylar, bobo-buvilarimiz bosib o'tgan mashaqqatli yo'l, ularning pandu o'gitlari bizni ezgulikka, Vatanni sevib ardoqlashga, bugunidan mamnun bo'lishga, shukronalikka undaydi. Zero, hayot maktabining bebaho ustozlari hisoblangan keksalarning barkamol avlodlar taqdiridagi o'rni va ahamiyati beqiyos, albatta. Xalqimizda “Yomg'ir bilan yer ko'karar, duo bilan el” degan purma'no hikmat bejiz aytilmagan. 
Bugun mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan har bir yurtdoshimiz qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag'rikenglik kabi fazilatlar joy olgan ekan, bunda shak-shubhasiz, o'sib ulg'aygan oilaviy muhit, ota-ona, bobo-buvilarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, keksalari ulug'langan yurtda qut-baraka, shukronalik, turmush farovonligi bo'ladi. Yuzlaridan nur yog'ilib turgan nuroniylarimizning hayotiy tajribalari, yillar silsilasida bosib o'tgan sinovlarga boy yo'llari biz uchun hamisha ibrat mayog'i, olijanob qadriyat hamdir.  “Qarisi bor uyning parisi bor” deganlaridek, ayni kunda mamlakatimizda yoshi ulug', jamiyat taraqqiyotiga baholiqudrat hissa qo'shgan keksalar alohida ardoqlanayotgani, ularga davlat siyosati darajasida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatilayotgani ko'ngillarga xotirjamlik bag'ishlaydi. Chunki bu an'ana ham asli qadriyat, mehr-muhabbatning bebaho mezonidir. Maqsadimiz milliy qadriyatlar, urf-odatlarimiz, muqaddas an'analarimizning, hozirgi hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini talabalar ongiga muntazam singdirib borish biz kattalarning burchimizdir.

“Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutorlari D. Xursandova va X.Saidovalar axboroti  

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati