TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Qadriyatlar - bebaho boylik

Joriy yilning 8 - may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova "Energetika" fakulteti 105 - guruh talabalari bilan "Qadriyatlarmiz-bebaho boyligimiz" mavzusida noan'anaviy dars o'tkazdilar. 

Tadbirda Ra'no Kodirova har bir xalqning milliy qadriyatlarini uning tarixi, maʼnaviyati, madaniyati, o‘ziga xos urf-odatlari, anʼanalarisiz tasavvur qilish qiyin. “Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat neʼmatlari, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim” - deb ta'kidladilar.

Shundan so'ng Ra'no Kodirova talaba yoshlarning qalblarida Milliy qadriyatlarga, millatga, Vatanga bo'lgan buyuk muhabbat tuyg'usini uygo'tish maqsadida, talabalarimizga oldindan "Milliy qadriyatlar"imizdan bittasini o'rganib sahna ko'rinishi tayyorlab kelishlari uyga vazifa sifatida berilganini  va talabalarimiz tayyor bo'lsalar boshlashlari mumkinligini aytdilar.

Talabalarimiz Vatan haqida she'rlar o'qidilar, milliy musiqalarga raqslarga tushdilar, milliy urf - odatlarimizdan sahna korinishlari ijro etdilar. Tadbir sermazmun, foydali, quvnoq o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati