TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

“Lider qizlar” klubi a’zolari bilan davra suhbat

2024 yil 8-mayda «Yer resurslari va kadastr» fakultetining «Lider qizlar» klubi a’zolari bilan davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida iqtidorli talaba qizlarimiz faol ishtirok etdilar.

Talaba qizlarimiz o’zlarining mustaqil ravishda olib borayotgan ishlarini himoya qilish bilan bir qatorda, bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning o’rni va roli har qachongidanda muhim ekanligini shu bilan birga  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g’oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo’llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi o’zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta’minlashdan iborat ekanligi to’g’risida ham mulohaza yuritdilar.

Beruniy nomli stipendiyasi sovrindori N.Baxriddinova Lider qizlarning olib borayotgan ishlari to’risida gapirib, talaba qizlarga maslahatlar berib o’tdi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati