TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

International mehmonxonasida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya, savdo va sanoat vaziri Laziz Kudratov, Vengriyaning Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto ishtirok etishdi.

Tadbirda Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani, tashqi ishtirok yo‘nalishlari, iqtisodiy aloqalar, madaniy va diplomatik munosabatlar kengayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Raqamli tarmoq, qishloq va suv xo‘jaligi, transport-logistika, mashinasozlik, farmasevtika yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev va Vengriyaning MATE universiteti rektori Ksaba Gyurisza o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum  professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro hamda ilmiy loyihalar amalga oshirish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Bu orqali ikki mamlakatning ta’lim jarayoni, sifat ko‘rsatkichlari va ilmiy salohiyatning rivojlanishiga erishiladi.