TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!

Bu shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab keng nishonlangan va shukuhi  hali ham davom etayotgan bayram kayfiyatidan bir lavha. Ochig‘i, bu yilgi bayram o‘zgacha bo‘ldi. Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida  an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida qutlug‘ sanaga tayyorgarlik ko‘rishdan boshlanib, Universitetimiz “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.Muqumova boshchiligida kafedra dotsenti F.Sadikova, assistenti G.Jo’rayevalar bilan kafedramiz rivojiga katta xissa qo’shgan ustozlarimizdan dotsent, Renat Sultonovdan xabar olishga oshiqdilar. Uchrashuv chog’ida o’tgan yorqin xotiralar yodga olinib ko’tarinki kayfiyat xamroxlik qildi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni  munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar!

“Professional ta’lim” kafedrasi assistenti Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati