TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2024

Tojikistondagi 1-xalqaro "Ta’lim yarmarkasi-2024”

“TIQXMMI” MTU delegatsiyasi  Tojikistonga “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining Tojikistondagi 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” tashrif buyurishdi. Tojikistonlik yoshlarni O‘zbekiston Universitetlari bilan tanishtirish, mavjud granlar haqida ma’lumot almashish va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Tojikiston Respublikasining Xalqaro loyihalar markazida bo‘lib, markaz rahbari Odinazoda Ramazon Safar bilan muzokara o‘tkazildi. U.Alimov va F.Safarova Tojikiston Milliy kutubxonasida “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining 1-xalqaro "Ta’lim yarmarkasi-2024” festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Tojikiston Respublikasi Ta’lim va ilm vaziri Saidzoda Rahimhamro, xorijiy davlatlarning favqulodda va muxtor elchilari, xorijiy va Todjikiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. “TIQXMMI” MTUning 2-delegatsiyasi M.Piter va A.Abdullaevlar Dushanbe shahridagi Ekspomarkazda “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining Todjikistondagi 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivalining asosiy abiturientlar targ‘ibotida ishtirok etdi. 22 aprel kuni tashkil etilgan ko‘rgazmalarda 300 dan ortiq tarqatma materiallar abiturientlarga tarqatildi va kizikuvchilar bilan individual ishlash maksadida malumotlari olindi.