TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

"Zakovat" - Yetuk aql egalarini tarbiyalaydigan ilm beshigi

Prezidentimizning “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga va boshqa intellektual o‘yinlarga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida. Joriy yilning 1-may kuni Iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan fakultetning iqtidorli talaba qizlari ishtirokida Zakovat intellektual o‘yinini o'tkazdilar.

"Zakovat" o'yinda 3 ta jamoa ishtirok etdi.

1- "The Best" jamoasi

2- "Venera" jamoasi

3- "Miraculous" jamoaslari bellashdilar.

Jamoalar ballari to’g’ri berilgan javoblarga ko’ra hisoblab chiqildi. O’yin ochiq va shaffof o’tkazish, jamoalarni kuzatib turish maqsadida, betaraf nazoratchilar tanlab olindi. Ishtirokchilarga xar bir savol uchun 1 daqiqadan vaqt ajratildi.  O’yin yakunida hakamlar hay'ati, jamoalar to'plagan ballarni hisoblab  chiqib,  e'lon qildilar.

O’yin natijalariga ko’ra “1-guruh “The Best" va 3- guruh "Miraculous" jamoalari 2-o’rinni, 2-guruh “Venera” jamoasi faxrli birinchi o’rinni egallashdi. Jamoalarga Ra'no Kodirova tomonidan esdalik sovg'asi sifatida Kitoblar topshirildi."Zakovat" intellektual o‘yini berilgan qiziqarli savollarga, jamoalarni qizg'in javoblari bilan sermazmun, foydali,quvnoq o'tdi

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati