TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

Mahalla kichik vatan, u aholida har jihatdan gʻurur va faxr uygʻotishi lozim

Oʻzi tugʻilib oʻsgan joy inson uchun Vatan hisoblanadi. Mahalla esa Vatan ichra kichik Vatandir. Uning obodligi, goʻzalligi va koʻrkamligi uchun jon koyitish har bir kishining muqaddas burchi hisoblanadi.

Joriy yilning 1- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova,fakultetga biriktirilgan “Shahrisabz ” mahalla fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrifdan maqsad mahalladagi mavjud voyaga yetmagan, tarbiyasi ogʻir qizlar bilan suhbat oʻtkazish, ularnining xatti-harakatlarini oʻrganish va amaliy yordam ko‘rsatish ko'zda tutilgan Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Koshetova Jumagul opa,yoshlar etakchisi Xumoyun, hokoim yordamchisi Shuhrat, mahalla "Oqila ayollar" harakati etakchisi Adilova Sayyora, mahalla xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Rasulova Gulandomlar bilan mahallada yashayotgan voyaga yetmagan  tarbiyasi ogʻir qizlar bilan mahallada olib borilayotgan ishlar, keng qamrovli islohotlarni targ'ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati o'tkazdilar Mahalla xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Gulandom Rasulova  ma’lumot berdilar. 2024-yilning 1-may holatiga ko'ra voyaga yetmagan, tarbiyasi ogʻir qizlar yoʻqligi ma’lum boʻldi. Kelgusida voyaga yetmagan qizlar tarbiyasida salbiy oʻzgarishlarni oldini olish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish boʻyicha rejalar ishlab chiqildi.

Davra suhbatidan ko'zda tutilgan maqsadlar, hamkorlik  ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati