TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

''Student's cup'' ligasi

Joriy yilning 29-apreldan 4-mayga qadar Bunyodkor futbol akademiyasining 5-maydonida mini-futbol bo'yicha Toshkent shahar  va  Toshkent  viloyati oliy ta'lim muassasalaridan jami 74 ta jamoa va 888 nafar talaba-yoshlari ishtirokida musobaqa o'tkazilishi belgilangan.

29 aprel kuni, mazkur 1-tur bosqichida bizning Universitet “Irrigator” terma jamoasi: Konservatoriya terma jamoasi o'rtasida o'yin natijasiga ko'ra 6:1 hisobda g'alaba qozondik. 30- aprel kuni 2-tur bosqichida esa Irrigator: O'zbegim jamoalari o'rtasida bahs natijasiga ko'ra 3:1 hisobda g'alaba qozondik. 1-may kuni 3-tur bosqichi bo'yicha Irrigator: Stamotologiya jamoalari o'rtasida o'yin natijasiga ko'ra 2:0 hisobda g'alaba qozonib, “Irrigator” terma jamoasi g'alabali yurishlarni davom ettirmoqda.

Bugungi 1/8 bosqichida Universitet terma jamoasiga G'ALABA TILAB QOLAMIZ...!

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi dotsenti  M.Norqobilov Axboroti