Imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi:

  • Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;
  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;
  • "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;
  • Ta’lim vazirligi o‘tkazadigan fan olimpiadasi g‘oliblari (3 ta o‘rin)
  • Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishini “qizil”ga bitirganlar "o‘z yo‘nalishiga" imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.

Magistratura bosqichiga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imtiyozlar

1. Ko‘zi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
- maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
- 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida o‘qigan va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan shaxslar;
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) hujjati yoki akademik lisey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo‘lgan ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma’lumotnomasiga ega bo‘lgan shaxslar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qarori

2. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022 yildagi PQ-407-son qarori