TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

“Ozodalik- orastalik va salomatlik”

2024 yil 26-aprelda «Yer resurslari va kadastr » fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda 4-TTJda “OZODALIK-ORASTALIK VA SALOMATLIK ” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Haqiqatdam ham ozodalik salomatlik garovi hisoblanadi. Biz doim toza-ozoda yursak, hayotimiz shuncha yaxshi va soglik bilan o’tadi. Agarda kir , iflos bo’lib yursak nafaqat o’zimizga balki, atrofdagilarga ham zarar yetkazishimiz mumkin. Shuning uchun ham doim ozoda bo’lib yurib, ko’chadan kelganimizda qo’llarimizni yuvishni ham unutmaylik. Xullas, toza-ozoda yursak juda-juda yaxshi deb o’ylaymiz. Orastalik- qizlar uchun juda muhim sanaladi. Kiyim va soch turmagingiz o‘zingizga yarashib tursin. Ayniqsa, moda deb ochiq-sochiq kiyimlarni kiyib yurish o‘zbek qizlariga mutlaqo yarashmaydi. Sharqona urf-odat va milliy mentalitetimizga xos kiyimlarni kiyish orqali atrofingizdagilar orasida e’tiborga sazovor bo‘ling.   Unutmang, chiroyli va orasta libos kishining ziynati hisoblanadi.  Shu bilan birga gigienaga qattiq rioya qilishni unitmaylik. Xonalar va oshxonalarni tozaligiga juda katta e’tibor berishimiz kerak. Undan tashqari yotoqxona atrofini obodonlashtirish ishlariga ham faol ishtirok etishni unitmaylik.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati