TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

O'tmishsiz kelajak bo'lmaydi

Talaba qizlar ongida  o'tmishga, tarixga, oilaga va mahallaga bo'lgan  hisni va  hech  qaysi  dunyoda  yo'q bo'lgan  taraqqiyotning o'zbek modelidagi jamiyatni yangilash va isloh etishning, hamda milliy  qadriyatlar oiladan,  mahalladan boshlanishi to'g'risidagi bilimlarni singdirish maqsadida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  Milliy Tadqiqot Universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D.Axrarova 4-Talabalar turar joyi 3-bosqich talaba-qizlari bilan "Milliy qadriyatlar kelajak poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Suhbatda Milliylik, Milliy g'oya, Milliy mentalitet, Komillik, Insonparvarlik , Iymon, Inson huquqlari kabi tushunchalarni talaba qizlar ongida shakllantirish va ishtirokchilar qalbida vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga doir batafsil ma'lumotlar berib o'tildi. Barcha ishtirokchilar tadbirda faol qatnashib, qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir yakuniga yetdi.

"Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori  D. Axrarovaning axboroti

Universitet matbuot xizmati