TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Milliy qadriyatlar-millat ko'rki

Joriy yilning 25 - aprel sanasida “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti jamoasi  Respublikamiz miqyosida bo'lib o'tayotgan  “Milliy qadriyatlar sayli” haftaligi adabiy – marifiy  tadbirni KARAOKE yo'nalishi bo'yicha “Adiblar xiyoboni”da katta tadbir tashkil qilindi. Tadbirda universitetimiz professor- o'qituvchilari, tarbiyachi- pedagoglari hamda talaba – yoshlarimiz qatnashishdi.

Tadbirni yanada chiroyli va ko'tarinki ruhda o'tishi uchun Chilonzor tumani madaniyat uyi qoshidagi fol`klor jamoasi ham tashrif buyurdi. Talaba-yoshlar orasida karaokega qiziqadiganlar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Shu sababdan qo'shiqlar – qo'shiqlarga ulanib ketdi. Bunday tadbirlar talaba-yoshlarga ma'naviy ozuqa berishiga ishonamiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

 Universitet matbuot xizmati